Kilichev Farxod Davlatyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda matematik tafakkurning o‘rni”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1157
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Dehqonov Behzod Baxtiyorovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yoshlar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda matematik tafakkurning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafiy tafakkur va matematik fikrlash tarzining dialektik bog‘liqligiga xos matematik qonuniyatlar va isbotlashning falsafiy konseptlarga tayanishi, muammoni hal etishda mantiqiy izchillik kabi ilmiy-metodologik, tushunchalar birligi va yagona tarixiy asoslar uyg‘unligi kabi etimologik, fikrlash tarzi, yangicha qadriyatlar tizimi, analitik fikrlash va ijtimoiy rivojlanish kabi aksiologik hamda muammolarni ontologiyasini aniqlash, kreativ tafakkur va innovatsion salohiyatini shakllantirish kabi evristik xususiyatlari ochib berilgan;
Sharq falsafasida matematik tafakkur rivoji kosmologik, intuitivlik, simvolik va aksiomatik yondashuv asosida integrativ xususiyat kasb etganligi, G‘arbda esa matematik bilimlar mantiqiy, analitik va eksperimental asoslarda shakllanganligi, analitik va empirik yondashuv texnologik va ilmiylik tamoyillarini rivojlantirganligi va ularning inson tafakkurining mukammallashuviga, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida o‘zaro boyituvchi ta’sirga egaligi aniqlashtirilgan;
matematik tafakkur sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va murakkab tizimlarni modellashtirish, abstrakt fikrlash qobiliyatini oshirish kabi omillar asosida yoshlar ilmiy dunyoqarashiga ta’siri etishi, kasbiy rivojlanishda STEM ta’limi ilmiy va texnik ko‘nikmalarni integratsiyalashi va O‘zbekiston iqtisodiyotida kon’yunkturaviy tebranishlarni tartibga solishdagi ahamiyati asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda matematik tafakkur ijtimoiy boshqaruvda statistik tahlil, prognoz qilish tamoyillarini joriy etishi, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt, masofaviy ishlash modellari ijtimoiy-iqtisodiy sohalar samaradorligini oshirishi, resurslarni taqsimlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va optimallashtirishga xizmat qilishi isbotlangan hamda yoshlar ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishda savodxonlik, innovatsion fikrlash va yangi kashfiyotlarga zamin yaratish kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda matematik tafakkurning ahamiyatini aniqlash, uni rivojlantirish qonuniyatlarini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
falsafiy tafakkur va matematik fikrlash tarzining dialektik bog‘liqligiga xos matematik qonuniyatlar va isbotlashning falsafiy konseptlarga tayanishi, muammoni hal etishda mantiqiy izchillik kabi ilmiy-metodologik, tushunchalar birligi va yagona tarixiy asoslar uyg‘unligi kabi etimologik, fikrlash tarzi, yangicha qadriyatlar tizimi, analitik fikrlash va ijtimoiy rivojlanish kabi aksiologik hamda muammolarni ontologiyasini aniqlash, kreativ tafakkur va innovatsion salohiyatini shakllantirish kabi evristik xususiyatlariga doir nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Berdaq” jamoat fondida bajarilgan 72-14/19-raqam “Buyuk ajdodlarimizning merosi Yatanimiz taraqqiyotining poydevori” davlat granti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Berdaq” jamoat fondining 2024-yil 19-avgustdagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ma’ruzalar tayyorlashda, davlat grantlarini bajarishga oid rejalar ishlab chiqishda hamda yosh avlodning murakkab ijtimoiy jarayonlarni matematik modellashtirish orqali ijtimoiy-falsafiy xulosalarga kelish, ushbu xulosalarni ilmiy izlanishlar jarayonlariga tadbiq etishga xiztmat qilgan;
Sharq falsafasida matematik tafakkur rivoji kosmologik, intuitivlik, simvolik va aksiomatik yondashuv asosida integrativ xususiyat kasb etganligi, G‘arbda esa matematik bilimlar mantiqiy, analitik va eksperimental asoslarda shakllanganligi, analitik va empirik yondashuv texnologik va ilmiylik tamoyillarini rivojlantirganligi va ularning inson tafakkurining mukammallashuviga, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida o‘zaro boyituvchi ta’sirga egaligiga oid ilmiy xulosa va nazariy umumlashmalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining O‘zbekistonda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dastur loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2024-yil 11-iyuldagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda matematik tafakkurning genezisi, shakllanish bosqichlari va evristik, empirik xususiyatlari ilmiy izlanishlarga, avvalo yoshlarning ilmiy dunyoqarashiga ta’sir etib ularda abstraktlashtirish va matematik modellashtirish ko‘nikmalarini, mantiqiy fikrlashni shakllantirish uchun xizmat qilgan;
matematik tafakkur sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va murakkab tizimlarni modellashtirish, abstrakt fikrlash qobiliyatini oshirish kabi omillar asosida yoshlar ilmiy dunyoqarashiga ta’siri etishi, kasbiy rivojlanishda STEM ta’limi ilmiy va texnik ko‘nikmalarni integratsiyalashi va O‘zbekiston iqtisodiyotida kon'yunkturaviy tebranishlarni tartibga solishdagi ahamiyati bo‘yicha xulosalar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish” 33-bandi “Ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar uchun elektron “E-ta’lim” malaka oshirish platformasini yaratish”, 43-bandi “Internetda milliylikni targ‘ib etuvchi, mentalitetimiz, azaliy qadriyat va ezgu an’analarimizni saqlab qolish bo'yicha o‘zaro muloqot maydoni uchun platforma va mobil ilovalar yaratish”, 44-bandi “Ijtimoiy, tarbiyaviy muammolar aks etgan roliklar ishlash” bo‘yicha ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy- manaviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 26-martdagi 118/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh targ‘ibotchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqishga hamda raqamli va an’anaviy targ‘ibot sohasidagi bilim va malakalarini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda matematik tafakkur ijtimoiy boshqaruvda statistik tahlil, prognoz qilish tamoyillarini joriy etishi, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt, masofaviy ishlash modellari ijtimoiy-iqtisodiy sohalar samaradorligini oshirishi, resurslarni taqsimlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va optimallashtirishga xizmat qilishi isbotlangan hamda yoshlar ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishda savodxonlik, innovatsion fikrlash va yangi kashfiyotlarga zamin yaratishiga oid nazariy umumlashmalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2023-2024 yillarda efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 04-36-1141-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlari dunyoqarashini shakllantirishga, ularda ijtimoiy-falsafiy tafakkurni yuksaltirishga xizmat qilgan.