Rahmonov Abrorbek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy transformatsiyasi” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1381
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zamiraxon Ruhitdinovna Isaqova falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), v.b. professor; Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy transformasiya jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, davlat xizmatchisida kasbga sadoqat, ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy birdamlik tamoyillarini korrelyasion rivojlantirishi kishilarda aksiologik va akmeologik faoliyatlilikga ijobiy ta’sir etuvchi muhim aspekt ekanligi ilmiy asoslangan;
vatanparvarlik tamoyilining mental xususiyatlari shaxs milliy identifikatsiyaning etnopsixologik temperamentlari bilan o‘zaro proporsional shaklda jamiyat ijtimoiy qiyofasini belgilovchi ijtimoiy qadriyatlarning o‘ziga xos institusional (jamoaviylik, tashabbuskorlik, milliy birdamlik) xususiyatlarida namoyon bo‘lib, globallashuv sharoitida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlovchi pragmatik echim ekanligi ochib berilgan;
jamiyatning siyosiy-ma’naviy xavfsizligini ta’minlash, sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida  davlatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash orqali jamiyatda ijtimoiy begonalashuv jarayonlarini oldini oluvchi ratsional echim ekanligi mantiqiy dalillangan;
texnologik taraqqiyot  ta’sirida vatanparvarlik kategoriyasidagi paradigmal o‘zgarishlar jamiyatda hodisa va jarayonlar ijtimoiy ta’sirchanligi va tarbiyaviy  oshirishda ijtimoiy madaniy (virtual, smart, media va ta’lim) texnologiyalarni joriy qilish, ularda vatanga sadoqat va burch  tuyg‘ularini samarali rivojlantirib davlatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni korrelyasion rivojlanishini ta’minlashi falsafiy kontekstda ochib berilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy transformasiyasini taxlil etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, davlat xizmatchisida kasbga sadoqat, ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy birdamlik tamoyillarini rivojlantirishga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha sora-tadbirlar dasturining IV – yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilash jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 41-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 23-dekabrdagi 10/229-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash, media makonda olib borilayotgan harbiy vatanparvarlik ruhidagi ishlarni kuchaytirish va Globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy falsafiy transformatsiyasini yoritishga xizmat qilgan;
vatanparvarlik tamoyilining mental xususiyatlari shaxs milliy identifikatsiyaning etnopsixologik temperamentlari bilan o‘zaro proporsional shaklda jamiyat ijtimoiy qiyofasini belgilovchi ijtimoiy qadriyatlarning o‘ziga xos institusional (jamoaviylik, tashabbuskorlik, milliy birdamlik) xususiyatlarida namoyon bo‘lib, globallashuv sharoitida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlovchi pragmatik echimlariga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agetligi faoliyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faoliyatini samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni “Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi” shiori ostida poligonlarga hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish hamda ularga jangavor tayyorgarlik mashhulotlari va ko‘rgazmali o‘quvlar hamda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida maxsus dastur bo‘yicha harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agetligining 2024-yil 20-dekabrdagi 4-10-21-6829-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasida belgilangan “Vatan ulug‘, burch muqaddas!” g‘oyasi asosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgan;
jamiyatning siyosiy-ma’naviy xavfsizligini ta’minlash, sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida  davlatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash orqali jamiyatda ijtimoiy begonalashuv jarayonlarini oldini oluvchi ratsional echimiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasining 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan II Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar rejasida belgilangan yoshlar o‘rtasida harbiylar, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida harbiy qismlar bazasida “Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi” mavzusida uchrashuvlar tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasining 2024 yil 5-noyabardagi 13742- son dalolatnomasi). Natijada harbiy xizmat nufuzi hamda milliy Qurolli Kuchlarimiz bilan faxrlanish va ularning salohiyatiga ishonch hissini shakllantirish, yoshlarning harbiy kasbni tanlashga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilgan.
texnologik taraqqiyot  ta’sirida vatanparvarlik kategoriyasidagi paradigmal o‘zgarishlar jamiyatda hodisa va jarayonlar ijtimoiy ta’sirchanligi va tarbiyaviy  oshirishda ijtimoiy madaniy (virtual, smart, media va ta’lim) texnologiyalarni joriy qilish, ularda vatanga sadoqat va burch  tuyg‘ularini samarali rivojlantirib davlatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni korrelyasion rivojlanishini ta’minlashga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan II. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar doirasida o‘tkaziladigan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakatining faoliyatini samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni “Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi!” shiori ostida poligonlarga hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish hamda ularga jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va ko‘rgazmali o‘quvlar hamda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida alohida maxsus dastur bo‘yicha harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2024 yil 4-noyabrdagi 14.32.10- son dalolatnomasi). Natijada yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilishga va davlatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni korrelyasion rivojlanishini ta’minlashi falsafiy kontekstda ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish