Xolov Sherali Axrorboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalari va ularning O‘zbekistondagi jarayonlarga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/ Fal424
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarining O‘zbekistondagi jarayonlarga ta’sirining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot iqtisodiy o‘sishda, innovatsion iqtisodiyotning shakllanishida, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarda, mehnat samaradorligining yuksalishida namoyon bo‘lishi hamda birlamchi (yalpi ichki mahsulot hajmi, iqtisodiyot tarkibi, xom ashyo etkazuvchi sohalar ulushi, mehnat unumi, mahsulotlarning jon boshiga nisbati, inson kapitali) va ikkilamchi (korrupsiya darajasi, turmush darajasi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, reyting ko‘rsatkichlari) mezonlar yordamida o‘lchanishi isbotlangan;
aloqa texnologiyalari va transport rivoji, savdo aloqalari liberallashuvi, kapital va investisiyalar ko‘payishi, xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, ishchi kuchi malakasi oshishi, moliyaviy integratsiya oqibatida yuzaga kelgan global iqtisodiyotning zamonaviy tendensiyalari xalqaro savdo hajmi kengayishi, innovatsion texnologiyalar rolining ortishi, moliyaviy tizimning mustahkamlanishi, raqamli va yashil iqtisodiyotning shakllanishi bilan tavsiflanishi aniqlashtirilgan;
global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalari O‘zbekistonda investisiya va tashqi savdo salohiyatini oshirishni, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni, moliyaviy nazorat turlarini zamonaviylashtirishni, milliy iqtisodiyotga raqamli texnologiyalarni jalb etishni, yashil iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni, milliy iqtisodiyotni boshqarish va muvofiqlashtirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan;
global iqtisodiy taraqqiyotga xos o‘zga mintaqalardagi inqirozli holatlarning O‘zbekiston milliy iqtisodiyotiga kirib kelishi, iqtisodiyot milliy koloritining zaiflashishi, ijtimoiy ziddiyatlarning o‘tkirlashishi, savdo-iqtisodiy aloqalarning murakkablashishi, moliyaviy tizim barqarorligiga rahna solinishi, tashqi qarz o‘sishi xavfi kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarining O‘zbekistondagi jarayonlarga ta’siri xarakteri hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida: 
zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot iqtisodiy o‘sishda, innovatsion iqtisodiyotning shakllanishida, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarda, mehnat samaradorligining yuksalishida namoyon bo‘lishi hamda birlamchi (yalpi ichki mahsulot hajmi, iqtisodiyot tarkibi, xom ashyo etkazuvchi sohalar ulushi, mehnat unumi, mahsulotlarning jon boshiga nisbati, inson kapitali) va ikkilamchi (korrupsiya darajasi, turmush darajasi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, reyting ko‘rsatkichlari) mezonlar yordamida o‘lchanishi kabi nazariy mulohazalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173-raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 2-dekabrdagi 03/3663-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihani takomillashtirishga va O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi jarayonlari, moliyaviy nazorat mexanizmi, raqamli texnologiyalar ravnaqi, yashil iqtisodiy o‘sish sur’atlari,milliy iqtisodiyotni boshqarish uslubiyotining global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalar bilan bogʻliqligini asoslashga xizmat qilgan; 
aloqa texnologiyalari va transport rivoji, savdo aloqalari liberallashuvi, kapital va investisiyalar ko‘payishi, xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, ishchi kuchi malakasi oshishi, moliyaviy integratsiya oqibatida yuzaga kelgan global iqtisodiyotning zamonaviy tendensiyalari xalqaro savdo hajmi kengayishi, innovatsion texnologiyalar rolining ortishi, moliyaviy tizimning mustahkamlanishi, raqamli va yashil iqtisodiyotning shakllanishi bilan tavsiflanishiga doir nazariy mulohazalar va amaliy tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil 3-oktyabr kuni efirga uzatilgan intervyuda va “Oltin voha” radiosi “Ochiq muloqot” eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-oktyabrdagi 17-05/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, radiotinglovchilarda mavzu doirasida bilim ko‘nikmalarini oshirishga, jamoatchilik fikrini shakllantirish borasida sa’y-harakatlar samarasini oshirishga xizmat qilgan; 
global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalari O‘zbekistonda investisiya va tashqi savdo salohiyatini oshirishni, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni, moliyaviy nazorat turlarini zamonaviylashtirishni, milliy iqtisodiyotga raqamli texnologiyalarni jalb etishni, yashil iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni, milliy iqtisodiyotni boshqarish va muvofiqlashtirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish zaruratiga oid umumlashmalar va xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan “Saylovoldi dasturi – 2024” dasturining “VI. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti – kuchli ijtimoiy siyosatning asosidir!” bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy  Kengashining  2024-yil 14-oktyabrdagi  6-442-son ma’lumotnomasi). Natijada,  partiyaning saylovoldi dasturini ishlab chiqish, uni yangi ma’lumotlar bilan boyitish va dastur asosida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;da muhim manba bo‘lib xizmat qilgan; 
global iqtisodiy taraqqiyotga xos o‘zga mintaqalardagi inqirozli holatlarning O‘zbekiston milliy iqtisodiyotiga kirib kelishi, iqtisodiyot milliy koloritining zaiflashishi, ijtimoiy ziddiyatlarning o‘tkirlashishi, savdo-iqtisodiy aloqalarning murakkablashishi, moliyaviy tizim barqarorligiga rahna solinishi, tashqi qarz o‘sishi xavfi kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlariga doir nazariy mulohaza va amaliy taklif-tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024 yillarda o‘tkazilgan targʻibot faoliyatida, jumladan 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan III “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 15-bandi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 3-dekabrdagi 10/188-son ma’lumotnomasi). Natijada, global iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalari va ularning O‘zbekistondagi jarayonlarga ta’siri ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish