To‘xtasinov Dilshod Inomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Uchtepa-Buloqmozor majmuasi: Uchtepa-2 arxeologik yodgorligining tarixiy topografiyasi va stratigrafiyasi», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1502
Ilmiy rahbar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, akademik  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, 01/10.01.2024.Tar. 169. 01.
Rasmiy opponentlar: Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti bosh ilmiy xodimi,  tarix fanlari doktori Raimqulov Abdusabir Azzamovich hamda Guliston davlat universiteti dotsenti,  tarix fanlari nomzodi Qudratov Solijon Sulaymonovich.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Arxeologik hamda yozma manbalar asosida Norin va Qoradaryo oralig‘i hududiga kiruvchi Uchtepa-Buloqmozor arxeologik majmuasi: Uchtepa-2 yodgorligining tarixiy topografiyasi hamda stratigrafiyasini yoritishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
Zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilgan izlanishlar, yozma va arxeologik manbalarning ilmiy tahlili asosida Miyon-Rudon muzofotini bosh shahri Haylomning hozirgi Uchtepa-Buloqmozor arxeologik yodgorliklar majmuasi o‘rni bilan lokalizatsiya qilinganligi asoslandi;
Uchtepa-2 yodgorligida olib borilgan stratigrafik qazishmalar natijasida aniqlangan me’moriy reja va sopol komplekslari asosida yodgorlikning davriy sanasi mil. avv. III asr – milodiy VIII asrlar bilan davrlashtirilganligi isbotlandi;
Uchtepa-2 yodgorligida qo‘lga kiritilgan sopol majmualari birinchi bor 3 ta xronologik davrga ajratilib, shu asosda manzilgoh aholisi hayotining taraqqiyot dinamikasi intensiv ravishda davriy jihatdan bosqichma-bosqich kechganligi dalillandi;
Uchtepa-Buloqmozor arxeologik majmuasi “Uchtepa-2” yodgorligidan olingan arxeologik materiallar – me’moriy reja, altar-o‘choqlar, tosh qurilmalar, “muqaddas” sanalgan olovdan qolgan kullarning maxsus o‘choq va tosh qurilmalarda saqlanishi, turli ko‘rinishdagi diniy e’tiqod buyumlarining topilishi asosida bu yodgorlikda otashparastlik ibodatxonasi bo‘lganligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Uchtepa-Buloqmozor majmuasi: Uchtepa-2 arxeologik yodgorligining tarixiy topografiyasi va stratigrafiyasi» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan quyidagi ilmiy natijalar asosida:
Uchtepa-2 yodgorligida olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida topilgan artefaktlar va ularni yozma manbalar bilan qiyosiy tahlili asosida olingan ma’lumotlar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02-05/3746-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, ushbu materiallar Farg‘ona vodiysi tarixining qadimgi va ilk o‘rta asrlar davrlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar bazasini yaratishga ham xizmat qiladi. Natijada, Farg‘ona vodiysining shimoli-sharqiy hududlarida antik va ilk o‘rta asrlarda urbanizatsiya jarayonlari jadal kechganligi haqidagi ma’lumotlar muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy hamda xorijiy sayyohlarga ko‘rsatish, kelajak avlod ongida milliy merosga bo‘lgan g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Norin va Qoradaryo oralig‘i yodgorliklarining shakllanish tarixi, ularning lokalizatsiya masalalari, Uchtepa-2 yodgorligida olib borilgan arxeologik izlanishlar, tadqiqot davomida uchratilgan noyob topilmalar va ular orqali shimoli-sharqiy Farg‘onaning mil. avv III – milodiy VIII asr hayot tarzi, diniy e’tiqod masalalari, me’morchilik an’analari, ma’naviy dunyoqarash va tarixiy taraqqiyot bosqichlari kabi tadqiqot natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 01-44--33-sonli ma’lumotnomasi). Yuqoridagi ma’lumotlar ko‘rsatuvni ilmiy dalillar bilan boyitish va uning ommabopligini ta’minlash bilan birga mamlakatimiz madaniy merosining o‘rni va ahamiyatini xalqimizga etkazish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish