Erdonaev Aliqul Halimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarini transformasiya qilish jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №04-16/1424.16.01.2024
Ilmiy maslahatchi: Olimjonov Odil Olimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, ; dotsent, Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Omonov Akrom Abdunazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarini transformasiya qilishning strategik maqsadlarini asoslash hamda mijozga yo‘naltirilgan banklar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan transformasiya vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “zamonaviy bank” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bank faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan, bank faoliyatini amalga oshirishga yordam beradigan hamkorlar bilan faol muloqot va hamkorlikka kirishuvchi texnologik kompaniyalarga o‘xshash funksiyalarni bajarish yoki bir xil iste'mol segmentiga ega bo‘lgan tashkilot nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklarini moliyaviy bozorda vositachi sifatida texnologik kompaniyalar tomonidan kuchaygan raqobat fonida yetakchilik tahdidi nuqtai nazaridan tahlil qilish asosida ular faoliyatining innovasion tarkibiy qismini hisobga olgan holda funksiyalarini umumlashtirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari faoliyatiga innovasiyalarni joriy etishda bank xizmatlar ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar asosida inson omili aralashuvisiz bank mijozlariga masofadan xizmat ko‘rsatish amaliyotini o‘z ichiga olishi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan o‘z biznesi arxitekturasini qurishda mijozga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash hamda boshqaruvning namunaviy modelidan foydalanish asosida “Bank 3.0” modeliga o‘tish bosqichida bankini transformasiya qilishning tashkiliy mexanizmi takomillashtirilgan;
Sankt-Gallen boshqaruv modeli elementlariga muvofiq bankni transformasiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi va yo‘riqnomalar ishlab chiqish asosida boshqaruvning tipik modellarini tahlil qilish orqali tijorat bankini strategiya, tuzilma va korporativ madaniyat nuqtai nazaridan o‘zgartirish imkonini beruvchi modelni tanlash taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarini transformasiya qilish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “zamonaviy bank” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bank faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan, bank faoliyatini amalga oshirishga yordam beradigan hamkorlar bilan faol muloqot va hamkorlikka kirishuvchi texnologik kompaniyalarga o‘xshash funksiyalarni bajarish yoki bir xil iste'mol segmentiga ega bo‘lgan tashkilot nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Bank va banklar faoliyati to‘gʻrisida”gi qonunining tegishli moddalarini maromiga etkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024 yil 2-fevraldagi 04/1-13-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklari tomonidan bank xizmati turlarini oshirish, xizmatlar ko‘rsatishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali inson omili aralashuvini qisqartirish hamda bank mijozlariga masofadan xizmat ko‘rsatish amaliyotini joriy etishning huquqiy asoslari takomillashtirilgan;
tijorat banklarini moliyaviy bozorda vositachi sifatida texnologik kompaniyalar tomonidan kuchaygan raqobat fonida yetakchilik tahdidi nuqtai nazaridan tahlil qilish asosida ular faoliyatining innovasion tarkibiy qismini hisobga olgan holda funksiyalarini umumlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘gʻrisida”gi qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024 yil 2-fevraldagi 04/1-13-2-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy bozorda nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishning hamda moliyaviy vositachilik operasiyalarining xuquqiy maqomi aniqlashtirilgan;
tijorat banklari faoliyatiga innovasiyalarni joriy etishda bank xizmatlar ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar asosida inson omili aralashuvisiz bank mijozlariga masofadan xizmat ko‘rsatish amaliyotini o‘z ichiga olishini asoslashga oid taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Turonbank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB amaliyotlariga joriy etilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024 yil 19-martdagi 03/10-1819-sonli, “Turon bank” ATBning 2024 yil 2-fevraldagi 36/03-26-sonli, “Mikrokreditbank” ATBning 2024 yil 16-yanvardagi 04-16/1424-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklari samaradorligi oshib, bank foydasining ko‘payishiga olib kelgan;
tijorat banklari tomonidan o‘z biznesi arxitekturasini qurishda mijozga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash hamda boshqaruvning namunaviy modelidan foydalanish asosida “Bank 3.0” modeliga o‘tish bosqichida bankini transformasiya qilishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Turonbank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB amaliyotlariga joriy etilgan ( “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024 yil 19-martdagi 03/10-1819-sonli, “Turonbank” ATBning 2024 yil 2-fevraldagi 36/03-26-sonli, “Mikrokreditbank” ATBning 2024 yil 16-yanvardagi 04-16/1424-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqorida qayd etilgan tijorat banklarining operasion xarajatlarini 15-20 foizgacha qiskartirishga erishilgan;
Sankt-Gallen boshqaruv modeli elementlariga muvofiq bankni transformasiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi va yo‘riqnomalar ishlab chiqish asosida boshqaruvning tipik modellarini tahlil qilish orqali tijorat bankini strategiya, tuzilma va korporativ madaniyat nuqtai nazaridan o‘zgartirish imkonini beruvchi modelni tanlash taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Turonbank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB amaliyotlariga joriy etilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024 yil 19-martdagi 03/10-1819-sonli, “Turonbank” ATBning 2024 yil 2-fevraldagi 36/03-26-sonli, “Mikrokreditbank” ATBning 2024 yil 16-yanvardagi 04-16/1424-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayd etilgan tijorat banklari sof foydasi oldingi yilga nisbatan 21,6-27,4 foizga oshib, banklar samaradorligining o‘sishiga erishilgan.