Abdullaeva Xuriyatxon Zafarbekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning asosiy kemiruvchi zararkunandalarini bashoratlash, zararlanish darajasini nazorat qilish hamda boshqarish”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Qx232.
Ilmiy rahbar: Yaxyaev Xashim Kasimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Ruzumbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Abdualimov Shuhrat Xamadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) va kuzgi (Agrotis Segetum) tunlam zararkunandalarini bashorat qilish, ular bilan g‘o‘zaning zararlanishini nazorat qilish, va boshqarishda matematik modellarni yaratish hamda avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda g‘o‘za tunlami va kuzgi tunlamning rivojlanishi va tarqalishining monitoring tizimi asosida “yirtqich – o‘lja” “zararkunanda – xo‘jayin” tizimini qo‘llab, feromon tutqichga tushgan urg‘ochi kapalaklar pushtdorligini aniqlashning matematik modeli yaratilib biologik kurashning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan;
g‘o‘zani kuzgi va g‘o‘za tunlami zararkunandalaridan himoyalashda xududlarni rayonlashtirish orqali sinflarga ajratish tizimi yaratilgan;
g‘o‘za zararkunandalari rivojlanishining ekologik monitoringi va bashorat qilish asosida avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan,
Andijon viloyati sharoitida g‘o‘za tunlami va kuzgi tunlamning rivojlanish muddatlariga aniqlik kiritilib, ularning rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalari ilmiy asoslanib, g‘o‘za tunlamiga qarshi AllchungKill sus.k. preparati 0,4-0,6-0,8 l/ga qo‘llanilganda 96,4-96,6%, kuzgi tunlamga DELTA 2,5% em.k. 0,5-0,7 l/ga qo‘llanilganda 85,6-92,29%, biologik samaradorlikka erishilishi aniqlangan;
foydali entomofaglarni ko‘paytiradigan biolaboratoriyalar rejalarini ishlab chiqish va entomofaglarni dalaga tarqatish muddatlarini avvaldan aniqlanib, zararkunandalar soni ortganda trixogramma miqdorini kamaytirish har 100 tup o‘simlikda 7,0 dona ko‘sak qurti bo‘lganda 1,58 g trixogramma chiqarish takomillashtirilib, maqbul qiymatlari ishlab chiqilgan;
G‘o‘za tunlami va kuzgi tunlam – zararkunandalar rivojlanishini foydali haroratlarini yig‘ish jadvali” mobil ilovasi yaratilgan hamda Intellektual mulk agentligidan EHM dasturi uchun №DGU 05263 guvohnoma olingan, kompyuterda g‘o‘za va zararkunandalar rivojlanish muddatlarini hisoblashni amalga oshiradigan axborot - qidiruv hisoblash tizimi va undan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) va kuzgi (Agrotis Segetum) tunlam zararkunan-dalarining rivojlanishi va tarqalishini bashorat qilish, nazorat qilish hamda boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari, matematik modellar va avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“G‘o‘za va uning asosiy zararkunandalari rivojlanishining prognozlarini ishlab chiqish bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 06/22-06/253–son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma agroklaster va fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda g‘o‘za tunlami va kuzgi tunlam rivojlanishi hamda tarqalishining monitoring tizimi va ushbu tizim asosida biologik kurashning takomillashgan usuli Andijon viloyatida Andijon tumani “Avliyoxon Dilmurod” “Ravshanbek Omadbek”, “To‘lqinboy Odiljon”, “Sohibjon hamkor”, Ulug‘nor tumani “Ulug‘norda G‘ayratbek erlari”, “Yusuf” fermer xo‘jaliklari hamda Qo‘rg‘ontepa tumani “KHANTEX Group” MChJ ga qarashli xo‘jaliklarda 226 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 06/22-06/253 – son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za va kuzgi tunlam rivojlanishining fenologik kalendarlari tuzilgan, ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda ular rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalari asoslab berilgan;
g‘o‘za tunlami va kuzgi tunlam feromon tutqichlarini o‘rnatilish muddati ilmiy asoslangan hisoblashlar asosida belgilangan va zararkunandalar paydo bo‘lishi oldindan aniqlanib, fermerlarning mobil telefoniga zararkunada tushish kuni va unga qarshi biomahsulotga buyurtma berishi haqida ogohlantiruvchi SMS habar jo‘natish Andijon viloyati Andijon tumani “Ko‘kgumbaz Azizbek”, Qo‘rg‘ontepa tumani “Bozorboy”, Ulug‘nor tumani “Manzil”, “fermer xo‘jaliklarda 62,4 ga g‘o‘za maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 06/22-06/253 – son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za va uning asosiy zararkunandlari holati bo‘yicha barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilishiga erishilgan;
Andijon viloyati Andijon tumani “Ko‘kgumbaz Azizbek” fermer xo‘jaligi 31,6 ga g‘o‘za maydonida kimyoviy kurash joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 06/22-06/253 – son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za tunlamiga “AllchungKill” preparati 0,4-0,6 l/ga qo‘llanilganda 96,4-96,6%, kuzgi tunlamga DELTA 2,5% em.k. 0,5-0,7 l/ga qo‘llanilganda 85,6-92,29% biologik samaradorlik qayd etilgan hamda, ushbu preparatlarni qo‘llash bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruhsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxati”ga kiritilgan;
“G‘o‘za tunlami va kuzgi tunlam – zararkunandalar rivojlanishini foydali haroratlarini yig‘ish jadvali” mobil ilovasi va undan foydalanish usullari ishlab chiqilgan hamda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 06/22-06/253 – son ma’lumotnomasi). Natijada nazoratga nisbatan gektaridan o‘rtacha 7,8 s qo‘shimcha hosil olishga erishilgan va Android mobil telefonlarida ishlaydigan ushbu dasturga Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan guvohnoma (№ DGU 05263) olingan.