Mardanov Muzaffar Xolboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sellyuloza-qog‘oz sanoati korxonalarida xarajatlar hisobi va ichki auditini takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3033.
Ilmiy rahbar: Xasanov Bahodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qat’iy tejamkorlikka erishish sharoitida xarajatlar hisobi va ichki auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning ekologik dasturlari doirasida atrof-muhitni asrash xarajatlarini hisobga olib boruvchi 0691 — “Ekologiyani saqlashga qilingan uzoq muddatli investisiyalar” schyoti hamda uning korrespondensiyalari va hisob registrlarini korxonaning hisob siyosatiga kiritish orqali xarajatlar hisobi takomillashtirilgan;
sellyuloza-qogʻoz sanoatining tayyorlov, regeneratsiya va ishlab chiqarish texnologik jarayonlariga mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishning yarimfabrikatli va yarimfabrikatsiz unsurlarini implementatsiya qilish asosida sellyuloza-qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarish hisobi va uning tannarxini aniqlash takomillashtirilgan;
ichki audit tizimida relevant xarajatlar bo‘yicha approksimatsiya darajasini hisoblashda operatsion va moliyaviy leverijdan foydalanish orqali korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida ish haqi, ijtimoiy ta’minotga ajratmalar, moddiy xarajatlar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi va boshqa majburiyatlarning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sellyuloza-qog‘oz sanoati korxonalarida xarajatlar hisobi va ichki auditini takomillashtirish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning ekologik dasturlari doirasida atrof-muhitni asrash xarajatlarini hisobga olib boruvchi 0691 — “Ekologiyani saqlashga qilingan uzoq muddatli investisiyalar” schyoti hamda uning korrespondensiyalari va hisob registrlarini korxonaning hisob siyosatiga kiritish orqali xarajatlar hisobi takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-iyuldagi 22-3337-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Ekologiyani saqlashga qilingan uzoq muddatli investisiyalar”ni “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning hisob siyosatida aks ettirishga zamin yaratilgan;
sellyuloza-qogʻoz sanoatining tayyorlov, regeneratsiya va ishlab chiqarish texnologik jarayonlariga mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishning yarimfabrikatli va yarimfabrikatsiz unsurlarini implementatsiya qilish asosida sellyuloza-qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarish hisobi va uning tannarxini aniqlash takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-iyuldagi 22-3337-son ma’lumotnomasi). Natijada sellyuloza-qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning tannarxini aniqlash jarayonlari takomillashtirilgan;
ichki audit tizimida relevant xarajatlar bo‘yicha approksimatsiya darajasini hisoblashda operatsion va moliyaviy leverijdan foydalanish orqali korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-iyuldagi 22-3337-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki audit tizimida relevant xarajatlar bo‘yicha opproksimatsiya darajasini hisoblash jarayoni takomillashgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida ish haqi, ijtimoiy ta’minotga ajratmalar, moddiy xarajatlar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi va boshqa majburiyatlarning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “GLOBAL KOMSCO DAEWOO” MChJ xorijiy korxonasi faoliyati prognozini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 12-iyuldagi 22-3337-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, korxonaning mahsulot tannarxi ichki va tashqi omillar ta’sirida 2028-yilning yakunida 372 784,8 ming so‘m (2023-yilga nisbatan 155,3 foiz)ga o‘sishi prognoz ma’lumotlari asosida aniqlangan.