Umarova Gulchexra Abitovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning pedagogik strategiyalari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped333
Ilmiy maslahatchi: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin - O‘zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Xanbabaev Xakimjon Ikramovich - Qoqon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori, professor;
Abdullaeva Ozoda Safibullaevna - Namangan muhandislik - qurilish instituti professori, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning pedagogik strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni talabalarda kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, kasbiy echimlarini maqbul tanlash, kasbiy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qaytar aloqani ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy faoliyatidagi muammoni tahlil qilish, insayt, hamkorlik va ommalashtirish bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ta’limning mobilligi (harakatchanligi), ta’limning ko‘p tarmoqliligi tamoyillari asosida kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik strategiyasi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari, shakllari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab olgan metodik, informatsion va kasbiy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli mazmunan modernizatsiyalashtirilgan;
talabalarda kasbiy masalalariga oid topshiriqlarni echishga mustaqil amaliy-ijodiy fikrlashi, yangicha tizimli fikrlash va yondashuv, individual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari “SCAMPER” strategiyasini ishlab chiqilgan. Bundan tashqari PBL RoboPhysiss –o‘qitishning integratsion metodi, “Internet-zombi” hamda “Sxema bo‘laklar” metodlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi hamda didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganligini baholashning reproduktiv, variativ va kreativ mezonlari hamda past, o‘rta, yuqori darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan didaktik resurslar yordamida ularning kasbiy kompetensiyalarini takomillashganligi tajribada isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning pedagogik strategiyalari ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning fanlararo integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirishning maqsadli, motivatsion, mazmunli, vositali va natijaviy komponentlarini talabalarda kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni talabalarda kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, kasbiy echimlarini maqbul tanlash, kasbiy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qaytar aloqani ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida tatbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish va tadqiqotlar markazining 2024-yil 25 iyuldagi 02/01–01-62-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy foliyatida muammoni tahlil qilish, insayt, hamkorlik va ommalashtirish bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ta’limning (harakatchanligi), ta’limning ko‘ptarmoqliligi tamoyillari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik strategiyasini ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60711500 – Mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishi uchun “Fizika” nomli darslik yaratilgan (Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2023-yil 1-iyundagi 347-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 347-006-sonli guvohnomasi). Mazkur darslik bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishga doir takliflari 60711500 - Mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining tayanch va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli ishlab chiqish orqali innovatsion ta’lim metodlari (“SCAMPER” strategiyasi, “Critical thinking development”, “The Insights method” (Insayts), PBL RoboPhysiss – o‘qitishning integratsion metodi, “Internet-zombi” hamda “Sxema bo‘laklar” metodlari va b.q.) integratsiyasini ta’minlash asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish (2019-2023 yillar)” nomli innovatsion loyihasini bajarish davomida foydalanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2024 yil 27 fevraldagi № 38-05-304-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik va didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, shakllari, bosqichlari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab va fizika fanidan virtual laboratoriyalarni ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va kasbiy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli mazmunan modernizatsiyalashtirilgan hamda talabalarda kasbiy masalalariga oid topshiriqlarni echishga mustaqil amaliy-ijodiy fikrlashi, yangicha tizimli fikrlash va yondoshuv, individual qobiliyatlarini rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning pedagogik strategiyalari” nomli monografiya va “Fizika” nomli elektron darslik foydalanilgan (Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2024 yil 2 iyuldagi 483-k-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 483-009-sonli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalari ta’lim didaktik imkoniyatlarini ommalashtirishga erishilgan.