Xonbabaeva Raximaxon Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollarda dori vositalaridan o‘tkir zaharlanib o‘z joniga qasd qilish tashxisotini takomillashtirish va oldini olish algoritmini ishlab chiqish”, 14.00.39 – Toksikologiya va 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4768.
Ilmiy rahbarlar: Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Suxodolova Galina Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti" (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi ayollarda dori vositalaridan o‘tkir zaharlanib o‘z joniga qasd qilish tashxisotini takomillashtirish va oldini olish algoritmini ishlab chiqishda o‘z joniga qasd qilish prediktorlarini aniqlash va takroriy o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni kamaytirish bo‘yicha profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqililgan parasuisidning og‘irlik darajasi va qaytalanish xavfini baholovchi dasturining natijadorligi uning yuqori sezuvchanligi va o‘ziga hosligi bilan asoslangan;
tadbiq etilgan birlamchi va takroriy o‘z joniga qasd qilish xavf omillarining barcha mezonlarni kompleks tahlil qilish asosida tashxislash va takroriy voqealarni oldini olish algoritmining prognozlash samarasi isbotlangan;
o‘z joniga qasd qilishga uringan ayollar uchun psixologik yordamning asosida taklif etilgan “koping kartochka”lar va art-terapevtik usullar bilan takomillashtirilgan qisqa muddatli psixoterapiya samaradorligi qoniqarli va yaxshi natijalar ulushining oshishi hisobi isbotlangan;
o‘z joniga qasd qilishga urinishi bo‘lgan bemorlarda taklif etilgan modifikatsiyalashgan qisqa psixoterapiya usullarining o‘rta va uzoq davrdagi davolash samaradorligi 6 oy va 12 oydan keyin monitoring qilish natijasida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Ayollarda dori vositalaridan o‘tkir zaharlanib o‘z joniga qasd qilish tashxisotini takomillashtirish va oldini olish algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi 11/07-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: parasuisidning og‘irlik darajasi va qaytalanish xavfini baholovchi kompyuter dasturi ishlab chiqilishi natijasida uning samaradorligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali (01.05. 2024 y.; № 77/b), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (27.02.2024 y.; № 27/b), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining (28.02.2024 y.; № 73T/b) amaliyotiga joriy etilgan. O‘z joniga qasd qilish harakatlarini nazorat qilish va ro‘yxatga olishning ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturi shaxsiy suisidologik baholash natijasida bemorlarni to‘g‘ri saralab bergan. Ijtimoiy samaradorligi: “Parasuisid og‘irligi va takrorlanish xavfini skrining testi” nomli kompyuter dasturi ishlab chiqilishi va uning samaradorligini isbotlash nafaqat takroriy o‘z joniga qasd qilishga urinish ehtimolligi xavfini ishonchli baholash, balki tuzatish chora-tadbirlari uchun maqbul echim sohalar, usullar va yondashuvlarni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Tez tibbiy yordam tizimi uchun ishlab chiqilgan skrining algoritmini o‘z joniga qasd qilish xulq-atvori belgilari bilan keltirilgan bemorlarni tekshirish, tashxislash va ularning o‘z joniga qasd qilish xavfi darajasini baholash jarayonida qo‘llash zarur. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi sharoitida o‘z joniga qasd qilishga urinishlari bo‘lgan bemorlarni skrining qilish algoritmi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar o‘z joniga qasd qilish takrorlanish xavfi dinamikasining kechishini baholashda o‘rtacha bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 (ikki yuz etti ming) so‘m iqtisod qilish, o‘z joniga qasd qilishga qayta urinishlarning oldini olish orqali umumiy tatbiq ko‘lami uchun 25254000 so‘mni tejashga erishish imkonini beradi. Xulosa: O‘z joniga qasd qilish va qasd qilishga urinishni tashxislash va profilaktika choralarini kuchaytirish vositasi sifatida statsionar va/yoki ambulator kuzatuv davomida, anamnezida o‘z joniga qasd qilishga urinish holatlari bo‘lgan bemorlar uchun kompyuterlashtirilgan “Parasuisid og‘irligi va takrorlanish xavfini skrining testi”ni muntazam qo‘llash tavsiya etiladi. Bu test takroriy holatlarnni aniqroq bashorat qilishga yordam beradi. Tez tibbiy yordam tizimi uchun ishlab chiqilgan skrining algoritmini o‘z joniga qasd qilish xulq-atvori belgilari bilan keltirilgan bemorlarni tekshirish, tashxislash va ularning o‘z joniga qasd qilish xavfi darajasini baholash jarayonida qo‘llash zarur.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi va takroriy o‘z joniga qasd qilish xavf omillarining barcha mezonlari kompleks tahlil qilish asosida tashxislash va oldini olish algoritmi ishlab chiqilishi bilan uning samaradorligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali (01.05. 2024 y.; № 77/b), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (27.02.2024 y.; № 27/b), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining (28.02.2024 y.; № 73T/b) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, Ushbu algoritm ishlab chiqilishi o‘z joniga qasd qilishning birinchi va takroriy holatlari uchun xavf omillarini har tomonlama tahlil qilishga asoslangan. Depressiv ruhiyat va suisidal urinishlar yosh, ijtimoiylashuvning yo‘qligi, ma’lumot darajasining etarli emasligi, irsiy moyillik, ya’ni suisident otalarining alkogolga va psixoaktiv moddalarga qaramligi, suisidal irsiyat, uyqu buzilishi va hayz oldi sindromi kabi xavf omillari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlandi. Maxsus ishlab chiqilgan mualliflik "So‘rovnoma" (18.10.2023 yildagi № 006763-son mualliflik guvohnomasi) si yordamida to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarni bemorlarning o‘z joniga qasd qilish faolligi darajasini har tomonlama baholash, shuningdek, profilaktika choralarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy samaradorligi: O‘z joniga qasd qilishga urinishlarning ijtimoiy va iqtisodiy yondashuvning og‘ir va murakkabligi o‘z joniga qasd qilishga yordam ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini izlashga va mavjud imkoniyatlarini, shu jumladan, uning eng qimmat turi - statsionar davolanishni takomillashtirishga majbur qilgan va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=122) 25254000 iqtisod qilish imkonini bergan. O‘z joniga qasd qilishga urinishlari bo‘lgan bemorlarda tez tibbiy yordam sharoitida tashxis qo‘yishda xarajatlarni minimallashtiriladi. Xulosa: Takrorlanishi mumkin bo‘lgan suisidal xulq-atvor va suisidal urinishning qaytalanishini erta bosqichda aniqlash mumkin.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘z joniga qasd qilishga uringan ayollar psixoterapiyasini koping kartochkalar va art-terapevtik usullar bilan takomillashtirish natijasida qisqa muddatli psixoterapiyaning samaradorligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali (01.05.2024 y.; № 77/b), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (27.02.2024 y.; № 27/b) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialining (28.02.2024 y.; № 73T/b) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi o‘z joniga qasd qilishga uringan ayollarni davolashda ijtimoiy va kognitiv funksiyalardagi buzilishlarni o‘z vaqtida tashxislash, va psixoterapevtik aralashuvlar o‘tkazishdan iborat. Ya’ni, koping mexanizmlarga ta’sir o‘tkazish orqali dezadaptiv (moslashmagan) xulq-atvorni kompleks psixoterapevtik yondashuv yordamida adaptiv (moslashgan) xulq-atvorga o‘rgatish natijasida antisuisidal bar`erlarni mustahkamlashga erishish mumkinligi va zarurligi ta’kidlangan. Iqtisodiy samaradorligi: xarajatlar bir nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 110000 ming so‘mni iqtisod qilish (n=122) umumiy 13 420 000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Shoshilinch tibbiy yordam tizimi sharoitida o‘z joniga qasd qilishga urinishlari bo‘lgan bemorlarni skrining qilish algoritmi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar o‘z joniga qasd qilish takrorlanish xavfi dinamikasining kechishini baholashda zarur korreksion aralashuvlar zonalarini tanlash, usullarini aniqlashtirish, terapevtik "nishon"larni tanlash uchun bemorlarni keyingi yo‘naltirishni aniqlash, shaxs korreksiyasining aniq usullarini tanlash va o‘z joniga qasd qilishga qayta urinishlarning oldini olish orqali ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘z joniga qasd qilishga urinishi bo‘lgan bemorlarni 6 oy va 12 oydan keyin monitoring qilish natijasida davolash samaradorligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali (01.05. 2024 y.; № 77/b), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (27.02.2024 y.; № 27/b) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga (28.02.2024 y.; № 73T/b) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi bemorlarning ikki guruhining qiyosiy tahlilida psixoterapevtik ta’sir samaradorligi psixoterapiya qo‘llanilishidan oldin va keyin olingan eksperimental-psixologik metodikalar ko‘rsatkichlarini taqqoslash orqali baholangan, va koping-strategiyalarni o‘rgatish va o‘tkazilgan psixoterapevtik aralashuv standart terapiyaga qaraganda ijobiy natija berib, takroriy suisidal aktivlik kuzatilmagani sababli, tanlangan terapiyaning yuqori samaradorligiga olib kelgan va shuni asosida 3 ta ratsionalizatorlik taklifiga 20.10.2023 yildagi .№00140-son, 20.10.2023 yildagi №00141-son va 20.10.2023 yildagi №00142-son guvohnomalari olingan. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruvdan foydalanib tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 480000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 6 va 12 oydan keyin takroriy skriningning uzoq muddatli natijalarini monitoring qilish shuni ko‘rsatdiki, hulq-atvor psixoterapiyasi, psixodinamik va art terapiya yordamida koping-mexanizmlarni tuzatish va qayta o‘rnatish o‘z joniga qasd qilish niyatlarining paydo bo‘lishini sezilarli darajada kamaytiradi, ayollarning keyingi reabilitatsiyasiga va o‘z joniga qasd qilishga urinishdan keyingi umumiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ayollarda dori vositalaridan o‘tkir zaharlanib o‘z joniga qasd qilish tashxisotini takomillashtirish va oldini olish algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 28 dekabrdagi 01-02/2870-sonli xati yuborilgan.