Bekchanov Zokirjon Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshoqli don ekinlarini qandalalar turkumiga kiruvchi zararli hasvadan himoya qilish choralari”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Qx235.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Zarip Aslamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Navro‘z Ruzievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boshoqli don ekinlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqishda qandalalar turkumiga mansub zararkunandalarning tur tarkibi, dominant turlarining bioekologik xususiyatlari, areali, zarari hamda tabiiy kushandalarining tur tarkibi va ahamiyatini ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshoqli don ekinlarida 4 turdagi zararli qandalalar: zararli xasva - Eurygaster integriceps Put., mavr qandalasi - Eurygaster maura L., nayza boshli xasva - Aelia acuminata F. va tog‘ xasvasi - Dolyciris penicillatus Horv. uchrashi aniqlangan;
boshoqli don ekinlari maydonlarida tarqalgan zararli qandalalar turlari ichida zararli xasva Eurygaster integriceps Put. 88,8% uchrashi aniqlanib, dominant tur sifatida qayd qilindi. Bug‘doyning tuplanish fazasida 1m2 da o‘rtacha 2-3 ta xasva bo‘lganda 39,4-42,4% gacha hosil kamayishi aniqlangan;
zararli xasvaning areali, bioekologik xususiyatlari, donli ekinlarda uchrash darajasi va bug‘doyga zarar etkazish darajasi o‘rganilib, O‘zbekiston iqlim sharoitida bitta avlodi rivojlanishi, qishlash jarayonida kuzda 8,2-13,1%i va bahorda 14,1-28,2%i tabiiy ravishda nobud bo‘lishi aniqlangan,
qishlovga ketgan zararli xasvalarning kuzda (noyabr oxiri) o‘rtacha 19,5-20,5%, erta bahor (mart) da esa 30,0-35,5 % tabiiy kasallik qo‘zg‘atuvchilar bilan zararlangani aniqlangan;
zararli xasva tuxumlarida parazitlik qilib yashovchi tuxumxo‘r-telenomuslar zararkunandaning faol tuxum qo‘yish davrida ko‘payib, tabiiy ravishda 20-23% gacha zararlashi aniqlangan;
Bug‘doy ekinida zararli xasvaga qarshi: V-gunsiyo super, 20% em.k. - 0,075 l/ga; Xeben effekt, 15% em.k. - 0,5 l/ga; Super-Pauer 25% em.k. - 0,25 l/ga; Espada, 35% sus.k. - 0,25 l/ga; Comprodor, 35% em.k. - 0,075 l/ga; Xlorpirivit Agro, 55% em.k. - 0,5 l/ga; Neokloprid, 35% sus.k. - 0,07 l/ga; Imidagold, 35% em.k. – 0,1-0,2 l/ga; Urell D, 55% em.k. - 0,5 l/ga sarf me’yorida qo‘llanilganda biologik samaradorlik 82,8-97,2% gacha samaradorlikka erishilishi isbotlangan;
Bug‘doy hosilini zararli qandalalardan himoya tadbirlari natijasida 1 gektardan qo‘shimcha saqlab qolingan hosil o‘rtacha 3,5-5,8 s ni tashkil qilishi, himoya qilish tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish natijasida sarflangan har 1 so‘mning oqlanishi 4,6-8,2 martani tashkil qilishi va rentabellik darajasi 457,5-818,8% ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshoqli don ekinlarini zararli qandalalardan himoya qilish tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Boshoqli don ekinlarini zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 01.08.2024 yil №05/05-02-583-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma g‘allachilik klaster va fermer xo‘jaliklarida zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.
Boshoqli don ekinlarida uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash tizimi Toshkent viloyati QuyiChirchiq tumani “TST agro klaster” hududlaridagi g‘alla maydonlarida, jumladan Beruniy xududida 82 gektar, O‘zbekiston xududida 83 gektar va Yangi hayot xududida 95 gektar maydonlarda, jami 260 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 01.08.2024 yil №05/05-02-583-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi biologik samaradorligi 91,0 – 99,9% ga teng bo‘lgan. G‘alladan nazorat variantga nisbatan har gektaridan 22,0-25,0 sentner ko‘p va yuqori sifatli hosil etishtirilgan.
Zararli qandalalarga qarshi kurash usullari Jizzax viloyati Zafarobod tumani “Zafarobod ishonchi” fermer xo‘jaligida 47 gektar, Toshtemir ota fermer xo‘jaligida 45 gektar va Yangi tong fermer xo‘jaligida 55 gektar maydonlarda, jami 147 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 01.08.2024 yil №05/05-02-583-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘alla maydonlarida mavjud kemiruvchi, so‘ruvchi hasharotlar va boshqa zararkunandalarga qarshi samaradorligi 90,0-99,5% ga teng bo‘lgan. G‘alladan nazoratga nisbatan gektaridan 20,0-25,0 s ko‘p va yuqori sifatli hosil etishtirilgan.