Raximov Madaminjon Alijonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli xil texnologik usullardan foydalanib qoramollar go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Qx336
Ilmiy maslahatchi: Shakirov Qaxramon Jurabaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Urimbetov Axmet Abdirazakovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli xil texnologik usullardan foydalanib qoramollar go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida turli xil texnologik usullardan foydalanib qoramollar go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni go‘shtdor zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishning maqbul varianti aniqlangan;
asosiy podadan chiqarilgan sut va sut-go‘sht yo‘nalishiga mansub sigirlarni go‘shtdor buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishdan olingan F1 duragay buqachalarini turli xil texnologik usullardan foydalanib boqishda o‘sishi, rivojlanishi va so‘yimdagi go‘sht mahsuldorligi ilk bor aniqlangan;
O‘zbekiston sharoitida turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan qora-ola zotli sigirlarni go‘shdor sharole va aberdin-angus zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishdan olingan 18 oylik F1 duragay buqachalari tirik vaznining mutloq o‘sishi sof qora-ola zotli buqachalariga nisbatan 45,1 kg ga (10,6%) va 25,8 kg ga (6,1%) yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan shvis zotli sigirlarni go‘shtdor aberdin-angus va sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishdan olingan 18 oylik F1 duragay buqachalar tirik vaznining mutloq o‘sishi, sof shvis zotli buqachalariga nisbatan 23,5 kg ga (5,1%) va 40,7 kg ga (8,9%) yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan simmental zotli sigirlarni go‘shtdor limuzin va sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishdan olingan 18 oylik F1 duragay buqachalari tirik vaznining mutloq o‘sishi sof simmental zotli buqachalariga nisbatan 11,7 kg ga (2,3%) va 62,7 kg ga (11,6%) yuqori bo‘lishi aniqlangan;
tajriba buqachalarining tirik vazni, ekstereri, go‘sht mahsuldorligi va ozuqani tirik vaznning mutlaq o‘sishi bilan qoplash xususiyatlariga turli xil texnologik usullardan foydalanib boqishning bog‘liqligi isbotlangan;
asosiy podadan chiqarilgan qora-ola, shvis va simmental zotli sigirlarni go‘shtdor aberdin-angus, limuzin va sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishdan olingan duragay buqachalarni turli xil texnologik usullardan foydalanib parvarishlash va bo‘rdoqiga boqishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli xil texnologik usullardan foydalanib qoramollar go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari mavzusida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Sof qora-ola zotli hamda turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan qora-ola zotli sigirlarni go‘shtdor sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay buqachalarining go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, “Shukurdavlat” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 23 dekabrdagi 02123-3073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sof zotli qora-ola hamda sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay (½sharole x ½qora-ola) buqachalarini turli xil texnologik usullardan foydalanib boqish natijasida, 18 oylik tirik vazni 510,0 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sof qora-ola zotli tengqurlariga nisbatan 46,8 kg yoki 10,1% ga yuqori bo‘ldi. Sof foyda 6518,74 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 39,7% ni tashkil qilgan;
Sof shvis zotli hamda asosiy podadan chiqarilgan shvis zotli sigirlarni go‘shtdor sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay buqachalarning go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot Andijon viloyati Asaka tumani “Turg‘unboy Shokirov” chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi fermasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 23 dekabrdagi 02123-3073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sof shvis zotli hamda sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay (½sharole x ½shvis) buqachalarni turli xil texnologik usullardan foydalanib boqish natijasida, 18 oylik tirik vazni 536,1 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sof shvis zotli tengqurlariga (490,5 kg) nisbatan 45,6 kg yoki 9,3% qo‘shimcha tirik vazn olindi. Sof foyda 5888,23 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 32,3% ni tashkil etgan;
Sof simmental zotli hamda turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan simmental zotli sigirlarni go‘shtdor sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay buqachalarning go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani “Volida” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 23 dekabrdagi 02123-3073-sonli ma’lumotnomasi). Sof simmental zotli hamda sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay (½sharole x ½simmental) buqachalarni turli xil texnologik usullardan foydalanib boqish natijasida, 18 oylik tirik vazni 646,8 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sof simmental zotli tengqurlariga (582,5 kg) nisbatan 64,3 kg yoki 11,1% ga yuqori bo‘lgan. Natijada, sof foyda 8243,61 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 39,5% ni tashkil etgan;
Sof zotli qora-ola buqachalarini va turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan qora-ola zotli sigirlarni go‘shtdor sharole zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirishdan olingan F1 duragay buqachalarini turli xil texnologik usullardan foydalanib go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish tadqiqoti Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani “Sodiqjon” naslchilik fermer xo‘jaligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 23 dekabrdagi 02123-3073 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada Sof zotli qora-ola buqachalarni va asosiy podadan chiqarilgan qora-ola zotli sigirlarni sanoat usulida chatishtirishdan olingan F1 duragay (1/2sharole x 1/2qora-ola) buqachalarini turli xil texnologik usullardan foydalanib boqish natijasida F1 duragay (1/2sharole x 1/2qora-ola) buqachalarini 18 oylikdagi tirik vazni 510,0 kg ni tashkil etib, sof qora-ola zotli tengqurlariga nisbatan 46,8 kg yoki 10,1% ga qo‘shimcha tirik vazn olishga erishilgan. Bunda bir bosh F1 duragay (1/2sharole x 1/2qora-ola) buqachadan 22950,0 ming so‘m daromad olinib, unga 16431,26 ming so‘m xarajat qilingan yoki olingan sof foyda 6518,74 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 39,7% ni tashkil qildi. Sof zotli qora-ola tengqurlaridan 20844,0 ming so‘m daromad olinib, unga 16427,02 ming so‘m xarajat qilingan yoki olingan sof foyda 4416,98 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 26,9% ni tashkil qilgan.
Sof zotli qora-ola hamda turli sabablarga ko‘ra asosiy podadan chiqarilgan qora-ola zotli sigirlarni go‘shtdor aberdin-angus zotli buqalar urug‘i bilan sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay buqachalarning go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani, Etti kamalak” chorvachilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 23 dekabrdagi 02123-3073-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sof qora-ola zotli hamda sanoat usulida chatishtirish orqali olingan F1 duragay (½aberdin-angus x ½qora-ola) buqachalarni turli xil texnologik usullardan foydalanib boqish natijasida 18 oylik tirik vazni 490,0 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sof qora-ola zotli tengqurlariga nisbatan 26,8 kg yoki 5,8% ga yuqori bo‘ldi. Sof foyda 5645,87 ming so‘mni, iqtisodiy samaradorlik 34,4% ni tashkil qilgan.