Xotamov Javohir Abdusharop o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kon-geologiya sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1410.
Ilmiy rahbar: Yadgarov Akram Akbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nigmatullaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidrasulova Xolida Bekpulatovna iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kon-geologiya korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kon-geologiya sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni uni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar sifatidagi asosiy fondlar eskirishining ta’sirini baholash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida komplaens-nazorat bo‘limlari faoliyatida iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish, jamiyatning debitor qarzdorlik va tovar zaxiralarining aylanishini tezlashtirish jihatidan takomillashtirilgan;
kon-geologiya sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizlik darajasini “yuqori” (IXDyu > 7), “o‘rtachadan yuqori” (5 < IXDo‘yu ≤ 7), “o‘rta” (3 < IXDo‘ ≤ 5), “past” (0,5 < IXDp ≤ 3), “xavfli” (IXDx ≤ 0,5) yangi qiymat shkalalari asosida baholash orqali uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi imkoniyatlarning maqbul darajalari aniqlangan;
kon-geologiya sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini aniqlashda konsolidatsiyalangan koeffisientlar asosida mutlaq, neytral va tanqidiy baholash mezonlari bo‘yicha korxonaning iqtisodiy, ishlab chiqarish ta’minot, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarining o‘sish darajasini intervallarga (0,5-1) ajratgan holda hisobga olish taklifi asoslangan;
“Olmaliq KMK” AJning iqtisodiy xavfsizligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kon-geologiya korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kon-geologiya korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarni baholash, iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash orqali kon-geologiya korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanoat iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iqtisodiy xavfsizlikning xususiyati va mezonlari bo‘yicha turkumlash asosida takomillashtirilgan “kon-geologiya korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
kon-geologiya sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizlik darajasini “yuqori” (IXDyu > 7), “o‘rtachadan yuqori” (5 < IXDo‘yu ≤ 7), “o‘rta” (3 < IXDo‘ ≤ 5), “past” (0,5 < IXDp ≤ 3), “xavfli” (IXDx ≤ 0,5) yangi qiymat shkalalari asosida baholash orqali uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi imkoniyatlarning maqbul darajalarini  aniqlash bo‘yicha takliflar “Olmaliq KMK” AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 04.02.2025-yildagi 08-0517-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqning iqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
kon-geologiya sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini aniqlashda konsolidatsiyalangan koeffisientlar asosida mutlaq, neytral va tanqidiy baholash mezonlari bo‘yicha korxonaning iqtisodiy, ishlab chiqarish ta’minot, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarining o‘sish darajasini intervallarga (0,5–1) ajratgan holda hisobga olish taklifi “Olmaliq KMK” AJ  tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 04.02.2025-yildagi 08-0517-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kon-geologiya sanoati korxonalari faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik tizimini ta’minlash bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
“Olmaliq KMK” AJning iqtisodiy xavfsizligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari “Olmaliq KMK” AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 04.02.2025-yildagi 08-0517-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Olmaliq KMK” AJ ning iqtisodiy xavfsizligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2030-yilgacha prognozlash natijalari aniqlilik darajasining 4,2 foizga yaxshilanish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish