Qahharova Dilafro‘z Abdug‘afforovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bobur lirikasida ko‘ngil timsoli”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4065
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, dotsent Arslonov Abdimurod Karomatovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Nuriddinov Shoxobiddin Babayarovich filologiya fanlari doktori, dotsent; Vahob Rahmonov filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘ngil timsolining genezisi, badiiy takomil tadriji, Bobur lirikasidagi mavqeyi, talqinlari, ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasi hamda botiniy va zohiriy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘ngilning xalq og‘zaki ijodi namunalari va tasavvuf adabiyotidagi badiiy takomil tadriji o‘rganilib, uning badiiy timsol sifatida to‘la shakllangani, Bobur lirikasida poetik timsol darajasiga ko‘tarilgani isbotlangan;
ko‘ngil timsoli Bobur lirikasida markaziy o‘rin tutishi va u shoirning ichki kechinmalari, insoniy hissiyotlarini ifodalashda asosiy vositalardan biri sifatida namoyon bo‘lishi, insonning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, sevgi va g‘am-alamning manbai sifatida talqin qilinishi, shoirning hislarini etkazuvchi asosiy timsol sifatida o‘ziga xos badiiy kuchga ega ekani asoslangan;
Bobur lirikasidagi ko‘ngil holatini ifodalashda qo‘llangan sifatlashlar nafaqat lirik qahramon ruhiyati, ma’naviyatidagi inja holatlar, ruhiy evrilishlarni anglatishi, balki muallif badiiy tafakkurining yuksakligi, ijod va inson psixologiyasi bilimdoni ekanidan darak berishi isbotlangan;
shoir lirik merosidagi sog‘inch, hijron, firoq, gul, bulbul, yor kabi timsollar tizimida ko‘ngil obrazining mavqeyi ustuvor ekanligi poetik obrazning ramziy-majoziy, falsafiy-tasavvufiy ma’no qirralarini to‘liq ochib berish asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bobur lirikasida ko‘ngil timsolining badiiy talqinlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ko‘ngilning xalq og‘zaki ijodi namunalari va tasavvuf adabiyotidagi badiiy takomil tadriji o‘rganilib, uning badiiy timsol sifatida to‘la shakllangani, Bobur lirikasida poetik timsol darajasiga ko‘tarilganligi kabi ma’lumotlardan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz, tillarida) elektron platformasini yaratish” (2021-2023 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi xulosa va umumlashmalar bilan boyishiga erishilgan.
ko‘ngil timsoli Bobur lirikasida markaziy o‘rin tutishi va u shoirning ichki kechinmalari, insoniy hissiyotlarini ifodalashda asosiy vositalardan biri sifatida namoyon bo‘lishi, insonning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, sevgi va g‘am-alamning manbayi sifatida talqin qilinishi, shoirning hislarini etkazuvchi asosiy timsol sifatida o‘ziga xos badiiy kuchga ega ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 20-iyul 305/1-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarda lirik timsollar, ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasida ko‘ngil timsoli haqida tasavvur shakllanishiga erishilgan;
Bobur lirikasidagi ko‘ngil holatini ifodalashda qo‘llangan sifatlashlar nafaqat lirik qahramon ruhiyati, ma’naviyatidagi inja holatlar, ruhiy evrilishlarni anglatishi, balki muallif badiiy tafakkurining yuksakligi, ijod va inson psixologiyasi bilimdoni ekanidan darak berishi to‘gʻrisidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ustuvor yo‘l xaritalari, dasturlari, tadg‘ibot tadbirlari va boshqa amaliy yo‘nalishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 3-yanvar 01-03/1-sonli dalolatnomasi). Natijada Sharq mumtoz she’riyatidagi timsollar tizimi, bevosita ko‘ngil timsolining an’anaviy tarzda davom etib kelayotganligi haqidagi nazariy fikrlar takomillashishiga xizmat qilgan.
shoir lirik merosidagi sog‘inch, hijron, firoq, gul, bulbul, yor kabi timsollar tizimida ko‘ngil timsolining mavqeyi ustuvor ekanligi, poetik obrazning ramziy-majoziy, falsafiy-tasavvufiy ma’no qirraralarini to‘liq ochib berishga oid takliflar oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning ma’naviy va ma’rifiy ishlari dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-noyabr 3/15-18-89-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga erishilgan.