Ziyo Sherzod Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlarni islom moliyasi mexanizmi asosida rivojlanish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.U. Burxanov, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent F.N. Zayniev
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlarni islom moliyasi mexanizmi asosida rivojlantirish yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlariga garovga asoslangan murobaha vositasi orqali nasiyaga sotib olish huquqini beruvchi shartnomani moliyalashtirish taklif etilgan;
islom moliyasiga asoslangan xizmatlar va tadbirkorlikning qamrov darajasini oshirishda islom korporsiyasi (ICD) moliyaviy resurslari bilan “Uzbek Leasing International” A.J. kompaniyasining ustav kapitali qiymatidan oshmagan miqdordagi mablag‘larni “Islom darchasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xususiy tarmoqni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
islomiy moliyaning instrumenti bo‘lgan “Ijara Muntaxiya Bittamlik” ya’ni Ijara vositasi orqali tadbirkorlik sub’ektlariga egalik qilish huquqi bilan kamayib boruvchi ulushga asoslangan xizmatlarni ko‘rsatish taklif etilgan;
tadbirkorlikni kreditlashning investision xususiyati va asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar tarkibida islom moliyasiga asoslangan vositalardan keng foydalanishningqamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2030 yilga qadar inersion, pessimistik va optimistik prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan .
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlarni islom moliyasi mexanizmi asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlariga garovga asoslangan (garov evaziga) murobaha vositasi orqali nasiyaga sotib olish huquqini beruvchi shartnomani garovga asoslangan murobaha vositasi asosida investisiyalash taklifi «Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasi faoliyatida qo‘llanilmoqda («Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasining 25.12.2024 yildagi № UI/2636/001-sonli ma’lumotnomasi). «Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olish orqali kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini investisiyalash amaliyotini takomillashtirishda foydalanilgan;
islom moliyasiga asoslangan xizmatlar va tadbirkorlikning qamrov darajasini oshirishda islom korporatsiyasi (ICD) moliyaviy resurslari bilan «Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasining ustav kapitali qiymatidan oshmagan miqdoridagi mablagʼlardan «Islom darchasi» faoliyatini yoʼlga qo‘yish orqali xususiy tarmoqni rivojlantirish taklifi «Uzbek Leasing International» A.J. faoliyatiga joriy etilgan («Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasining 25.12.2024 yildagi № UI/2636/001-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida lizing kompaniyasining islomiy vositalar asosida ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlari hajmini 15 foizga ortishiga erishilgan;
islomiy moliyaning instrumenti bo‘lgan «Ijara Muntaxiyya Bittamlik» ya’ni Ijara vositasi orqali tadbirkorlik sub’ektlariga egalik qilish huquqi bilan kamayib boruvchi ulushga asoslangan xizmatlarini ko‘rsatish taklifi «Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasining 25.12.2024 yildagi № UI/2636/001-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan ijara xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan talab qo‘shimcha 10 foizga ortishiga erishilgan;
tadbirkorlikni kreditlashning investision xususiyati va asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar tarkibida islom moliyasiga asoslangan vositalardan keng foydalanishning qamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2030 yilga qadar inersion, pessimistik va optimistik prognoz ssenariyalari «Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasining 2030 yilgacha bo‘lgan faoliyatini baholashda foydalanilgan («Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasining 25.12.2024 yildagi № UI/2636/001-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi (ICD) tomonidan «Uzbek Leasing International» A.J. kompaniyasida islom shariatiga asoslangan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hajmini oshirishga erishilgan.