Essimova Anarkul Elmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo nomadlari ko‘chmanchi sivilizatsiya falsafasining ma’naviy me’rosi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1029
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Shadmonov Kurban Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Seytahmetova Natalya Lvovna, falsafa fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi akademigi, Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Fan qo‘mitasining Falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo nomadlari ilmiy-ma’naviy merosidagi ko‘chmanchi sivilizatsiyasiga xos falsafiy xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sivilizatsiya kategoriyasining ijobiy-faol madaniy-tarixiy va salbiy-faol madaniy-tarixiy turlari asosida nomadlar ko‘chma sivilizatsiyasi o‘ziga xos mahalliy madaniy-tarixiy tip va betakror madaniyat ekanligi, tarixiy asosiga ko‘ra uning mohiyatini inson ma’naviy faoliyati tashkil etishi, ularda shakllar xilma-xilligi va mukammalligi “yo‘l” asos tushunchasida ifodalanishi, bu o‘zida muayyanlashuvni, turmush tarzi tuzilmalari va muqaddas qadriyatlar tizimini aks ettirishi aniqlashtirilgan; 
nomadizm yo‘li fenomenining ekzistensial (kundalik turmushdan chekinish, o‘zining “Men”iga erishish yoki O‘zlikning arxetipini anglash), arxetipik (insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, kundalik turmush tarsi, muqaddas qadriyatlari), makon va zamon (makon munosabatlarining zamon munosabatlaridan ustun bo‘lishi, dunyoning gorizontal tuzilmasi to‘g‘risidagi tasavvurlarning hukmron bo‘lishi) kabi xususiyatlari dunyoqarash universaliyalarining nomadlar dunyosi modeli asosida ochib berilgan;
nomadlarning vaqt madaniyati markazida turuvchi “yo‘l vaqti” omilining quyosh nuri ostida hamma narsa aniq, xavfsiz, oysiz davrda hamma narsa yashirin, sirli, tartibsiz, qo'rqinchli sifatida qabul qilinishi kabi xarakterli jihatlari, o‘zgaruvchan sharoitlarda qat’iy intizom, yaqin muloqot, jamoaviylik tuyg‘usini kuchaytirish kabi nomadik antropologiyaning tamoyillari hamda ko‘chmanchi sivilizatsiyaning safar, rang, raqam kabi simvolikalari asoslab berilgan; 
nomadosofiyaning (ko‘chmanchilar donishmandligi) skif-sak-turk-qozoq zaminida nur sochgan To‘maris, Bumin, Qultegin, To‘nyuquq, Atilla, Qo‘rqut, Beybaris, Asan-qayg‘i kabi tuganmas ahamiyatga ega tarhlari asosida nomadlar kochmanchi sivilizatsiyasining madaniyatni ijod qiluvchi mehmon va mezbonlik arxetipi, muqaddas fazo-vaqtga o‘tish, buzg‘unchini zararsizlantirish va xaosning ijodiy kuchlarini faollashtirish kabi ekzistensial kommunikatsiyasi hamda yuksak bag‘rikenglik, diniy e’tiqodlar plyuralizmi, so‘fiylik, erksevarlik ruhi kabi axloqiy-estetik tajribasi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo nomadlari ilmiy-ma’naviy merosidagi ko‘chmanchi sivilizatsiyasiga xos falsafiy xususiyatlarni ochib berishga bag‘ishlangan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
sivilizatsiya kategoriyasining ijobiy-faol madaniy-tarixiy va salbiy-faol madaniy-tarixiy turlari asosida nomadlar ko‘chma sivilizatsiyasi o‘ziga xos mahalliy madaniy-tarixiy tip va betakror madaniyat ekanligi, tarixiy asosiga ko‘ra uning mohiyatini inson ma’naviy faoliyati tashkil etishi, ularda shakllar xilma-xilligi va mukammalligi “yo‘l” asos tushunchasida ifodalanishi, bu o‘zida muayyanlashuvni, turmush tarzi tuzilmalari va muqaddas qadriyatlar tizimini aks ettirishiga oid ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida, jumladan 2024-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 1-apreldagi 10/165-son ma’lumotnomasi). Natijada nomadlarning ko‘chmanchi hayot tarzi, falsafiy qoidalarini anglash bilan izohlanadigan sivilizatsiyasining falsafiy-tarixiy rekonstruksiyasini ochib berishga xizmat qilgan;
nomadizm yo‘li fenomenining ekzistensial (kundalik turmushdan chekinish, o‘zining “Men”iga erishish yoki O‘zlikning arxetipini anglash), arxetipik (insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, kundalik turmush tarsi, muqaddas qadriyatlari), makon va zamon (makon munosabatlarining zamon munosabatlaridan ustun bo‘lishi, dunyoning gorizontal tuzilmasi to‘g‘risidagi tasavvurlarning hukmron bo‘lishi) kabi xususiyatlariga doir nazariy qarashlar va ilmiy-amaliy tavsiyalaridan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida keltirilgan “VI Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”dagi “Xalqimizning tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosini asrab- avaylash, boyitish va yanada ko‘paytirishga ko‘maklashish, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini o‘rganish, ularni kamol topib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida keng miqyosda targ‘ib etish, yoshlarda tarixiy meros va xalq an’analariga nisbatan chuqur hurmat, ehtirom uyg‘otish kabi vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 29-apreldagi 02/02-27- son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotga oid ilmiy-nazariy tahlillar ijtimoiy madaniyat kategoriyalaridagi o‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasini takomillashtirish jarayonida gumanistik g‘oyalarning mohiyatini chuqur anglashga o‘rgatish, boy milliy tarixiy merosimizning ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq sohalarda ohb borilayotgan faoliyatning samaradorligini oshishiga hamda tizimdagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va kohiikmalarini oshirish hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini boyitishga xizmat qilgan;
nomadlarning vaqt madaniyati markazida turuvchi “yo‘l vaqti” omilining quyosh nuri ostida hamma narsa aniq, xavfsiz, oysiz davrda hamma narsa yashirin, sirli, tartibsiz, qo'rqinchli sifatida qabul qilinishi kabi xarakterli jihatlari, o‘zgaruvchan sharoitlarda qat’iy intizom, yaqin muloqot, jamoaviylik tuyg‘usini kuchaytirish kabi nomadik antropologiyaning tamoyillari hamda ko‘chmanchi sivilizatsiyaning safar, rang, raqam kabi simvolikalarga oid ilmiy yangiliklardagi asosiy g‘oyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshitirishlar” muharririyatining “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” tele va radioeshittirishlari ssenariylarini (2023-2024 yy) tayyorlashda foydalanilgan. (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 13-fevraldagi O‘zRv-09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chma sivilizatsiya falsafasining ma’naviy merosiga bag‘ishlangan efir teleko‘rsatuvlari, ssenariylar mazmun-mohiyati, davra stollari so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan boyitilishiga, va sifat jihatdan zamon talablari doirasida keng auditoriyani yig‘ishga nazariy va pragmatik jihatdan xizmat qilgan;
nomadosofiyaning (ko‘chmanchilar donishmandligi) skif-sak-turk-qozoq zaminida nur sochgan To‘maris, Bumin, Qultegin, To‘nyuquq, Atilla, Qo‘rqut, Beybaris, Asan-qayg‘i kabi tuganmas ahamiyatga ega tarhlari asosida nomadlar kochmanchi sivilizatsiyasining madaniyatni ijod qiluvchi mehmon va mezbonlik arxetipi, muqaddas fazo-vaqtga o‘tish, buzg‘unchini zararsizlantirish va xaosning ijodiy kuchlarini faollashtirish kabi ekzistensial kommunikatsiyasi hamda yuksak bag‘rikenglik, diniy e’tiqodlar plyuralizmi, so‘fiylik, erksevarlik ruhi kabi axloqiy-estetik tajribasiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-son “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021 y) amaliy loyiha doirasida belgilngan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 6-dekabrdagi 04/11-12651-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida nazariy-metodologik tahlilning yanada boyitilishiga hamda loyihaning nazariy va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish