Tolipova Mohinur Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusli gepatitar bilan og‘rigan bemorlarda tishlarini pritezlash jarayonini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3385.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Odilxon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nigmon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzoeva Mariya Stepanovna, tibbiyot fanlari nomzodi (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarning stomatologik statusini kompleks baholash va ortopedik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virusli yuklamasi yuqori (HBsAg=2100 ME/ml) bo‘lgan surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda, olinmaydigan tuzilmalar bilan protezlash jarayonini qiyinlashtiruvchi klinik ko‘rinishlar (qonash, og‘riq, eroziv-yarali jarohatlanishlar) ko‘proq uchrashi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda patologik jarayonni yuzaga keltiruvchi omil sifatida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini saqlamaslikning yetakchi o‘rnini ko‘rsatuvchi gigienik indeksning yuqori darajasida (6,1) yallig‘lanish reaksiyalarining kuchayishini (RMA=59,89) kuzatilishi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda parodontning shikastlanishi ikkilamchi patogen flora Str. pyogens, S. Aureus, Str. mutans, va zamburug‘lar Candida sp., Actinomyces sp. miqdorining oshishi va so‘lakda barqaror mahalliy himoya mikroflorasi Lactobacillus sp., Str.solivaris, Str.mitis tarkibining pasayishi hisobiga surunkali yallig‘lanish va disbiotik tabiatga ega ekanligi isbotlangan;
surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarni taklif etilgan mahalliy terapiya fonida sirkoniy koronkalari bilan protezlashda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalari bilan biomosligi, GI va RMA indekslarining me’yorlashuvi hamda patogen mikroflora darajasining pasayishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 oktyabr` 07/14– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: virusli yuklamasi yuqori (HBsAg=2100 ME/ml) bo‘lgan surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda, olinmaydigan tuzilmalar bilan protezlash jarayonini qiyinlashtiruvchi klinik ko‘rinishlar (qonash, og‘riq, eroziv-yarali jarohatlanishlar) ko‘proq uchrashi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalarning klinik amaliyotda qo‘llanilishi og‘iz bo‘shligida yuz beryotgan yag‘illanish jarayonlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning namoyon bo‘lishini kamaytirishga yordam beradi, bu esa bemorlarga ortopedik davolash sifatini oshirish, shilliq qavat yallig‘lanishini oldini olish va protezlash jarayonini optimallashtirish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent Shahar Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 816) hamda “Wait dental” hususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 1) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorda hayot sifati oshadi, og‘riq va diskomfort hissi kamayadi, shuningdek, mazkur guruh bemorlarida olinmaydigan moslamalar bilan protezlash jarayoni bilan bog‘liq asoratlar xavfi sezilarli darajada kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: individual yondashuvni qo‘llash va protezlash rejasini moslashtirish orqali takroriy aralashuvlar va qo‘shimcha dorilar bilan davolash xarajatlari kamaygan. Mahalliy davolashning yangi usulini tatbiq etish natijasida, mavjud bo‘lgan usulga nisbatan 300000 so‘m foyda qilingan. Xulosa: tadqiqot natijalari, surunkali virusli gepatit B bo‘lgan bemorlarda virusologik statusni inobatga olish zarurligini tasdiqlaydi. O‘z vaqtida tashhislash va davolashning moslashtirilgan taktikasi asoratlar xavfini minimallashtirib, ortopedik yordam samaradorligini oshirish va bemorlarning umumiy holatini yaxshilash imkoniyatini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda patologik jarayonni yuzaga keltiruvchi omil sifatida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini saqlamaslikning yetakchi o‘rnini ko‘rsatuvchi gigienik indeksning yuqori darajasida (6,1) yallig‘lanish reaksiyalarining kuchayishini (RMA=59,89) kuzatilishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: davolash va profilaktika majmuasida og‘iz bo‘shligi gigienasini qo‘shimcha nazorat qilish zarurligini isbotlaydi, bu esa mazkur bemorlar toifasida stomatologik yordam samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent Shahar Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 816) hamda “Wait dental” hususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shligi gigienasining yaxshilanishi va yag‘illanish jarayonlarini o‘z vaqtida nazorat qilish orqali bemorlarda og‘riq va diskomfort hissi kamayadi, asoratlar xavfi qisqaradi va ularning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: takroriy murojatlar va qo‘shimcha davolash choralariga ketadigan xarajatlar kamayishi tufayli, asoratlarning oldini olishda taxminan 300000 so‘m tejaladi. Xulosa: gigiena indeksini oshishi bilan yag‘illanish reaksiyalarining kuchayishi o‘rtasida aniq bog‘liqlik aniqlanishi, og‘z bo‘shligi gigienasi choralarining davolashdagi mukammal yondashuvda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Mos ravishdagi tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etilishi yag‘illanish jarayonlarini samarali nazorat qilish, ortopedik davolash prognozini yaxshilash va mazkur bemorlar toifasida hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda parodontning shikastlanishi ikkilamchi patogen flora Str. pyogens, S. Aureus, Str. mutans, va zamburug‘lar Candida sp., Actinomyces sp. miqdorining oshishi va so‘lakda barqaror mahalliy himoya mikroflorasi Lactobacillus sp., Str.solivaris, Str.mitis tarkibining pasayishi hisobiga surunkali yallig‘lanish va disbiotik tabiatga ega ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarni qo‘llanilishi patogen mikroorganizmlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining sog‘lom muvozanatini tiklashga va virusli gepatit B bilan kasallangan bemorlarida parodontning yag‘illanish jarayonlari rivojlanishi xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent Shahar Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 816) hamda “Wait dental” hususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (28.08.24 y; № 1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikni ijtimoiy samaradorligi: mahalliy antimikrob vositalarni qo‘llash ikkilamchi patogen floraning miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa og‘iz bo‘shligi mikroflorasining normal balansini tiklashga yordam beradi. Natijada, yag‘illanish jarayonlari, og‘riq va diskomfort xislari barqaror ravishda kamayadi va surunkali virusli gepatit B bilan og‘riyotgan bemorlarda parodontning umumiy holati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jiddiy yag‘illanish jarayonlari va ularning tarqalishini oldini olish orqali qo‘shimcha davolash, gospitalizatsiya va qayta antibakterial terapiyaga ketadigan xarajatlar kamayadi. Xulosa: surunkali virusli gepatit B bemorlarida parodontdagi surunkali va disbiotik jarohatlanishlarni ikkilamchi patogen floraning mavjudligi va mahalliy himoya mikroflorasining kamayishi bilan bog‘liqligi mahalliy antimikrob vositalarni qo‘llash va og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozni muntazam nazorat qilishning maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Bunday kompleks yondashuv mazkur toifa bemorlarida asoratlar samarali oldini olish, davolash xarajatlarini optimallashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarni taklif etilgan mahalliy terapiya fonida sirkoniy koronkalari bilan protezlashda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalari bilan biomosligi, GI va RMA indekslarining me’yorlashuvi hamda patogen mikroflora darajasining pasayishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali virusli gepatit B bilan kasallangan bemorlarda sirkoniy koronkalar qo‘llanilishida og‘iz bo‘shlig‘ining holati nazorat guruhining ko‘rsatkichlariga yaqinlashib me’yoriy ko‘rsatkichlarga tenglashadi. Metall koronkalardan farqli ravishda sirkoniyning qo‘llanilishi 12 oydan so‘ng takroriy protezlash zaruratini qordirmaydi, bu mazkur koronkalarning yuqori biomosligi va turg‘unligi haqida dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar Chilonzor tumaning ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 816) hamda “Wait dental” hususiy klinikasi bo‘yicha buyruq (28.03.24 y; № 1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sirkoniy koronkalardan foydalanish protezlarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi, milk holatini yaxshilaydi va og‘iz bo‘shlig‘i normal mikrobiotsenozini tiklashga yordam beradi. Bu esa bemorlarda og‘riq hislarining pasayishi, diskomfort hissini kamayishi va hayot sifatining yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: olinmaydigan koronkalar bilan qayta protezlash: 1500000 so‘m. Asoratlarning oldini olish hisobiga tejamkorlik: ~400000 so‘m. Protez xizmat muddati uzayishi hisobiga tejamkorlik: ~600000 so‘m. Xulosa: surunkali virusli gepatit B bo‘lgan bemorlarni sirkoniy koronkalar bilan protezlashda yag‘illanish jarayonlarining kamayishi hisobiga shilliq qavat holatining sezilarli yaxshilanishini ta’minlaydi. Bu ortopedik davolashning barqaror va samarali natijalariga erishishga yordam beradi, bu esa mazkur yondashuvni ham klinik jihatdan asoslangan, hamda iqtisodiy jihatdan maqsadli hisoblanadi.