Yaqubova Xurshida Uraqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Dehqon xo‘jaliklarini kreditlash tizimini takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.07– “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt.1281
Ilmiy rahbar: Farmanov To‘lqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.05/15.12.2022.I.155.01Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul
Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Maqsud Suvonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dehqon xo‘jaliklarini kreditlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabgor dehqon xo‘jaliklari kesimida buyurtma kredit portfelini shakllantirish maqsadida o‘n toifadan iborat indikator ko‘rsatkichlari va har bir indikatorning aniqlovchi mos ma’lumotlari asosida jami indikatorlar qiymatini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
dehqon xo‘jaliklarini kredit olish va to‘lovga layoqatlik qobiliyatini aniqlash maqsadida raqamli texnologiyaga asoslangan ixtisoslashgan yagona elektron integratsiyalashgan platforma ishlab chiqilgan va moliyalashtirishning yagona elektron platformasining 100 ballik shkalada namunaviy skoring modeli asoslangan;
dehqon xo‘jaliklarini moliyalashtirishda ixtisoslashgan kredit kooperativlarining ikki bosqichli (hududiy va mahalliy) hududiy tizimini tashkil qilish va istiqbolda kredit kooperativlari faoliyatini kengaytirib, uch bosqichli (hududiy, mahalliy va mamlakat miqyosida) tizimga o‘tish orqali qishloq xo‘jaligi kredit kooperativlarini markazlashgan kooperativ bank miqyosida tashkil qilish va birlashtirish;
Qashqadaryo viloyatida dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga ajratilgan maqsadli kreditlar hajmining ortishi dehqon, tomorqa xo‘jaliklari samaradorligini baholashning ekonometrik modeli va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishning 2029 yilgacha prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dehqon xo‘jaliklarini kreditlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda dehqon xo‘jaliklarining kredit portfelini shakllantirish indikatorlari ishlab chiqilgan va har bir indikator uchun belgilangan ulush koeffisientlari asosida ballarni hisoblash usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiiyalar milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-04-478-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 2024-yil 23-avgustdagi ma’lumotnomasi) Ushbu indikatorlar orqali hisoblangan ma’lumotlar salohiyatli dehqon xo‘jaligi a’zosining kredit resurslaridan qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi va uni kreditni qaytaruvchanlik qobiliyatini to‘g‘ri baholanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
dehqon xo‘jaliklarini kreditlash tizimida raqamli texnologiyaga asoslangan yagona elektron integratsiyalashgan platformasi ishlab chiqilgan va moliyalashtirishning yagona elektron platformasining namunaviy skoring modeli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiiyalar milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-04-478-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 2024-yil 23-avgustdagi ma’lumotnomasi). Ushbu yagona elektron platforma orqali nafaqat dehqon xo‘jaliklarini kreditlash, shuningdek lizing xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi;
dehqon xo‘jaliklarini moliyalashtirishda ixtisoslashgan kredit kooperativlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishning ikki bosqichli hududiy tizimini rivojlantirish va kredit kooperativlari faoliyatini kengaytirish, ya’ni uch bosqichli tizimga o‘tish hamda qishloq xo‘jaligi kredit kooperativlarini markazlashgan kooperativ bank miqyosida birlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 2024-yil 23-avgustdagi ma’lumotnomasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-04-478-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 2024-yil 23-avgustdagi ma’lumotnomasi) Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi istiqbolda dehqon xo‘jaliklari tarmog‘ining rivojlanib borishi bilan homohang ravishda mamlakat miqiyosida kredit kooperativlari moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda va eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Qashqadaryo viloyatida dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga ajratilgan maqsadli kreditlar hajmining ortishi dehqon, tomorqa xo‘jaliklari samaradorligini baholashning ekonometrik modeli va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishning 2029 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-04-478-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining 2024-yil 23-avgustdagi ma’lumotnomasi). Ushbu ekonometrik model yordamida Qashqadaryo viloyatida dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga ajratilgan maqsadli kreditlar hajmining o‘rta hisobdagi dinamikasi bashoratlash, dasturlar ishlab chiqishda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.