Elmuratova Aysulu Usaxovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sportchilar guruhida o‘zini-o‘zi muhofaza qilishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P123.
Ilmiy maslahatchi: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Mehriddin Junaydulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sportchilar guruhida o‘zini o‘zi muhofaza qilishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini aniqlash asosida uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarda psixologik muhofaza mexanizmlarini namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlariga ko‘ra o‘zini-o‘zi muhofaza qilishning yangi modellari, sportchilar guruhidagi stress va xavf-xatarlarga qarshi kurashish usullarini kengaytirish, sportchilar o‘rtasida g‘alaba yoki mag‘lubiyatni qabul qilish va stressni boshqarishdagi individual farqlarni hisobga olgan holda guruhning psixologik himoyasi va yordam mexanizmlarini ishlab chiqish “tasavvur qilish qobiliyati” va “amaliy fikrlash uslubi”ning ustuvor xarakterga ega ekanligini dalillangan;
sportchilar guruhida o‘zini o‘zi muhofaza qilishning ifodalanishiga ko‘ra guruhiy munosabatlarda defisitar agressiya, autorefleksiya, autoagressiyalarning - xavotirlanishda, konstruktiv qo‘rquvning - egressiyada integrativ namoyon bo‘lishi tufayli sportchilar faoliyatida “Men”ning strukturaviy komponentlarini ustuvorligi asoslangan;
sportchilarda nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra agressiv holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar ortishiga olib kelganligi, o‘zini-o‘zi himoya qilish usullarining sportchining ijtimoiy identitetiga ta’siri va guruhdagi rolni bajarishga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish tufayli tafakkur uslubi muhim psixologik omil ekanligi asoslangan;
sportchilar guruhida o‘zini o‘zi muhofaza qilish musobaqa jarayonida autorefleksiya va autoagressiya siqib chiqarishga, regressiya xavotirlanishga integrativ tarzda o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘zini anglash funksiyalari hamda emotsional holatlar nazoratini darajaviy ifodalanishiga asoslanib, psixologik himoya mexanizmida identiv namoyon bo‘lishi aniqlangan;
sportchi guruhlarda o‘zini-o‘zi muhofaza qilishning psixokorreksion modeli emotsional holatlarni nazorat qila olish, hissiy-emotsional zo‘riqishlarni enga olish qobiliyatini rivojlantirish muhimligi tufayli “o‘zini muhofaza qilish”ga “iroda va emotsional barqarorlik”ni singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportchilar guruhida o‘zini o‘zi muhofaza qilishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sportchilarda psixologik muhofaza mexanizmlarini namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlariga ko‘ra, o‘zini-o‘zi muhofaza qilishning yangi modellari, sportchilar guruhidagi stress va xavf-xatarlarga qarshi kurashish usullarini kengaytirish, sportchilar o‘rtasida g‘alaba yoki mag‘lubiyatni qabul qilish va stressni boshqarishdagi individual farqlarni hisobga olgan holda guruhning psixologik himoyasi va yordam mexanizmlarini ishlab chiqish “tasavvur qilish qobiliyati” va “amaliy fikrlash uslubi”ning ustuvor xarakterga ega ekanligini dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-308-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-308a-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda psixologik muhofaza mexanizmlarini namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlari aniqlangan;
sportchilar guruhida o‘zini o‘zi muhofaza qilishning ifodalanishiga ko‘ra guruhiy munosabatlarda defisitar agressiya, autorefleksiya, autoagressiyalarning - xavotirlanishga, konstruktiv qo‘rquvning - egressiyada integrativ namoyon bo‘lishi tufayli sportchilar faoliyatida “MEN”ning strukturaviy komponentlarini ustuvorligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-308-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-308a-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilar faoliyatida “Men” strukturaviy komponentlarning ta’siri aniqlangan;
sportchilarda nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, agressiv holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar ortishiga olib kelganligi, o‘zini-o‘zi himoya qilish usullarining sportchining ijtimoiy identitetiga ta’siri va guruhdagi rolni bajarishga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish tufayli tafakkur uslubi muhim psixologik omil ekanligi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-308-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-308a-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda nizoli vaziyatlarda xulq-atvor strategiyalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra agressiv holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar aniqlashtirilgan;
sportchilar guruhida o‘zini o‘zi muhofaza qilish musobaqa jarayonida autorefleksiya va autoagressiya siqib chiqarishga, regressiya xavotirlanishga integrativ tarzda o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘zini anglash funksiyalari hamda emotsional holatlar nazoratini darajaviy ifodalanishiga asoslanib, psixologik himoya mexanizmida identiv namoyon bo‘lishi aniqlanganligi haqidagi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-308-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-308a-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda o‘zini-o‘zi muhofaza qilishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan;
sportchi guruhlarda o‘zini-o‘zi muhofaza qilishning psixokorreksion modeli emotsional holatlarni nazorat qila olish, hissiy-emotsional zo‘riqishlarni enga olish qobiliyatini rivojlantirish muhimligi tufayli “o‘zini muhofaza qilish”ga “iroda va emotsional barqarorlik”ni singdirish asosida takomillashtirilganlik yuzasidan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-308-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-308a-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilardagi salbiy emotsional holatlar dinamikasini qiyosiy tahlil qilish natijasida uni pasaytiruvchi psixotexnikalarni ishlab chiqilgan.