Chalaboev Shaxobiddin Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Butasal, Nukleopeptid va Miosta-H preparatlarining qorako‘l qo‘ylar  organizmiga  qiyosiy  ta’siri”, 16.00.04 –Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar–sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V142 
Ilmiy rahbar: Farmonov Nizam, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019 V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldashev Soatboy Jiyanbaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Butasal, Nukleopeptid va Miosta-H preparatlarini qorako‘l qo‘ylari organizmiga farmakologik ta’sirini o‘rganish hamda ulardan olinadigan go‘shtini veterinariya sanitariya jihatidan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Miosta-H preparatidan turli dozalarda (4, 8, 16, 24, 32, 40 mkl/bosh) qo‘llanilganda oq sichqonlar organizmiga zaharli ta’sir ko‘rsatmasligi tajribalarda isbotlangan.  
Biostimulyatorlarni bir-biri bilan qiyoslaganda, qorako‘l qo‘zilarining o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’siri etishi, jumladan o‘rtacha tirik vazni Miosta-H preparati qo‘llanilgan guruhda 23,75% ga, Butasal qo‘llanilganda 20,90% ga va Nukleopeptid qo‘llanilganda esa 21,85% ga oshishi aniqlangan;
Butasal, Miosta-H, Nukleopeptid preparatlarini qorako‘l qo‘ylar  qonining morfobiokimyoviy (eritrotsit, gemoglobin umumiy oqsil, albumin, globulin, glyukoza) ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi tajribalarda isbotlandi; 
Butasal, Miosta-H, Nukleopeptid preparatlari qo‘llanilgan qorako‘l qo‘ylarda go‘shtning sifati veterinariya-sanitariya jihatidan baholaganda uning sifati va oziqaviylik ko‘rsatkichlariga  salbiy ta’sir etmasligi ilmiy asoslangan; 
Butasal, Miosta-H, Nukleopeptid preparatlarini qorako‘lchilik sohasida samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Butasal, Nukleopeptid va Miosta-H preparatlarining qorako‘l qo‘ylar organizmiga qiyosiy ta’siri” bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Biostimulyatorlarning qorako‘l qo‘ylar organizmiga farmakologik ta’siri” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 02/23-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida Butasal, Nukleopeptid va Miosta-H preparatlarini qorako‘l qo‘zilari organizmiga qiyosiy ta’siri aniqlangan bunda «Miosta-H» preparatini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi 1 bosh qo‘zi hisobiga 2627310 so‘mni, sarflangan 1 so‘mga xarajatlar qoplami 5,02 so‘mni tashkil etgan;
tadqiqotlarda Butasal, Nukleopeptid va Miosta-H preparatlarini qorako‘l qo‘zilari organizmiga ijobiy ta’sir etuvchi me’yor va miqdorlari aniqlanib, olingan natijalar Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 02/23-01-son ma’lumotnomasi). Natijada “Butasal” preparati qo‘llanilgan birinchi tajriba guruhi qorako‘l qo‘zilarining nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha tirik vazni tajribaning 60-kunida 5,09 kg (20,90%) ga, “Miosta-H” preparati qo‘llanilgan ikkinchi tajriba guruhi qorako‘l qo‘zilarining nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha tirik vazni tajribaning 60-kunida 5,21 kg (23,75%) ga, “Nukleopeptid” preparati qo‘llanilgan uchinchi tajriba guruhi qorako‘l qo‘zilarining nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha tirik vazni tajribaning 60-kunida 5,13 kg (21,85%) ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish