Allayarov Dilshodbek Raximboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sportchi talabalar musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlaridagi emotsional holatlarining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1096.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; G‘ofurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportchi talabalar musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlaridagi emotsional holatlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va ularda ijobiy hissiy holatlarni rivojlantirishga doir zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchi talabalardagi musobaqa oldi jarayonlarida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra ularda musobaqa bilan bog‘liq vaziyatli va shaxsiy xavotirlanish holatlari hamda emotsional intellekt ko‘rsatkichlarining yosh va jinsiy jihatdan differensial farqlanishi dalillangan.
sportchi talabalarda musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonidagi emotsional holatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra ularda muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyasizlikdan qochish motivlari, irodaviy jarayonlar va ijtimoiy obro‘ga intilish, muvaffaqiyatga erishish xususiyatlarida yosh, jins va kurslar kesimida differensial tafovutlar mavjudligi aniqlangan. 
sportchi talabalarda musobaqaoldi tayyorgarlik jarayonlarida emotsional holatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra ularda vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanishning “emotsional bilimdonlik” xususiyati bilan ijobiy, “o‘z emotsiyalarini boshqarish”, “o‘zini o‘zi undash qobiliyati”, “empatiya” va “o‘zgalarning emotsional holatlarini bilish qobiliyati” esa vaziyat va shaxsiy xavotirlanish holati bilan salbiy aloqadorlikda ekanligi, iroda kuchining “muvaffaqiyatga erishish” motivi bilan musbat aloqadorlikni kuchli ifodalanishiga olib kelishi aniqlangan.
musobaqa oldi emotsional holatlar namoyon bo‘lishida sportchi talabalarning o‘z emotsiyalarini baholash va boshqarish ko‘nikmasini maxsus psixologik rivojlantirish dasturni qo‘llash orqali ularda “emotsional bilmdonlik”, “o‘z emotsiyalarini boshqarish”, “o‘zini o‘zi undash” va musobaqaoldi reaktiv xavotirlanish holatlarini pasayishiga erishilish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sportchi talabalar musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlaridagi emotsional holatlarining psixologik ususiyatlarini tadqiq etish asosida: 
sportchi talabalardagi musobaqa oldi jarayonlarida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra ular musobaqa bilan bog‘liq vaziyatli va shaxsiy xavotirlanish holatlari hamda emotsional intellekt ko‘rsatkichlarining yosh va jinsiy jihatdan differensial farqlanishini dalillashga oid takliflar “Ontogenez psixologiyasi. Differinsial psixzologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-271-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchi talabalar musobaqoldi tayyorgarlik jarayonlaridagi emotsional holatlarini yosh va jins xususiyatlariga bog‘liq holda differential farqlanishini ilmiy tadqiq etish erishilgan.
sportchi talabalarda musobaoldi tayyorgarlik jarayonlaridagi emotsional holatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra ularda muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyasizlikdan qochish motivlari, irodaviy jarayonlar va ijtimoiy obroga intilish, muvaffaqiyatga erishish xususiyatlarida yosh, jins va kurslar kesimida differensial tafovutlar mavjudligini aniqlashga oid ma’lumotlar “Ontogenez psixologiyasi. Differinsial psixzologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-271-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchi talabalar musobaqaoldi tayyorgarlik jarayonlaridagi emotsional holatlarini yosh va jins xususiyatlariga bog‘liq holda differensial farqlanishini ilmiy tadqiq etishga erishilgan.
sportchi talabalarda musobaqaoldi tayyorgarlik jarayonlarida emotsional holatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra ularda vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanishning “emotsional bilimdonlik” xususiyati bilan ijobiy, “o‘z emotsiyalarini boshqarish”, “o‘zini o‘zi undash qobiliyati”, “empatiya” va “o‘zgalarning emotsional holatlarini bilish qobiliyati” esa vaziyat va shaxsiy xavotirlanish holati bilan salbiy aloqadorlikda ekanligi, iroda kuchining “muvaffaqiyatga erishish” motivi bilan musbat aloqadorlikni kuchli ifodalanishiga olib kelishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar “Ontogenez psixologiyasi. Differinsial psixzologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-271-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchi talabalar musobaoldi tayyorgarlik jarayonlarida namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarning motivatsiya bilan korrelyasion aloqadorligini aniqlash sharoit yaratilgan.
musobaqa oldi emotsional holatlar namoyon bo‘lishida sportchi talabalarning o‘z emotsiyalarini baholash va boshqarish ko‘nikmasini maxsus psixologik rivojlantirish dasturni qo‘llash orqali ularda “emotsional bilmdonlik”, “o‘z emotsiyalarini boshqarish”, “o‘zini o‘zi undash” va musobaqaoldi reaktiv xavotirlanish holatlarini pasayishiga erishilish mumkinligini isbotlashga oid ma’lumotlar “Ontogenez psixologiyasi. Differinsial psixzologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-271-a sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchi talabalarda musobaqaoldi samarali psixologik tayyorgarlikni ta’minlash uchun maxsus psixokorreksion dastur ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlashga ertishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish