Fayziev Zohiddin Hasanboevichning 
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rahbar xodimlarda stressli kechinmalarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”. 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/P47. 
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Hayitov Oybek Eshboevich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Isakova Muazzam Tulkinovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi  tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra kasbiy refleksiya, shaxsning o‘z kechinmalarini boshqarish, vaziyatni kognitiv baholash sifatlari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlar mavjudligi dalillangan;
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra “kasbiy stress”, “stressga barqarorlik”, “toliqish-zerikish-tanglik-stress”, “xavotirlanish” va “subdepressiya”ning turli darajalari o‘rtasida integrativ bog‘liqliklar mavjud ekanligiga asoslanib, emotsional holatlarning ustuvor jihatlari dalillangan; 
rahbar-xodimlarda hissiy-kechinmalarning differensial ifodalanishiga ko‘ra vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning kayfiyat yo‘qlik subdepressiv holatiga ta’siriga asoslanib kasbiy stress namoyon bo‘lishi darajaviy xarakterga ega ekanligi dalillangan; 
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni engishning ijtimoiy-psixologik modeli – stress holatining xulqda dinamik ifodalanishiga asoslanib, “stimulli”, “qayta javob berish”, “transakt” va “mos kelmaslik va integrativ” kichik modellarning komponentlarini biriktirish orqali takomillashtirilgan;
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni keltirib chiqaruvchi “fiziologik-psixologik, jismoniy va tabiiy”, “ijtimoiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan”, “qisqa va uzoq muddatli”, “baholash” stressogenlarning murakkab tuzilmasiga qarab, integrativ ierarxik piramidani kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra kasbiy refleksiya, shaxsning o‘z kechinmalarini boshqarish, vaziyatni kognitiv baholash sifatlari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlar mavjudligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2024-yil 24-noyabrdagi PM-264- son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-264a-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar va xodimlarda stress holati qay darajada namoyon bo‘lishini aniqlash imkoniyati yaratilgan; 
rahbar - xodimlarda stressli kechinmalarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra “kasbiy stress”, “stressga barqarorlik”, “toliqish-zerikish-tanglik-stress”, “xavotirlanish” va “subdepressiya”ning turli darajalari o‘rtasida integrativ bog‘liqliklar mavjud ekanligiga asoslanib, emotsional holatlarning ustuvor jihatlari dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-264-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-264a-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar va xodimlarda stress holati o‘rganilganda darajaviy ko‘rsatkichlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq ekanligi ochib berilgan; 
rahbar-xodimlarda hissiy-kechinmalarning differensial ifodalanishiga ko‘ra vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning kayfiyat yo‘qlik subdepressiv holatiga ta’siriga asoslanib kasbiy stress namoyon bo‘lishi darajaviy xaraktekrga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-264-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-264a-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar va xodimlarda stressga nisbatan barqarorlik kompetentligini rivojlantirishda kasbiy stress uslubining ahamiyatini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan; 
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni engishning ijtimoiy-psixologik modeli – stress holatining xulqda dinamik ifodalanishiga asoslanib, “stimulli”, “qayta javob berish”, “transakt” va “mos kelmaslik va integrativ” kichik modellarning komponentlarini biriktirish orqali takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-264-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-264a-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar va xodimlarda stressni engish modelini takomillashtirish orqali unga qarshi kurashish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan; 
rahbar-xodimlarda stressli kechinmalarni keltirib chiqaruvchi “fiziologik-psixologik, jismoniy va tabiiy”, “ijtimoiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan”, “qisqa va uzoq muddatli”, “baholash” stressogenlarning murakkab tuzilmasiga qarab, integrativ ierarxik piramidani kiritish zarurati asoslanganligiga oid ma’limotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-264-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-264a-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar-xodimlarda stressogenlarning murakkab tuzilmasiga qarab, integrativ ierarxik piramidani kiritish zarurati asoslangan va tegishli model ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish