Boltaboev Ikboljon Tursunalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temuriylar davri mutafakkirlari tasavvufiy-falsafiy qarashlarida komil insonga oid g‘oyalarning namoyon bo‘lishi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal835
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Samatov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi temuriylar davri mutafakkirlari tasavvufiy-falsafiy qarashlarida komil insonga oid g‘oyalarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIV-XV asr ilm va ma’rifat, adabiyot va san’at va tasavvufning rivojlanishida amir temur davlati mafkurasining asosini bahouddin naqshband tariqati gʼoyalari tashkil etganligi va madaniy, maʼnaviy taraqqiyotga rahnamolik qilganligi aniqlanib, komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalarning yanada takomillashishida saxovat, tavoze, qanoat, afv va marhamat, qurb kabi mezonlar asoslab berilgan;
Naqshbandiya tariqati namoyondalari (Bahouddin Naqshband, Alouddin Attor, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ismat Buxoriy, Xoja Ahror Valiy)ning komil insonga oid poklik, ijtimoiy faoliyat, axloqiy kamolot va halol mehnat kabi g‘oyalari hamda ruhiy poklik va ilmiy kamolot, shariat, tariqat va haqiqatni uyg‘unlashtirish (ontologik), halollik, fidoyilik, adolat va muruvvat (ma’naviy), ilm olish, qalb pokligi va ilmiy tafakkurning ustunligi (ma’rifiy), axloqiy poklik va halollik (aksiologik), iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri ochib berilgan;
komil insonning tarbiyasiga aloqador tasavvufiy qarashlarning Temuriylar davri allomalari Abdurahmon Jomiyning inson kamolotiga oid rashhalari, Husayn Voiz Koshifiyning futuvvatga doir g‘oyalari, Mahdumi A’zamning “vujud dehqoni” tushunchasining antropologik (tana va ruh, genetik) va ontologik (inson borlig‘i, makon, zamon, rivojlanish) xususiyatlari aniqlashtirilgan;    
Temuriylar davri mutafakkirlarining komil insonni tarbiyalash haqidagi tasavvufiy-falsafiy qarashlarining Yangi O‘zbekistonda ma’rifiy jamiyat barpo etish, yangi ma’naviy makon yaratish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga dialektik aloqador ekanligi, ularni ijtimoiy institutlar faoliyatiga qo‘llashning  fenomenologik hamda germenevtik jihatlari ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temuriylar davri mutafakkirlari tasavvufiy-falsafiy qarashlarida komil insonga oid g‘oyalarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XIV-XV asr ilm va ma’rifat, adabiyot va san’at va tasavvufning rivojlanishida amir temur davlati mafkurasining asosini bahouddin naqshband tariqati gʼoyalari tashkil etganligi va madaniy, maʼnaviy taraqqiyotga rahnamolik qilganligi aniqlanib, komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalarning yanada takomillashishida saxovat, tavoze, qanoat, afv va marhamat, qurb kabi mezonlariga oid ilmiy yangilik va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da 2022-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” teleko‘rsatuvlarining turkum sonlari ssenariylarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 17 sentyabrdagi 04-36-1033 son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Vatanimiz tarixi, xususan temuriylar davri tarixi va mutafakkirlari, ularning boy ilmiy merosi, gumanistik g‘oyalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarining yanada oshishiga xizmat qilgan; 
Naqshbandiya tariqati namoyondalari (Bahouddin Naqshband, Alouddin Attor, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ismat Buxoriy, Xoja Ahror Valiy)ning komil insonga oid poklik, ijtimoiy faoliyat, axloqiy kamolot va halol mehnat kabi g‘oyalari hamda ruhiy poklik va ilmiy kamolot, shariat, tariqat va haqiqatni uyg‘unlashtirish (ontologik), halollik, fidoyilik, adolat va muruvvat (ma’naviy), ilm olish, qalb pokligi va ilmiy tafakkurning ustunligi (ma’rifiy), axloqiy poklik va halollik (aksiologik), iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning yoshlar tarbiyasiga ta’siriga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022 yy) amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 16 sentyabrdagi 04/11-7121 son ma’lumotnomasi). Natijada, temuriylar davri mutafakkirlari asarlaridagi umuminsoniy, axloqiy qadriyatlarning bugungi yoshlar mafkuraviy immunitetini shakllantirishdagi o‘rnini asoslab berishga xizmat qilgan; 
komil insonning tarbiyasiga aloqador tasavvufiy qarashlarning Temuriylar davri allomalari Abdurahmon Jomiyning inson kamolotiga oid rashhalari, Husayn Voiz Koshifiyning futuvvatga doir g‘oyalari, Mahdumi A’zamning “vujud dehqoni” tushunchasining antropologik (tana va ruh, genetik) va ontologik (inson borlig‘i, makon, zamon, rivojlanish) xususiyatlariga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika va ma’naviyat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti”, 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”ga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 17 senyabrdagi 973-son ma’lumotnomasi). Natijada, temuriylar davri mutafakkirlarining komil insonni shakllantirishga doir g‘oyalaridan bugungi kunda ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini asoslashga xizmat qilgan.
Temuriylar davri mutafakkirlarining komil insonni tarbiyalash haqidagi tasavvufiy-falsafiy qarashlarining Yangi O‘zbekistonda ma’rifiy jamiyat barpo etish, yangi ma’naviy makon yaratish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga dialektik aloqador ekanligi, ularni ijtimoiy institutlar faoliyatiga qo‘llashning  fenomenologik hamda germenevtik jihatlariga doir ilmiy xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 16-sentyabrdagi 04/11-7122-son ma’lumotnomasi). Natijada, temuriylar davri mutafakkirlarida komil insonga oid g‘oyalar shakllanishining tarixiy-madaniy asoslarini ochib berish va ularga doir tadqiqotlar sharhini amalga oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish