Xusanov Otabek Nishonovchining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab -quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Burxonov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.; Sherov Alisher Bakbergenovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqarolik jamiyati institutlarining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati institutlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida ijtimoiy tashabbuslarni moliyalashtirish samaradorligini baholash uchun jami ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishi darajasi asosida ijtimoiy ta’sirdan, loyihalarga sarflangan mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy samaradorlikdan, hamda loyiha boshqaruv jarayonlarining sifat ko‘rsatkichlari asosida tashkiliy natijadorlikdan iborat maxsus kompleks ko‘rsatkichlar tizimini tatbiq qilish taklif qilingan;
fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishda davlat va xususiy sektor sherikligini kuchaytirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida moliyaviy resurslarni taqsimlashning fuqarolik jamiyati institutlari uchun loyihalarni moliyalashtirishda davlat subsidiyalari va xususiy investisiyalarni integratsiya qiluvchi hamkorlik mexanizmi taklif qilingan;
nodavlat notijorat tashkilotlari uchun moliyaviy grantlar, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalarni ajratish jarayonida loyihalarning ijtimoiy ta’siri, moliyaviy barqarorlik imkoniyatlari va loyiha natijalari samaradorligini baholash orqali orqali ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
fuqarolik jamiyati institutlariga ajratiladigan mablag‘larning samaradorligini monitoring qilishda integratsiyalashgan platforma orqali moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni real vaqtda tahlil qilish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini ta’minlovchi axborot tizimi taklif qilingan;
jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantiruvchi tashkiliy mexanizmlar vositasida fuqarolik jamiyati institutlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida jamoat nazoratining rolini oshirish maqsadida shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
fuqarolik jamiyati institutlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida ijtimoiy tashabbuslarni moliyalashtirish samaradorligini baholash uchun jami ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishi darajasi asosida ijtimoiy ta’sirdan, loyihalarga sarflangan mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy samaradorlikdan, hamda loyiha boshqaruv jarayonlarining sifat ko‘rsatkichlari asosida tashkiliy natijadorlikdan iborat maxsus kompleks ko‘rsatkichlar tizimini tatbiq qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi, hamda Taraqqiyot strategiyasi markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 04/3-7-03-sonli, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025 yil 3-yanvardagi 1-003/25-sonli hamda Taraqqiyot strategiyasi markazining 2024 yil 13-dekabrdagi 580-sonli ma’lumotnomalari). Natijada tatbiq qilish orqali ijtimoiy tashabbuslarning amaliy samaradorligini 35% ga, moliyalashtirish jarayonining natijadorligini esa 25% ga oshirish ta’minlanishi taklif qilingan. Ushbu ko‘rsatkichlar tizimini amaliyotga joriy qilish natijasida ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari tezligi 30% ga oshgan, loyihalarning ijtimoiy ta’sirini baholash natijalari shaffofligi sezilarli darajada yaxshilangan va qaror qabul qilish jarayonida turli manfaatdor tomonlarning ishonch darajasi ortishi ta’minlangan.
fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishda davlat va xususiy sektor sherikligini kuchaytirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida moliyaviy resurslarni taqsimlashning fuqarolik jamiyati institutlari uchun loyihalarni moliyalashtirishda davlat subsidiyalari va xususiy investisiyalarni integratsiya qiluvchi hamkorlik mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi, hamda Taraqqiyot strategiyasi markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 04/3-7-03-sonli, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025 yil 3-yanvardagi 1-003/25-sonli hamda Taraqqiyot strategiyasi markazining 2024 yil 13-dekabrdagi 580-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu modelni amaliyotga joriy qilish natijasida davlat va xususiy sektor o‘rtasida resurslar taqsimlash samaradorligi 40% ga oshgan, moliyalashtirish jarayonlari uchun zarur bo‘lgan vaqt 25% ga qisqargan, davlat subsidiyalaridan foydalanuvchi fuqarolik jamiyati institutlari soni 15% ga ko‘paygan. Bu mexanizm moliyaviy resurslarning adolatli taqsimlanishi va shaffofligini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlarni keltirgan.
nodavlat notijorat tashkilotlari uchun moliyaviy grantlar, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalarni ajratish jarayonida loyihalarning ijtimoiy ta’siri, moliyaviy barqarorlik imkoniyatlari va loyiha natijalari samaradorligini baholash orqali orqali ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash metodologiyasiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi, hamda Taraqqiyot strategiyasi markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 04/3-7-03-sonli, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025 yil 3-yanvardagi 1-003/25-sonli hamda Taraqqiyot strategiyasi markazining 2024 yil 13-dekabrdagi 580-sonli ma’lumotnomalari). Bu metodologiyani amaliy joriy qilish natijasida ijtimoiy ahamiyatli loyihalarning moliyalashtirish jarayonida samaradorlik 30% ga oshganligi aniqlangan. Shuningdek, loyihalarni saralash vaqti 50% ga qisqargan, resurslarni taqsimlash shaffofligi oshgan va grantlar bilan qamrab olingan tashkilotlar soni 15% ga ko‘paygan.
fuqarolik jamiyati institutlariga ajratiladigan mablag‘larning samaradorligini monitoring qilishda integratsiyalashgan platforma orqali moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni real vaqtda tahlil qilish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini ta’minlovchi axborot tizimini yaratishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi, hamda Taraqqiyot strategiyasi markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 04/3-7-03-sonli, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025 yil 3-yanvardagi 1-003/25-sonli hamda Taraqqiyot strategiyasi markazining 2024 yil 13-dekabrdagi 580-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu platformani joriy qilish natijasida monitoring jarayonlarining tezligi 40% ga oshgan, xato va kamchiliklar soni 25% ga qisqargan, moliyalashtirish jarayoni haqida ma’lumotlarning shaffofligi sezilarli darajada yaxshilangan va natijalarga bo‘lgan jamoatchilik ishonchi ortishi ta’minlangan. Shuningdek, platforma orqali moliyalashtirish jarayonlarining barcha bosqichlari bo‘yicha jamoatchilik fikrini yig‘ish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan, bu esa samarador qarorlarni qabul qilishni ta’minlagan. Platformadan foydalanuvchi tashkilotlar soni 20% ga oshgan va joriy etilgan tizim tufayli umumiy moliyalashtirish jarayonining xarajatlari 15% ga qisqargan.
jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantiruvchi tashkiliy mexanizmlar vositasida fuqarolik jamiyati institutlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida jamoat nazoratining rolini oshirish maqsadida shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi, hamda Taraqqiyot strategiyasi markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining 2025 yil 3-yanvardagi 04/3-7-03-sonli, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 3-yanvardagi 1-003/25-sonli hamda Taraqqiyot strategiyasi markazining 2024-yil 13-dekabrdagi 580-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu mexanizmlarni joriy qilish natijasida jamoatchilik nazoratining samaradorligi 35% ga oshgan, hisobot berish jarayonlari vaqti 25% ga qisqargan va jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilgan tashabbuslar soni 20% ga ko‘paygan. Mazkur mexanizmlar orqali jamoatchilik orasida shaffoflik va hisobdorlik bo‘yicha ishonch darajasi 40% ga ortishi ta’minlangan. Tashkil etilgan monitoring komissiyalari faoliyati samaradorligi sezilarli darajada yaxshilangan bo‘lib, ular tomonidan aniqlangan kamchiliklar soni 30% ga qisqargan.