Askarov Nazimjon Niyozovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” va 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt72.
Ilmiy maslahatchi: Farmanov Tulqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Aziz Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“standart model” asosida faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli agrar tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishda mamlakat hududlarining qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda individual yonshashish, ularning bazalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash balansini ta’minlanishiga xizmat qiluvchi “Kengaytirilgan hududiy model”ga ustuvorlik qaratish taklif etilgan hamda uning funksional-tarkibiy subtizimlari asoslangan;
ko‘p tarmoqli agrar tadbirkorlik subektlari faoliyati samaradorligini moliyaviy (FPM), bozordagi ulush (MS), sinergiya va integratsiya (S), mijozlarni ushlab turish va ularning qoniqishi (CSR), mehnat unumdorligi (E), boshqaruv va risk menejmenti (R) samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda yagona kompozit samaradorlik indeksi “Composit Effectiveness Index – CEI” orqali baholash uslubi taklif etilgan hamda samarali [99≤CEI], o‘zgarmas [65≤CEI≥98] va samarasiz [64≥ CEI] kabi mezonlar asosida baholash asoslangan;
ko‘p tarmoqli agrar tadbirkorlik subektlari o‘rtasida kooperatsiya munosabatlarini rag‘batlantirish orqali ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya qilish, bunda kooperatsiya tamoyillarini buzulishini oldini olishga qaratilgan “hududiy-mintaqaviy-yaxlit” kooperativlar modeliga asoslanish taklifi ilmiy asoslangan;
ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlariga asosiy tarmoq uchun asosiy stavkada, jumladan, qo‘shimcha tarmoqning asosiy tarmoqqa nisbatan ulushiga mos holda kamaytirilgan stavkalar asosida imtiyozli moliyalashtirish orqali xom ashyoni qayta ishlash hajmini oshirish taklifi asoslangan;
mamlakat va tarmoqni rivojlantirishda oid uzoq muddatli strategiyalarga belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirish orqali sohada yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariyalari bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlari faoliyatini ilmiy-uslubiy asoslari rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Standart model” asosida faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli agrar tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishda mamlakat hududlarining qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda individual yondashish, ularning bazalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash balansini ta’minlanishiga xizmat qiluvchi “Kengaytirilgan hududiy model”ga ustuvorlik qaratish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 5-bandi 3-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 06/27-05/189-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatning Buxoro (5,3 foizga), Vobkent (4,8 foizga), Jondor (6,5 foizga), Qorako‘l (4,3 foizga), Qorovulbozor (5,4 foizga), Olot (4,6 foizga), Peshku (5,5 foizga), Romitan (6,5 foizga) va Shofirkon (4,8 foizga) tumanlarida ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi subektlari faoliyatini rivojlantirish asosida “o‘sish nuqtalari”da qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini o‘rta hisobda 5,3 foizga oshirishga erishilgan;
ko‘p tarmoqli agrar tadbirkorlik subektlari faoliyati samaradorligini moliyaviy (FPM), bozordagi ulush (MS), sinergiya va integratsiya (S), mijozlarni ushlab turish va ularning qoniqishi (CSR), mehnat unumdorligi (E), boshqaruv va risk menejmenti (R) samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda yagona kompozit samaradorlik indeksi “Composit Effectiveness Index – CEI” orqali baholash uslubi taklif etilgan hamda samarali [99≤CEI], o‘zgarmas [65≤CEI≥98] va samarasiz [64≥ CEI] kabi mezonlar asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ilovasining 2-punkti, 9.1-bandi 3-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 13 yanvardagi 06/27-05/189-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini yuritish tartibi takomillashtirilgan;
ko‘p tarmoqli agrar tadbirkorlik subektlari o‘rtasida kooperatsiya munosabatlarini rag‘batlantirish orqali ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya qilish, bunda kooperatsiya tamoyillarini buzulishini oldini olishga qaratilgan “hududiy-mintaqaviy-yaxlit” kooperativlar modeliga asoslanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306-son “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandi 2-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 06/27-05/189-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi kooperativlari shaklida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlarida mahsulot ishlab chiqarish zanjirini o‘zlashtirish orqali jami mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha 5,1 foizga oshirishga erishilgan;
ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlariga asosiy tarmoq uchun asosiy stavkada, jumladan, qo‘shimcha tarmoqning asosiy tarmoqqa nisbatan ulushiga mos holda kamaytirilgan stavkalar asosida imtiyozli moliyalashtirish orqali xom ashyoni qayta ishlash hajmini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2.a-bandi 2-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 06/27-05/189-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari joriy etilib, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha yangi loyihalarga investisiyalarni jalb qilinib, bozorda raqobatbardosh mahsulotlar turini yanada kengaytirilib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hisobiga 2020-2024-yillarda Buxoro viloyat importi tarkibida iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ulushini 3,0 foizdan 1,9 foizga kamaytirishga erishilgan;
mamlakat va tarmoqni rivojlantirishda oid uzoq muddatli strategiyalarga belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirish orqali sohada yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariyalari bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonidagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining 1-ilovasidagi asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 06/27-05/189-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmini 2025-2029-yillarda o‘rtacha yillik 6,3 foizga o‘sishini ta’minlashga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish