Sattoriy Fayzulloh Abdijabbor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat qarzini boshqarish mexanizmini takomillashtirish” 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2588.
Ilmiy rahbar: Allakuliev Akmal Baltaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzi va uni boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “davlat qarzi barqarorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlat qarzining o‘rta va uzoq muddatli davrdagi ta’sirini baholashda mazkur tushunchaning huquqiy malakalanishini ta’minlash orqali fiskal cheklovlarga rioya qilgan holda davlatning ichki va tashqi qarzlariga o‘z vaqtida hamda to‘liq xizmat ko‘rsatish tartibini hamda davlat qarzi barqarorligi strategiyasini shakllantirishning tartib-taomillarini belgilash jihatidan takomillashtirilgan;
davlat qarzining maqbul darajasiga erishish jihatidan ilmiy yondashuvlar asosida davlat qarzining YaIMga nisbati 60 foizdan oshmagani holda, moliyaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan 2 foizlik “moliyaviy bufer”ni hisobga olgan holda mazkur me’yorni 58 foiz darajasida saqlash orqali moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va qarz barqarorligini ta’minlash asoslangan;
ichki va tashqi qarzlarning jalb qilinish manbasiga ko‘ra maqbul nisbatlarini aniqlashda davlat qarzi portfelining optimal strukturasini qarzlarning 70,7% foizi tashqi hamda 29,3% ichki qarz manbalari hisobiga shakllantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda davlat qarzi va aholi jon boshiga nisbatan YaIM o‘sishining o‘zaro bog‘liqligining iqtisodiy-matematik modeli asosida davlat qarzini boshqarish asosiy parametrlarining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Davlat qarzini boshqarish mexanizmini takomilashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “davlat qarzi barqarorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini davlat qarzining o‘rta va uzoq muddatli davrdagi ta’sirini baholashda mazkur tushunchaning huquqiy malakalanishini ta’minlash orqali fiskal cheklovlarga rioya qilgan holda davlatning ichki va tashqi qarzlariga o‘z vaqtida hamda to‘liq xizmat ko‘rsatish tartibini hamda davlat qarzi barqarorligi strategiyasini shakllantirishning tartib-taomillarini belgilash jihatidan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan qonun ijodkorligi faoliyatida qo‘llanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘RQ-836-son Qonunini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 21/03-86-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tushunchaning huquqiy malakalanishi fiskal cheklovlarga rioya qilgan holda davlatning ichki va tashqi qarzlariga o‘z vaqtida hamda to‘liq xizmat ko‘rsatish tartibini belgilab, davlat qarzi barqarorligi strategiyasini shakllantirishning tartib-taomillarini belgilalab bergan; 
davlat qarzining maqbul darajasiga erishish jihatidan ilmiy yondashuvlar asosida davlat qarzining YaIMga nisbati 60 foizdan oshmagani holda, moliyaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan 2 foizlik “moliyaviy bufer”ni hisobga olgan holda mazkur me’yorni 58 foiz darajasida saqlash orqali moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va qarz barqarorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qonun ijodkorligi faoliyatida qo‘llanilgan hamda mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘RQ-836-son Qonunining 35-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 21/03-86-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik natijasida, davlat qarzining YaIM ga nisbati 60 foiz darajasidan oshmasligi, ammo bu chegarani 58 foiz atrofida saqlash eng xavfsiz variant (YaIMga nisbatan 2%lik “moliyaviy bufer”) ekanligi asoslangan;
ichki va tashqi qarzlarning jalb qilinish manbasiga ko‘ra maqbul nisbatlarini aniqlashda davlat qarzi portfelining optimal strukturasini qarzlarning 70,7% foizi tashqi hamda 29,3% ichki qarz manbalari hisobiga shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 21/03-86 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston davlat tashqi va ichki qarzi optimal nisbati 70,7% (tashqi) / 29,3% (ichki) da bo‘lishi ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda davlat qarzi va aholi jon boshiga nisbatan YaIM o‘sishining o‘zaro bog‘liqligining iqtisodiy-matematik modeli asosida davlat qarzini boshqarish asosiy parametrlarining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari asosiy iqtisodiy mezon sifatida byudjetga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 21/03-86-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qisqa muddatli davrda davlat qarzi o‘zgarishi YaIM o‘sishiga ijobiy ta’sir etib, davlat qarzining 1 foizga ortishi YaIMning o‘rtacha 0,95 foizga ortishiga olib kelishi, o‘rta va uzoq muddatli davrda esa YaIM o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, davlat qarzi 1 foizga ortishi YaIMning o‘rta hisobda 1,7 foizga ortishiga xizmat qilgan. Ammo, uzoq muddatda davlat qarzining yuqori darajalari iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir etishi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish