Xajieva Iroda Adambaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.2.DSc/P199
Ilmiy rahbar: -.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Elov Ziyodulla Sattorovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Juraev Baxrom, psixologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlarini o‘rganish va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishda ularning o‘sha yosh davriga xos bo‘lgan «hokimiyatga intilish», «yutuqlarga intilish», «gedonizm», «stimulyatsiya», «mustaqillik», «universallik», «mehribonlik», «an’analar», «konformlilik» va «xavfsizlik» kabi ustuvor sifatlarini ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlanishida «etnik tolerantlik», «sotsial tolerantlik», «tolerantlik shaxs xislati sifatida» kabi tolerantlik indeksini namoyon bo‘lishidagi yoshga oid dinamik farqlar identiv ekanligi asoslangan;
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarning rivojlanganlik darajasi baholangan va ularning o‘zaro aloqadorligi aniqlangan;
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlanishiga ta’minlovchi tayanch mezonlarni «ijtimoiy moslashuv» «o‘zini anglash», «mas’uliyatlilik» kabi omillarni ustuvor namoyon bo‘lishi shaxsning refleksiv xususiyatlari «tizimli refleksiya», «introspeksiya» va «kvazirefleksiya» kabi sifatlarni rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning trening dasturi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlanishida «etnik tolerantlik», «sotsial tolerantlik», «tolerantlik shaxs xislati sifatida» kabi tolerantlik indeksini namoyon bo‘lishidagi yoshga oid dinamik xususiyatlarga asoslanib, etnik identifikatsiyaga bog‘liq ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-244-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-244 a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika ta’lim yo‘nalishi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlashtirilgan.
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishda ularning o‘sha yosh davriga xos bo‘lgan «hokimiyatga intilish», «yutuqlarga intilish», «gedonizm», «stimulyatsiya», «mustaqillik», «universallik», «mehribonlik», «an’analar», «konformlilik» va «xavfsizlik» kabi ustuvor sifatlarini ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-244-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-244 a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika ta’lim yo‘nalishi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
talabalarning ma’naviy qadriyatlarining rivojlanishi ijtimoiy muhitga moslashish jarayonida turli vaziyatlarni aniqlashi, tushunishi, voqelikni idrok qilishida o‘z xatti-harakatlarini tahlil qilishi bilan bog‘liq jihatlarni introspeksiya ta’sirida kuchayishi tufayli shaxs refleksiv xususiyatlariga bog‘liq ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-244-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritlgan. moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-244 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ma’naviy qadriyatlarini rivojlanishiga shaxs refleksiv xususiyatlarining ta’siri ochib berilgan.
talabalarning ma’naviy qadriyatlarining rivojlanganlik darajasi shaxslararo munosabatlardagi ijtimoiy moslashuv va mas’uliyatlilik prgmatik, o‘zini anglash jamoaviy yondashuvning kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli ularning guruhni idrok etish darajasiga ta’sir etishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-244-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-244 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ma’naviy qadriyatlarining rivojlanishi bilan shaxsning guruhni idrok etish darajasining bog‘liqligi yoritib berilgan.
texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantiruvchi psixologik model shaxsdagi empatiya, o‘z-o‘zini boshqarish, emotsional barqarorlikning ijtimoiy moslashuv va konformlilik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga ko‘ra rivojlanish mezonlari va funksiyalarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-244-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-244 a-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantiruvchi psixologik model ishlab chiqilgan.