Maxmudova Zulfiya Mexmonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P955.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sagindikova Nargiza Djubatkanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; 
Barotova Dilafro‘z Sharifovna psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qo‘riqlash xizmati xodimining kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashda emotsional holatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilish, faoliyatda o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda ijtimoiylashuvda o‘zini-o‘zi nazorat qilish omillari bilan determinatsiyalashganligi tufayli, kasbiy kompetentlikning rivojlanishi ustivor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligi irodaviy o‘zini-o‘zi boshqarish negizida namoyon bo‘lishiga ko‘ra rejalashtirish, modellashtirish, dasturlash, mustaqillik, natijani baholash va moslashuvchanlik xususiyatlarini uyg‘un ravishda rivojlanishiga asoslanib, xodimlarning kasbiy kompetentligi xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish jihatlariga integrativ namoyon bo‘lishini ta’minlash muhimligi asoslangan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy va kreativ kompetentligining uzviy bog‘liqligiga ko‘ra kutilmagan vaziyatlarda, turli xavf-xatarlarga nisbatan o‘ziga xos uslublarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi, boshqalar bilan muloqotda yangicha kommunikatsiya uslublarini qo‘llay olish imkoniyatlarini rivojlantirishda «kreativ fikrlash» va «kasbga ijobiy munosabat»ning ustivor xarakerga ega ekanligi asoslangan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligining rivojlanishi o‘z-o‘ziga munosabat sifatlarining darajaviy ifodalanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ishga bo‘lgan ijobiy motivatsiyasi va ish jarayonida o‘zini-o‘zi namoyon qilishi faoliyat samadorligini ta’minlashning individual va differensial farqlari asoslangan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini takomillashtirishda kommunikativ, umumiy faollik, emotsional barqarorlik ijtimoiy-psixologik savodxonlik diapazoni va professional kompetentlikning o‘zgalar hissiyotini adekvat baholash, sintonik muloqot, ijtimoiy idrok, operatsional kompetentlikni shakllanishi muhimligiga ko‘ra hissiy-irodaviy, kognitiv va kasbiy motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirish modeli va dasturini qo‘llash zarurati dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. qo‘riqlash xizmati xodimlari faoliyatida namoyon etiladigan kasbiy kompetentlik omillarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qo‘riqlash xizmati xodimining kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashda emotsional holatlarda o‘zini-o‘zi nazorat qilish, faoliyatda o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda ijtimoiylashuvda o‘zini-o‘zi nazorat qilish omillari bilan determinatsiyalashganligi tufayli, kasbiy kompetentlikning rivojlanishi ustivor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan; 
qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligi irodaviy o‘zini-o‘zi boshqarish negizida namoyon bo‘lishiga ko‘ra rejalashtirish, modellashtirish, dasturlash, mustaqillik, natijani baholash va moslashuvchanlik xususiyatlarini uyg‘un ravishda rivojlanishiga asoslanib, xodimlarning kasbiy kompetentligi xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish jihatlariga integrativ namoyon bo‘lishini ta’minlash muhimligi asoslangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Ijimoiy psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan boyitilishga erishilgan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy va kreativ kompetentligining uzviy bog‘liqligiga ko‘ra kutilmagan vaziyatlarda, turli xavf-xatarlarga nisbatan o‘ziga xos uslublarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi, boshqalar bilan muloqotda yangicha kommunikatsiya uslublarini qo‘llay olish imkoniyatlarini rivojlantirishda «kreativ fikrlash» va «kasbga ijobiy munosabat»ning ustivor xarakerga ega ekanligi asoslangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 09-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Ijimoiy psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan;
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligining rivojlanishi o‘z-o‘ziga munosabat sifatlarining darajaviy ifodalanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ishga bo‘lgan ijobiy motivatsiyasi va ish jarayonida o‘zini-o‘zi namoyon qilishi faoliyat samadorligini ta’minlashning individual va differensial farqlari asoslanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Kasbiy psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirilgan va o‘quv jarayonining samaradorligini oshishiga erishilgan.
qo‘riqlash xizmati xodimi kasbiy kompetentligini takomillashtirishda kommunikativ, umumiy faollik, emotsional barqarorlik ijtimoiy-psixologik savodxonlik diapazoni va professional kompetentlikning o‘zgalar hissiyotini adekvat baholash, sintonik muloqot, ijtimoiy idrok, operatsional kompetentlikni shakllanishi muhimligiga ko‘ra hissiy-irodaviy, kognitiv va kasbiy motivatsiya imkoniyatlarini takomillashtirish modeli va dasturini qo‘llash zarurati dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Kasbiy psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqlash xizmati xodmlari kasbiy kompetentligini takomillashtirish modeli va dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish