Xamrakulov Sobir Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma miopiyasi bo‘lgan bemorlarda yuqori darajali anizometropiyani korreksiya qilish usullarini takomillashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1679.
Ilmiy rahbar: Yusupov Amin Abduazizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Tuychibaeva Dilobar Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muxamadeev Timur Rafael`evich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
tug‘ma miopiyasi bo‘lgan bemorlarda yuqori darajali anizometropiyani korreksiyalash usullarini majmuaviy tahlilini o‘tkazish va orqa kamerali fakik intraokulyar linzani implantatsiyasi yordamida jarrohlik koreksiya usulini qo‘llash samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma miopiyasi bo‘lgan bolalarni yuqori darajali anizometropiyani davolash uchun turli xil korreksiya usullari samaradorligi baxolangan xamda  jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlar xavfi darajasini kamaytirish va jarroxlik yordam sifatini oshirishga imkon beruvchi olib borish taktikasi ishlab chiqilgan;
tug‘ma miopiyali va yuqori darajali anizometropiyasi bo‘lgan bemorlarda ko‘ruv a’zosining funksional xususiyatlarini aniqlash va matematik modellashtirishga yo‘naltirilgan elektron dasturi taklif kilingan va ushbu dastur asosida  refraktometriya xamda  qoldiq akkomodatsiya, ko‘zning oldingi va orqa uzunligini baxolash orkali  tug‘ma miopiyani jadallashish xavfini bashorat qilish asoslangan;
ilk bor, tug‘ma miopiyali va yuqori darajali anizometropiyasi bo‘lgan bemorlarda orqa kamerali fakik intraokulyar linza implantatsiyasi jarrohlik usuli kullanilganda  anizometropiyani to‘liq bartaraf etilishiga va ambliopiyaning pasayishi orkali ushbu usul samaradorligi isbotlangan;
tug‘ma miopiyali va yuqori darajali anizometropiyasi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan jarrohlik davolashdan keyin kuzatuv (12 oy)  natijalariga asoslanib ko‘rish o‘tkirligini yaxshilanishi, anizometropiyaning yo‘qolishi va ambliopiya darajasining kamayishi bilan bemorlarda hayot sifati koeffesienti 49,3 dan 80,55% gacha  (Ⅰ–guruh-orqa kamerali fakik intraokulyar linza) va 47,1 dan 78,1% gacha (Ⅱ-guruh-shaffof gavharni intraokulyar linza bilan almashtirish) oshganligi aniklangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma miopiyasi bo‘lgan bemorlarda yuqori darajali anizometropiyani korreksiya qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/39-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik tug‘ma miopiyasi bo‘lgan bolalarni yuqori darajali anizometropiyani davolash uchun turli xil korreksiya usullari samaradorligi baxolangan xamda  jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlar xavfi darajasini kamaytirish va jarroxlik yordam sifatini oshirishga imkon beruvchi olib borish taktikasi ishlab chiqilgan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori darajali anizometropiyani tuzatish uchun orqa kamerali fakik intraokulyar linzalarni implantatsiya qilish samarali jarrohlik usuli ekanligi aniqlandi. Ushbu usul ko‘rish sifatini yaxshilash, kam asoratli bo‘lishi va uzoq muddatli barqarorlik bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotda qo‘llash uchun yangi imkoniyatlar ochib, oftal`mologiyada muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024  № 58-U/§-2); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 26) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Orqa kamerali fakik intraokulyar linzalarni implantatsiya qilish yuqori darajali anizometropiyani tuzatishda samarali usul bo‘lib, uning ijtimoiy samaradorligi quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:Ko‘rish funksiyasining tiklanishi bemorlarning kundalik faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf etib, ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularning shaxsiy va kasbiy faolligini oshiradi. Jarrohlikdan keyingi tez reabilitatsiya jarayoni bemorlarning ishga qaytishini ta’minlaydi. Bu nafaqat shaxsiy darajada, balki jamiyat uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ko‘rish qobiliyatining yaxshilanishi bemorlarda o‘zini ishonchli his qilishni kuchaytiradi, bu esa stress va depressiya darajasining kamayishiga olib keladi. Ko‘rish qobiliyati tiklangan bemorlar jamiyatda faol ishtirok etishlari, ijtimoiy aloqalarini tiklashlari va to‘liq hayotga qaytishlari mumkin. Bu ularning ijtimoiy faolligini oshirish bilan birga jamiyatning umumiy rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: Yuqori darajadagi anizometropiyani tuzatishda orqa kamerali fakik intraokulyar linzalarni implantatsiya qilish usulining iqtisodiy samaradorligi bir nafar bemor uchun orqa kamerali fakik intraokulyar linzalarni implantatsiya qilish jarayonining o‘rtacha qiymati 10 mln. so‘mni tashkil qilishi mumkin. An’anaviy usullarda reabilitatsiya xarajatlari, masalan, 2 mln. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, orqa kamerali fakik intraokulyar linzalar jarayonida bu xarajatlar 50% ga kamayishi mumkin. Bu holda tejamkorlik 1 mln. so‘mni tashkil qiladi. Bir bemorning ishga tezroq qaytishi orqali oylik ish haqining o‘rtacha 5 mln. so‘m ekanini inobatga olib, reabilitatsiya vaqti 1 oyga qisqarsa, har bir bemor jamiyat uchun 5 mln. so‘m iqtisodiy foyda keltiradi. Asoratlar kamligi tufayli kelgusidagi davolash xarajatlarida taxminan 1-2 mln. so‘m tejamkorlik ta’minlanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik tug‘ma miopiyali va yuqori darajali anizometropiyasi bo‘lgan bemorlarda ko‘ruv a’zosining funksional xususiyatlarini aniqlash va matematik modellashtirishga yo‘naltirilgan elektron dasturi taklif kilingan va ushbu dastur asosida  refraktometriya xamda  qoldiq akkomodatsiya, ko‘zning oldingi va orqa uzunligini baxolash orkali  tug‘ma miopiyani jadallashish xavfini bashorat qilish asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Mazkur usul tug‘ma miopiyaning jadallashish xavfini aniqlash va bashorat qilish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu modellashtirish va tahlil qilish usuli o‘rta darajadagi miopiyaning yuqori darajaga o‘tish jarayonini ilmiy asosda baholashga va erta diagnostika qilishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, kerakli davolash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash va miopiyaning og‘irlashuvining oldini olishga xizmat qiladi. Ko‘z a’zosining funksional xususiyatlarini chuqur o‘rganish hamda ularni matematik modellashtirishga yo‘naltirilgan yangicha yondashuvlarning ilmiy jihatdan ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Bu usul sohaga ilmiy innovatsiyalar kiritish, miopiyani samarali profilaktika qilish hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024  № 58-U/§-2); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 26) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur usulning joriy etilishi tug‘ma miopiyani erta aniqlash va uning jadallashish xavfini bashorat qilish imkonini yaratib, aholi salomatligiga kompleks ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘ma miopiyaning jadal rivojlanish xavfini baholash orqali bolalar va o‘smirlar orasida miopiyaning yuqori darajalarga o‘tishini oldini olish bo‘yicha individual profilaktika dasturlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Bu usul profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy va aniq mexanizmlarni taklif etadi. Ko‘z a’zosi holatining funksional xususiyatlari va uning rivojlanish qonuniyatlarini matematik modellashtirish tibbiyot amaliyotida ilg‘or texnologik echimlarni tatbiq etishga yo‘naltirilgan. Bu aholi o‘rtasida ko‘ruv salomatligini saqlash sohasida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan usulning ijtimoiy samaradorligi, uning aholining salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilganligi bilan belgilanadi hamda uning amaliyotga joriy etilishi tibbiyot sohasidagi innovatsion rivojlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Iqtisodiy samaradorligi: Miopiyaning jadallashish xavfini erta aniqlash usuli har bir bemor uchun 5-10 million so‘mgacha davolash xarajatlarini 50-70%ga qisqartirishi mumkin. Preventiv choralar 500-700 ming so‘mni tashkil etib, davolashga qaraganda 10-15 marta arzon. Shuningdek, ish qobiliyatini saqlash orqali jamiyatga har 1000 odam uchun 15-20 milliard so‘m iqtisodiy foyda keltiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, tug‘ma miopiyali va yuqori darajali anizometropiyasi bo‘lgan bemorlarda orqa kamerali fakik intraokulyar linza implantatsiyasi jarrohlik usuli kullanilganda  anizometropiyani to‘liq bartaraf etilishiga va ambliopiyaning pasayishi orkali ushbu usul samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tug‘ma miopiya va yuqori darajali anizometropiyali bemorlarda orqa kamerali fakik intraokulyar linza qo‘llash orqali kurish funksiyani yaxshilash va hayot sifatini oshirishning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usul asoratlarni oldini olish, kurish qobiliyatni tiklash va individuallashtirilgan korreksiya imkoniyatini yaratishi bilan ilmiy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot klinik amaliyotga zamonaviy va samarali texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024  № 58-U/§-2); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 26) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Orqa kamerali fakik intraokulyar linza qo‘llanilishi tufayli tug‘ma miopiya va anizometropiyali bemorlarda vizual funksiya yaxshilanishi va asoratlarni oldini olish ta’minlanadi. Bu mehnatga layoqatni saqlash, ta’lim samaradorligini oshirish va tibbiy xarajatlarni qisqartirishga olib keladi. Ushbu usul aholining hayot sifati va jamiyat salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Orqa kamerali fakik intraokulyar linza usuli asoratlarni oldini olish orqali har bir bemor uchun 2,5-5 million so‘m tibbiy xarajatni qisqartirish imkonini beradi. Ushbu usulning qo‘llanilishi natijasida 1000 bemor uchun umumiy iqtisodiy foyda 15-25 milliard so‘mni tashkil qiladi. Tejamkor profilaktika xarajatlari davolashga qaraganda bir necha barobar samarali buldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tug‘ma miopiyali va yuqori darajali anizometropiyasi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan jarrohlik davolashdan keyin kuzatuv (12 oy)  natijalariga asoslanib ko‘rish o‘tkirligini yaxshilanishi, anizometropiyaning yo‘qolishi va ambliopiya darajasining kamayishi bilan bemorlarda hayot sifati koeffesienti 49,3 dan 80,55% gacha  (Ⅰ–guruh-orqa kamerali fakik intraokulyar linza) va 47,1 dan 78,1% gacha (Ⅱ-guruh-shaffof gavharni intraokulyar linza bilan almashtirish) oshganligi aniklangan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tug‘ma miopiya va yuqori darajali anizometropiyali bemorlarda ko‘rish o‘tkirligini yaxshilash va ambliopiya darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan orqa kamerali fakik intraokulyar linza qo‘llash sxemasi ilmiy asoslangan. Ushbu sxema vizual funksiyani tiklash, ambliopiyaning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvni taqdim etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024  № 58-U/§-2); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 26) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Orqa kamerali fakik intraokulyar linza qo‘llash sxemasi tufayli ko‘rish funksiyasini tiklash va ambliopiyaning oldini olish aholining ta’lim, mehnat qobiliyati va hayot sifati yaxshilanishiga olib keladi. Bu, shuningdek, tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojni qisqartiradi, tibbiy xarajatlarni tejashga yordam beradi va jamiyatning umumiy salomatlik darajasini oshiradi. Ushbu usul jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, mehnat unumdorligi va ijtimoiy faollikni saqlashga hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: Orqa kamerali fakik intraokulyar linza qo‘llanilishi orqali asoratlarni oldini olish bir bemor uchun 2,5-5 million so‘m xarajatni tejash imkonini beradi. Profilaktika xarajatlari davolashga nisbatan 3-5 marta arzon. Ko‘rish qobiliyati tiklangan 1000 bemor jamiyatga yiliga 15-20 milliard so‘m iqtisodiy foyda keltiradi. Ushbu usul tibbiy xarajatlarni qisqartirib, mehnat unumdorligini saqlashni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish