Elboeva Mahliyo Polvonquli qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar adabiyotini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, 13.00.02 –“Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi”(o‘zbek adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5262
Ilmiy rahbar: Juraeva Gulnoza Axmatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Abduvalitov Ergash Buranovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matshanov Sara, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalar adabiyotini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar adabiyotini o’qitishda bolaning ruhiyati va qiziqishlariga mos asarlar tanlash hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari tizimli shakllantirilgan va bu jarayonda Sharq mutafakkirlarining ilmiy-adabiy merosi hamda adabiyot o’qitishdagi tajribalari zamonaviy mutaxassislarning ilg‘or yondashuvlari bilan uyg‘unlashtirilib, ta'lim mazmuni metodologik jihatdan boyitilgan;
umumta’lim bosqichlarida bolalar adabiyotini o’qitishdagi murakkabliklar va mavjud muammolar qiyosiy-tanqidiy tahlil qilingan va ularni samarali hal etish uchun ilmiy-pedagogik tamoyillar, jumladan, aniqlik, to’liqlik, zamonaviylik, yoshga moslik va ketma-ketlik asosida mazkur o’quv jarayonini takomillashtirish yo’llari ishlab chiqilgan;
adabiy ta’limda bolalar adabiyotini o’qitishda o’quvchilarning faolligini oshirish uchun “Tasavvur fantaziyasi”, “SWOT”, “PNI”, “Intervyu” va “Eng yaxshi o’qituvchi” kabi interfaol texnologiyalar tizimli ravishda o’quv jarayoniga kiritilishi va ularning izchil qo’llanilishi o’quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi dalillangan;
bolalar adabiyoti namunalarini o’qitishda fanlararo integratsiyaga alohida urg‘u berish, STEAM ta’lim texnologiyasi va raqamli vositalardan biri bo’lgan Plickers dasturi joriy qilinishi natijasida darslar elektron qurilmalar yordamida o’tilishi an’anaviylik va zamonaviylik tamoyillariga muvofiq ta’lim jarayonini takomillashtirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar adabiyotini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi limiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
umumta’lim bosqichlarida bolalar adabiyotini o’qitishdagi murakkabliklar va mavjud muammolar qiyosiy-tanqidiy tahlil qilingan va ularni samarali hal etish uchun ilmiy-pedagogik tamoyillar, jumladan, aniqlik, to’liqlik, zamonaviylik, yoshga moslik va ketma-ketlik asosida mazkur o’quv jarayonini takomillashtirishga doir taklif va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan RZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi 04/1-4249-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga bolalar adabiyoti namunalarini o‘qitish orqali og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarining rivojlantirilishiga erishilgan;
bolalar adabiyotini o’qitishda bolaning ruhiyati va qiziqishlariga mos asarlar tanlash hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari tizimli shakllantirilgan va bu jarayonda Sharq mutafakkirlarining ilmiy-adabiy merosi hamda adabiyot o’qitishdagi tajribalari zamonaviy mutaxassislarning ilg‘or yondashuvlari bilan uyg‘unlashtirilib, ta'lim mazmuni metodologik jihatdan takomillashtirishga doir ilmiy xulosalardan 6-sinf yangi avlod Adabiyot darsligini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 16-apreldagi 01/11-1-134-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini shakllantirishga, badiiy asar tahlili orqali atrofida sodir bo’lgan voqealarga to’g‘ri munosabatda bo’lish, mantiqli qaror qabul qilishni rivojlantirishga erishilgan;
adabiy ta’limda bolalar adabiyotini o’qitishda o’quvchilarning faolligini oshirish uchun “Tasavvur fantaziyasi”, “SWOT”, “PNI”, “Intervyu” va “Eng yaxshi o’qituvchi” kabi interfaol texnologiyalar tizimli ravishda o’quv jarayoniga kiritilishi va ularning izchil qo’llanilishi o’quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga oid metodik tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-iyun 04/1-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq bolalar adabiyoti namunalarini o‘qitishda ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikning dastlabki ko‘nikmalarini singdirish orqali interfaol texnologiyalaridan maqsadli foydalangan holda ularning o‘qish va tushunish savodxonligini rivojlantirishga erishilgan.
bolalar adabiyoti namunalarini o’qitishda fanlararo integratsiyaga alohida urg‘u berish, STEAM ta’lim texnologiyasi va raqamli vositalardan biri bo’lgan Plickers dasturi joriy qilinishi natijasida darslar elektron qurilmalar yordamida o’tilishi an’anaviylik va zamonaviylik tamoyillariga muvofiq ta'lim jarayonini takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-iyun 04/1-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining bolalar adabiyoti namunalarini o’qishda analitik o’qish, badiiy matn bilan ishlash va asar mohiyatini idrok etish ko’nikmalari shakllantirilgan;