Xudoyarov Lochinbek Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyalashuvi sharoitida xizmatlar sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Iqt2917.
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bekbosinov Aydos Kuralbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
servis tizimida xizmatlar sifatini baholash yondashuvi xizmatning sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra texnologik va ekologik darajasi muvofiqligini ustuvor e’tiborgga olish asosida takomillashtirilgan;
xizmatlar sifatini ISO/IYeC xalqaro standartiga muvofiqligi modeli elektron xizmatlar ko‘rsatishda veb-saytlar sifatini potensial iste’molga ko‘ra modellashtirish, ustuvor elektron xizmatlar uchun sifat modellarini ishlab chiqish va elektron xizmatlar sifatini qayta tiklashga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi sifatini oshirish tizimi raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga ko‘ra kadrlarga qo‘yiladigan talablarni tegishli kasbiy standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar bozorini barqaror rivojlanishi tendensiyalari va jami xizmatlar hajmini oshirishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
servis tizimida xizmatlar sifatini baholash yondashuvi xizmatning sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra texnologik va ekologik darajasi muvofiqligini ustuvor e’tiborgga olish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-dekabrdagi 06-10-33-18295-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish korxonalarda xizmatlar sifati xususiyatlarining tarkibi va tuzilishini aniqlash asosida baholashning obektivligi darajasini oshirish imkonini bergan;
xizmatlar sifatini ISO/IYeC xalqaro standartiga muvofiqligi modeli elektron xizmatlar ko‘rsatishda veb-saytlar sifatini potensial iste’molga ko‘ra modellashtirish, ustuvor elektron xizmatlar uchun sifat modellarini ishlab chiqish va elektron xizmatlar sifatini qayta tiklashga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-dekabrdagi 06-10-33-18295-son ma’lumot-nomasi). Ushbu taklifdan foydalanish elektron xizmatlar iste’molchilari talablarini to‘liqroq qondirish va bu turdagi xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasi sifatini oshirish tizimi raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga ko‘ra kadrlarga qo‘yiladigan talablarni tegishli kasbiy standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-dekabrdagi 06-10-33-18295-son ma’lumotno-masi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat turlarini amaldagi milliy va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash orqali xizmatlar sifatini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar bozorini barqaror rivojlanishi tendensiyalari va jami xizmatlar hajmini oshirishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-dekabrdagi 06-10-33-18295-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2028 yilga kelib, respublikada jami xizmatlar hajmini 33,5 %ga va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmini 35,3 %ga oshishi imkonini beradi.