Safarov Xoliyor Berdiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek jadid hikoyalari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4572.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna,filologiya fanlari doktori, professor; Dosmuxamedov Xurshid Nabievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi:O‘zbek jadid hikoyalari poetikasini, badiiy, g‘oyaviy jihatlari, adiblarning so‘z qo‘llash mahoratini tahlil etish orqali XX asrning 20-yillaridagi hikoyalarning o‘ziga xos evrilishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotningilmiyyangiligi:Hikoya to XIII asrgacha, asosan, xalq kitoblari, afsonalari, latifalari shaklida, ularning zamirida yashab kelganligi, keyinchalik yangi unsurlar bilan boyiganligi, jadid adabiyotida mualliflar qalamga olgan mavzusiga qarab, “roman”, “milliy roman”, “hikoya”, “xayoliy hikoya”, “filyatun” kabi nomlanganligi, she’riy hikoyalar ham yaratilganligi aniqlangan;
jadid hikoyalarining ilk namunalarida tasvir o‘rniga bayonchilik, voizlik, nasihatgo‘ylik va “oqartuvchilik” xususiyati yuqori bo‘lsa-da, ruhiy yangilanish, millatning ko‘zini ochish, jaholatga ma’rifat bilan kurashish, o‘zlikni anglash va Turkistonni taraqqiy etgan davlatlar qatorida ko‘rish orzusi yetakchilik qilgani dalillangan;
syujet, kompozisiya va konflikt poetikaning uch muhim qirrasi bo‘lib, syujetni yuzaga keltiruvchi va uni harakatlantiruvchi kuch g‘oya ekanligi asoslangan;
jadid hikoyalarida obraz, portret, peyzaj, ramz, uslub, motiv  umumlashtirilgan va o‘zbek adabiyotida ilk bor fikrsiz – qiyofasiz odam obrazi jadid hikoyachiligida yaratilganligi, peyzaj ramziy xarakterda ifodalanganligi aniqlangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jadid ma’rifatparvarlarining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, 1914-1915-yillarda Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ijodkorlar o‘zbek hikoyachilikning tamal toshini qo‘yganligi, shakl va mazmun, g‘oya uyg‘unlashib, hikoya mustaqil janr sifatida namoyon bo‘lganligi, “Najot”, “Sadoyi Turkiston”, “Turkiston”, “Farg‘ona”, “Qizil bayroq”, “Ishtirokiyun” gazetalari hamda “Maorif va o‘qitg‘uvchi”, “Tong”, “Sharq chechagi”, “Inqilob”, “Mash’ala” jurnallari hikoyalar targ‘ibotida muhim vosita ekanligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2021-2023 - yillarda bajarilgan 03-05-sonli “Jadidlar.uz” elektron platformasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 27-noyabrdagi 3/1255-2644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi jadid mutafakkirlari hikoyalari tahliliga oid yangi xulosa va umumlashmalar bilan boyishiga erishilgan;
jadid hikoyalarida obraz, portret, peyzaj, ramz, uslub, motiv  umumlashtirilgan va o‘zbek adabiyotida ilk bor fikrsiz – qiyofasiz odam obrazi jadid hikoyachiligida yaratilganligi, peyzaj ramziy xarakterda ifodalanganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2021-2023 - yillarda bajarilgan 03-05-sonli “Jadidlar.uz” elektron platformasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 27-noyabrdagi 3/1255-2644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning jadid hikoyalari bo‘limi obraz, portret, peyzaj, ramz, uslub, motiv   singari poetik tasviriy vositalar bilan boyitilgan;
O‘zbek xalq og‘zaki ijodidan o‘sib chiqqan hikoyachilikning tarixiy ildizlari, tadrijiy takomili, jadid ma’rifatparvarlari tomonidan yangi bir bosqichga ko‘tarilganligi, o‘zbek jadid hikoyalari g‘oyaviy nuqtai nazardan Shakllanish (1905-1917-yillar), Rivojlanish (1917-1925-yillar),  G‘oyaviy burilish (1925-1929-yillar) kabi uch davrga bo‘linganligi, ularda ruhiy yangilanish, millatning ko‘zini ochish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va Turkistonni taraqqiy etgan davlatlar qatorida ko‘rish orzusi yetakchilik qilishiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Millat fidoyilari” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali” Davlat Muassasasining 2024-yil 5-noyabrdagi 01-44-389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan;
Jadidlar uchun matbuot siyosiy mafkura maydoni hisoblangan “Najot”, “Sadoyi Turkiston”, “Turkiston”, “Farg‘ona”, “Qizil bayroq”, “Ishtirokiyun” gazetalari hamda “Maorif va o‘qitg‘uvchi”, “Tong”, “Sharq chechagi”, “Inqilob” jurnallari hikoyalar targ‘ibotida muhim vosita bo‘lganligi, “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq” va “Turkiston” gazetalarida 1918-1924 - yillarda 22 ta, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida esa 1925-1929 – yillarda 35 ta hikoya e’lon qilinganligi, shu kungacha o‘rganilmay matbuot sahifalarida va arxivlarda qolib kelayotgan ayrim hikoyalar ilk bor tabdil qilinib, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga topshirildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 14-noyabrdagi 284-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muzeyning jadid adabiyotiga oid manbalari matbuot materiallari bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish