Samibaeva Umida Xurshidovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bakterial pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 da endotelial disfunksiya belgilarning patogenetik ahamiyati», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3030. 
Ilmiy rahbar: Tadjieva Nigora Ubaydullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar nomi), IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19da endotelial disfunksiya belgilarining patogenetik ahamiyatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pnevmoniya bilan kechuvchi COVID-19 da endotelial disfunksiya VEGF-A markerining endoteliit rivojlanishida patogenetik ahamiyati aniqlangan;
pnevmoniya bilan kechuvchi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda  kasallikning avj olish davrida va erta rekonvalessensiya davrida endotelial disfunksiya VEGF-A va yallig‘lanish markerlarining ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘liqlik asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda bakterial asoratlarni rivojlanishida Streptococcus spp.,  Kl. pneumoniae, Staph. aureus, E.coli shtammlarining etiologik ahamiyati  aniqlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlardan ajratilan Kl. pneumoniae, Staph. aureus, E.coli shtammlarining antibakterial vositalarga yuqori rezistentligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: pnevmoniya bilan kechuvchi COVID-19 da endotelial disfunksiya VEGF-A markerining endoteliit rivojlanishida patogenetik ahamiyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashning 2024 yil 29 aprel`dagi 71-son bilan tasdiqlangan «Pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘irlik darajasi va oqibatlarini bashorat qilishda endotelial disfunksiya markerlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 19.06.2024 yildagi 90/1-son va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 27.05.2024 yildagi 12-son  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilinayotgan tekshiruv usuli endotelial disfunksiya markeri VGEF-A ni erta baholash orqali pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘ir shakllari rivojlanishining oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘ir shakllarini erta tashxislash, bemorlarda asoratlar, o‘lim xolatlarini oldini olish, bemorlarning reabilitatsiyasiga sarflanadigan qo‘shimcha qimmat medikamentoz tashxislash va davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini yaratgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: pnevmoniya bilan kechuvchi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda  kasallikning avj olish davrida va erta rekonvalessensiya davrida endotelial disfunksiya VEGF-A va yallig‘lanish markerlarining ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘liqlik asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashning 2024 yil 29 aprel`dagi 71-son bilan tasdiqlangan «Pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘irlik darajasi va oqibatlarini bashorat qilishda endotelial disfunksiya markerlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 19.06.2024 yildagi 90/1-son va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 27.05.2024 yildagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilinayotgan tekshiruv usuli endotelial disfunksiya markeri VGEF-A ni aniqlash COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikni avj olish hamda erta rekonvalessensiya davrlarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘ir shakllarini erta tashxislash, bemorlarda asoratlar, o‘lim xolatini oldini olish, bemorlarning reabilitatsiyasiga sarflanadigan qo‘shimcha qimmat medikamentoz tashxislash va davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini yaratgan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda bakterial asoratlarni rivojlanishida Streptococcus spp.,  Kl. pneumoniae, Staph. aureus, E.coli shtammlarining etiologik ahamiyati  aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashning 2024 yil 29 aprel`dagi 71-son bilan tasdiqlangan «Pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘irlik darajasi va oqibatlarini bashorat qilishda endotelial disfunksiya markerlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 19.06.2024 yildagi 90/1-son va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 27.05.2024 yildagi 12-son  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilinayotgan tekshiruv usuli pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni empirik antibakterial terapiyani asoslangan xolda tavsiya etish, antibakterial terapiyani ratsional qo‘llash hamda klinik ahamiyatga ega mikroorganizmlarni antibiotiklarga rezistentligini ortishini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 da empirik antibakterial terapiyani ratsional qo‘llash orqali bir nechta antimikrob dori vositalarini qo‘llashni, asoslanmagan holda antibiotiklarni tavsiya etishga sarflanadigan qo‘shimcha qimmat medikamentoz davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlardan ajratilan Kl. pneumoniae, Staph. aureus, E.coli shtammlarining antibakterial vositalarga yuqori rezistentligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashning 2024 yil 29 aprel`dagi 71-son bilan tasdiqlangan «Pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 ning og‘irlik darajasi va oqibatlarini bashorat qilishda endotelial disfunksiya markerlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 19.06.2024 yildagi 90/1-son va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 27.05.2024 yildagi 12-son  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrrdagi 8-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilinayotgan tekshiruv usuli pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni empirik antibakterial terapiyani asoslangan xolda tavsiya etish, antibakterial terapiyani ratsional qo‘llash hamda klinik ahamiyatga ega mikroorganizmlarni antibiotiklarga rezistentligini ortishini oldini olish, antibakterial terapiyadan so‘ng rivojlanayotgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya bilan asoratlangan COVID-19 da empirik antibakterial terapiyani ratsional qo‘llash orqali bir nechta antimikrob dori vositalarini qo‘llashni, asoslanmagan holda antibiotiklarni tavsiya etishga sarflanadigan qo‘shimcha tashxisot va medikamentoz davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish