Abdurayimov Sardorbek Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda baxtli oila to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishining psixologik xususiyatlari », 19.00.05 Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2023.4.PhD/P681.
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Vohidovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: University  of  Business and  Sciense 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna psixologiya fanlari doktori, professor; Muratova Shoista Norboevna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning baxtli oila haqidagi tasavvurlari shakllanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida talabalarda baxtli oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yigit va qizlarning baxtli oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllanishida ota-onaning psixologik qiyofasi muhim psixologik determinant bo‘lganligi bois shaxsdagi oilaviy hayotga munosabat bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi dalillangan.  
baxtli oila omillari haqidagi talabalarning subektiv tasavvurlarining o‘ziga xosligi mazmuni, oilaviy rollarning taqsimlanishiga bo‘lgan munosabati, nikohdagi intilishlarning tabiati, rolni kutish orqali ushbu xususiyatlar dalillangan.
talabalarning baxtli oila haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda «farzandlarning sog‘ligi va baxti», «oilaviy farovonlik, to‘kin-sochinlik», «moddiy ta’minlanganlik», «uy sharoitida qulaylik va tinchlik», «sevgi va mehr-muhabbat», «oilaviy an’ana va diniy qadriyatlar», «ota-onaning farovonligi» bilan bog‘liq  ijtimoiy  tasavvurlarning ustuvor namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga muvofiq ota-ona munosabati va qadriyatlar yo‘nalishi muhim psixologik ta’sirga ega ekanligi asoslangan. 
talabalarda baxtli oila haqida adekvat g‘oyalarni shakllantirishni psixologik qo‘llab-quvvatlash modeli “talabalar ota-ona oilasining qiyofasi”, “talabalar ustanovkalari”, “munosabatlar modellari”, “oilada yashashning o‘tmish tajribasidan olingan oilaviy hayotning turli jihatlari haqidagi tasavvurlar” asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarni baxtli oila to‘g‘risidagi tasavvurlari shakllanishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda tadbiq qilingan:
yigit va qizlarning baxtli oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllanishida ota-onaning psixologik qiyofasi muhim psixologik determinant bo‘lganligi bois shaxsdagi oilaviy hayotga munosabat bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-250-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-250-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yigit va qizlarning baxtli oila qurishdagi psixologik omillarini shakllantiruvchi tasavvurlar mazmunining xususiyatlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan; 
baxtli oila omillari haqidagi talabalarning subektiv tasavvurlarining o‘ziga xosligi mazmuni, jumladan, oilaviy rollarning taqsimlanishiga bo‘lgan munosabati, nikohdagi intilishlarning tabiati, rolni kutish orqali ushbu xususiyatlar dalillanishiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining     2024-yil 10-noyabrdagi PM-250-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-250-a-son ma’lumotnomasi). Natijada baxtli oila omillari haqidagi talabalarning subektiv tasavvurlarining o‘ziga xosligini tadqiq etishiga sharoit yaratilgan; 
talabalarning baxtli oila haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda «farzandlarning sog‘ligi va baxti», «oilaviy farovonlik, to‘kin-sochinlik», «moddiy ta’minlanganlik», «uy sharoitida qulaylik va tinchlik», «sevgi va mehr-muhabbat», «oilaviy an’ana va diniy qadriyatlar», «ota-onaning farovonligi» bilan bog‘liq  ijtimoiy  tasavvurlarning ustuvor namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga muvofiq ota-ona munosabati va qadriyatlar yo‘nalishi muhim psixologik ta’sirga ega ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-250-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-250-a-son ma’lumotnomasi). Natijada baxtli oilaviy munosabatlarning hal qiluvchi omillar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga ota-onalarning munosabati va qadriyat yo‘nalishlarining ta’sirini aniqlash samoradorligi oshgan; 
talabalarda baxtli oila haqida adekvat g‘oyalarni shakllantirishni psixologik qo‘llab-quvvatlash modeli “talabalar ota-ona oilasining qiyofasi”, “talabalar ustanovkalari”, “munosabatlar modellari”, “oilada yashashning o‘tmish tajribasidan olingan oilaviy hayotning turli jihatlari haqidagi tasavvurlar” asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-250-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-250-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda mustahkam oilaning psixologik xususiyatlari haqida adekvat g‘oyalarni shakllantirishni psixologik qo‘llab-quvvatlash modelini ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish