G‘afforov Shuhrat Nasrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Bilvosita soliqlar mexanizmini takomillashtirish masalalari”, 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3249
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilvosita soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetlarni mablag‘ bilan ta’minlash asosida hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizini qoldirish taklif etilgan;
mamlakat turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga ular tomonidan norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatish asosida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘lari respublika byudjetidan subsidiya sifatida qaytarilishi lozimligi asoslangan;
aksiz solig‘ining bazasini kengayatirish va byudjetga qo‘shimcha soliq hisoblash maqsadida tamaki va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda absolyut miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalarini 10 foizga indeksatsiya qilish bo‘yicha taklif berilgan;
mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar ko‘rsatkichlariga yaqinlashish, hamda import shartnomalarida tovar narxini pasaytirishning oldini olish  maqsadida bojxona qiymati faqatgina uning bojxona qiymati deklarasiyasida ko‘rsatilgan hamma elementlarini inobatga olgan 1-usulda aniqlash  taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bilvosita soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy byudjetlarni mablag‘ bilan ta’minlash asosida hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizini qoldirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-471-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 22 sentyabrdagi 15-96753-son dalolatnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini yanada oshirishga, mahalliy byudjetlarni mablag‘ bilan ta’minlash, hamda ularning samarali va maqsadli sarflanishiga erishish asosida 2023 yilda 654,4 mlrd.so‘m, 2024 yilda 244,4 mlrd.so‘m mablag‘lar hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga yonaltirilgan.
mamlakat turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga ular tomonidan norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatish asosida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘lari respublika byudjetidan subsidiya sifatida qaytarilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” PQ-135-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 22 sentyabrdagi 15-96753-son dalolatnomasi). Natijada, turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar bo‘yicha chet ellik hamkorlariga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘lar respublika byudjetidan subsidiya sifatida qaytarish orqali turizm salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari qo‘llab-quvvatlashga hamda qo‘shimcha sharoitlar yaratishga xizmat qilgan.
aksiz solig‘ining bazasini kengayatirish va byudjetga qo‘shimcha soliq hisoblash maqsadida tamaki va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda absolyut miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalarini 10 foizga indeksatsiya qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 2891 va 2892-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 22 sentyabrdagi 15-96753-son dalolatnomasi). Natijada, soliq va bojxona ma'murchiligini soddalashtirish maqsadida joriy yildan aksiz solig‘ini tamaki mahsulotini iste'mol qilish tizimi bo‘yicha suyuqlikdagi nikotinga emas balki, suyuqlikning hajmidan kelib chiqib hisoblash tartibi joriy qilindi va 2023-yil 1-fevraldan filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar, bidi, kretekni ishlab chiqarishda absolyut miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 10 foizga, shuningdek chilim uchun tamaki, chekiladigan va boshqa tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilishda soliq stavkalari 10 foizga indeksasiya qilish hamda 2023-yil 1-yanvardan alkogol mahsulotlarini  ishlab chiqarishda aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot  tarkibidagi etil spirtining ulushidan (miqdoridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqarish tartibi, alkogol mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirish hamda 2023 yil 1 fevraldan alkogol mahsulotlari 10 % ga indeksasiya qilish orqali 2022 yilda 13455,0 mlrd.so‘m va 2023 yilda tushum o‘tgan yilga nisbatan 17,6 foizga oshgan holda 15834,0 mlrd.so‘m byudjet daromadlarini oshishiga xizmat qilgan.
mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar ko‘rsatkichlariga yaqinlashish, hamda import shartnomalarida tovar narxini pasaytirishning oldini olish  maqsadida bojxona qiymati faqatgina uning bojxona qiymati deklarasiyasida ko‘rsatilgan hamma elementlarini inobatga olgan 1-usulda aniqlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 22 sentyabrdagi 15-96753-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatda 1-usulda  bojxona  qiymatini aniqlash salmog‘ining oshiga, hamda tovarlarni  bojxona  qiymatini  aniqlashga  ketadigan  vaqt  sarfini kamayishiga, bojxona chegarasidan tovarlar o‘tishini tezlashishiga, import shartnomalarida tovar narxini pasaytirishning oldini olishga, va Jahon savdo tashkiloti(JST)ga a'zo bo‘lishi  uchun xizmat  qiladi.

 

Ilmiy kengash raisi,
i.f.d., professor                            N.X. Jumaev


Ilmiy kengash ilmiy kotibi,
i.f.d., dotsent                            A.T. Absalamov


Ilmiy rahbar,
i.f.n., professor        E.F.Gadoev

 

Talabgor                                Sh.N.G‘afforov

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish