Kamilov Abror Anvarovichining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliqqa tortish maqsadida kadastr qiymatlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4081. 
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar:  Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;  Tilabov Nasrulla Tashmurotovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Xalqaro Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish  bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el yuridik yoki jismoniy shaxslarining mulkida bo‘lgan ko‘chmas mulk realizasiya qilingan taqdirda, bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlardan foyda solig‘i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i jismoniy shaxs tomonidan to‘langanidan keyin amalga oshirilishi taklifi asoslangan;
mol-mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizasiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida, mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda mol-mulkni realizasiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizasiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqni daromad sifatida aniqlash taklifi asoslangan;
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi bo‘yicha Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi bo‘yicha taklifi asoslangan;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasini Toshkent shahrida – ikki million besh yuz ming so‘m,  Nukus shahrida va viloyat markazlarida – bir million besh yuz ming so‘m va  boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – bir million so‘m miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish maqsadida kadastr qiymatlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
chet el yuridik yoki jismoniy shaxslarining mulkida bo‘lgan ko‘chmas mulk realizasiya qilingan taqdirda, bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlardan foyda solig‘i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i jismoniy shaxs tomonidan to‘langanidan keyin amalga oshirilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16-yanvaridagi 15-04571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘tgan 2022 va 2023 yillar davomida byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni tushishga, soliq to‘lovchilarning mol-mulk obektlari va er uchastkalaridan samarali foydalanishiga asosiy turtki bo‘lgan holda ulraning tovar aylanmasini  oshishiga olib kelgan;
mol-mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizasiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida, mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda mol-mulkni realizasiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizasiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqni daromad sifatida aniqlash taklifi Soliq kodeksining 375-moddasida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Soliq qo‘mitasining              2024 yil 16-yanvaridagi 15-04571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq hisob-kitoblarni amalga oshirilishida aniqlik belgilanib, byudjetga ham soliq to‘lovchilarga ham qo‘shimcha mablag‘ni ta’minlanishiga erishilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi bo‘yicha Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi bo‘yicha taklifi Soliq kodeksining 423-moddasida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16-yanvaridagi 15-04571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholini real daromadlarini oshishiga olib keladi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasini Toshkent shahrida – ikki million besh yuz ming so‘m,  Nukus shahrida va viloyat markazlarida – bir million besh yuz ming so‘m va  boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – bir million so‘m miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklifi Soliq kodeksining 412-moddasida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16-yanvaridagi 15-04571-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratishi maqsadida aniq va tushunarli norma belgilanganligi va o‘z navbatida aylanma mablag‘larini aksariyat qismini o‘z faoliyatiga ishlatilishi uchun imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish