Dilmurodova Nilufar Asatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asad Dilmurod nasrida muallif shaxsiyati va ijodiy tutum uyg‘unligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3074
Ilmiy rahbar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Miliev Suvon, filologiya fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim, Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod (1947-2019) nasriy merosini muallif shaxsiyati va ijodiy tutum uyg‘unligi negizida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Asad Dilmurod nasridagi shakliy-kompozision jihatlar va uslubiy individuallikni yuzaga chiqaruvchi tasvir vositalari, poetik usullar o‘ziga xosligi kabi masalalar o‘zbek hamda jahon adabiyotshunosligi nazariy tushuncha va tamoyillariga tayanilgan holda asoslangan;
adib nasriy merosida yangi tipdagi qahramonlar obrazi, xatti-harakatlar ichki dinamikasi, hayotiy materialni tanlash va uni badiiy ifodalashning o‘ziga xos usullari, badiiy tasvir va talqin poetikasidagi o‘zgarishlar ochib berilgan;
yozuvchi nasri mumtoz adabiy an’analar, zamonaviy realistik romanchilik tajribalari, modernistik uslublar, adabiy oqimlarga xos xususiyatlar, adabiy ta’sir va ijodiy individuallikning yagona ijodiy shaxsiyatdagi sintezi ekanligi dalillangan;
Asad Dilmurod asarlarida falsafiy mushohadaning teranlashuvi, intellektual romanlarga xos xususiyatlarning yorqin namoyon bo‘lishi, tasviriy ifodalarda ramziy-majoziylikning roli ortishi aniqlanib, bu tipdagi poetik tasvirlar yozuvchi badiiy-estetik konsepsiyasini belgilashda muhim jihat ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy o’zbek nasrida ijodkor shaxsiyati va ijodiy tutum uyg‘unligi tadqiqi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Asad Dilmurod nasridagi shakliy-kompozision jihatlar va uslubiy individuallikni yuzaga chiqaruvchi tasviriy vositalar, poetik usullar o‘ziga xosligi kabi masalalar o‘zbek hamda jahon adabiyotshunosligi nazariy tushuncha va tamoyillariga tayanilgan holda aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 25.03.24-yildagi 04/01-697-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p jildlik monografiya jahon adabiyotshunosligida mavjud shakl va mazmun mutanosibligi, kompozision yaxlitlik, uslubiy o‘ziga xoslik, tasviriy vositalar rang-barangligi, poetik usullar sintezi singari nazariy tushuncha va tamoyillar hisobiga yanada boyitilgan;
adib nasriy merosida yangi tipdagi qahramonlar obrazi, xatti-harakatlar ichki dinamikasi, hayotiy materialni tanlash va uni badiiy ifodalashning o‘ziga xos usullari, badiiy tasvir va talqin poetikasidagi o‘zgarishlar ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 25.03.24-yildagi 04/01-697-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p jildlik monografiya jahon adabiyotshunosligida mavjud yangi tipdagi qahramonlar obrazi va xatti-harakatlarining ichki rivoji, hayot haqiqati va individual badiiy talqin, ijodiy uslub, badiiy tasvir va talqin poetikasi singari nazariy tushuncha va tamoyillar hisobiga yanada boyitilgan;
yozuvchi nasri mumtoz adabiy an’analar, zamonaviy realistik romanchilik tajribalari, modernistik uslublar, adabiy oqimlarga xos xususiyatlar, adabiy ta’sir va ijodiy individuallikning yagona ijodiy shaxsiyatdagi sintezi ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbekiston adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 25.03.24-yildagi 04/01-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasi mumtoz adabiy an’ana va zamonaviy realistik romanchilik tajribalarini ijodiy o‘zlashtirish tamoyillari, modernistik uslublar, adabiy oqimlarga xos xususiyatlarni zamonaviy nasrda qo‘llash mahorati, adabiy ta’sir va ijodiy izdoshlik, ijodkor “meni” singari yangicha qarashlar bilan yanada boyitilgan;
Asad Dilmurod asarlarida falsafiy mushohadaning teranlashuvi, intellektual romanlarga xos xususiyatlarning yorqin namoyon bo‘lishi, tasviriy ifodalarda ramziy-majoziylikning roli ortishi aniqlanib, bu tipdagi poetik tasvirlar yozuvchi badiiy-estetik konsepsiyasini belgilashda muhim jihat ekani dalillangani bilan bog‘liq o‘rinlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining “Bir asar tarixi” va “Qismat” ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda ijodiy foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 09.10.24-yildagi 01-44-288-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni falsafiy jihatdan teranlashgan, intellektual romanlarga xos xususiyatlar: yozuvchi badiiy-estetik konsepsiyasi, ramziy-majoziy mazmun va badiiy ifoda serqatlamligi, poetik ifoda rakurslari kabi nazariy tushunchalar hisobiga mukammallashib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.