Xolmuxamedova Feruza Areslanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie konkurentosposobnosti predpriyatiy elektrotexnicheskoy promishlennosti putyom optimizatsii strukturi resursov» (“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi misolida), 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt3991
Ilmiy maslahatchi: Yusupxojaeva Gulchehra Bahadirdrxodjaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nigmatullaeva Gulchehra Nurillaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi resurslar tuzilmasini optimallashtirish orqali elektrotexnika sanoati korxonalari, xususan “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xomashyodan ratsional va ishlab chiqarish quvvatlaridan optimal foydalanish, malaka va tashabbus asosida chiqindilarni minimallashtirish hamda hamjamiyat hamkorligiga ko‘ra ishlab chiqarishning barqarorligi va raqobatbardoshligini mustahkamlash kabi omillar asosida ekologik va ijtimoiy yondashuvlar uyg‘unligiga ko‘ra “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasida qiymat zanjirini yaxlit boshqaruvining maqsadga muvofiqligi asoslangan.
“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi raqobatbardoshligini oshirish yondashuvi boshqarishning ko‘p bosqichli (strategik, boshqaruv, operatsion) modeli ustuvorligiga ko‘ra strategik maqsadlar (xarajatlarni minimallashtirish, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, ESG indikatorlarini mustahkamlash) va xodimlar bilan ishlash bosqichlari (shaffof aloqa, motivatsiya, faollikni oshirish, moslashtirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish, jarayon integratsiyasi va boshqalar) uzviyligi asosida takomillashtirilgan.
Raqobat ustunligining konseptual transformatsiyasi barqaror rivojlanishning uchlik mezoniga ko‘ra “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qoldiq polietilen, PVX va boshqa materiallarni qayta ishlash, mis va alyuminiy kabi muhim xomashyo bilan ishlashni optimallashtirish, uglerod izini kamaytirish, energiya tejamkor ishlab chiqarishga jadal o‘tish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va raqamlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish siklini boshqarish.
“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi bo‘yicha iqtisodiy va operatsion omillarni sinxronlashtirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda EOQ, JIT va ABC modellari integratsiyasiga ko‘ra resurslarni samarali boshqarish asoslanib, 2034-yilgacha bo‘lgan davrga optimallashtirish orqali sof foydani oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Resurslar tuzilmasini optimallashtirish orqali elektrotexnika sanoati korxonalari, xususan “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish natijalari asosida:
Xomashyodan ratsional va ishlab chiqarish quvvatlaridan optimal foydalanish, ishchilar malakasi va tashabbusi asosida chiqindilarni minimallashtirish hamda hamjamiyat hamkorligiga ko‘ra ishlab chiqarishning barqarorligi va raqobatbardoshligini mustahkamlash kabi omillar asosida ekologik va ijtimoiy yondashuvlar uyg‘unligi bo‘yicha “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasida qiymat zanjirini yaxlit boshqaruvining maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ushbu taklif 2024 yil 05 noyabrdagi 026-son bilan tasdiqlangan “2022–2025-yillarda aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 5-noyabrdagi 026-sonli ma’lumotnomasi). Taklif asosida chiqindilarni minimallashtirish orqali umumiy xarajatlar 2% ga qisqartirilgan, bu esa korxona rentabelligi va raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilgan.
“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasining raqobatbardoshligini oshirish yondashuvi boshqarishning ko‘p bosqichli (strategik, boshqaruv, operatsion) modeli asosida strategik maqsadlar (xarajatlarni minimallashtirish, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, ESG indikatorlarini mustahkamlash) va xodimlar bilan ishlash bosqichlari (shaffof aloqa, motivatsiya, faollikni oshirish, moslashtirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish, jarayon integratsiyasi va boshqalar) uzviyligi asosida takomillashtirilgan. Ushbu yondashuv 2024 yil 05 noyabrdagi 026-son bilan tasdiqlangan “2022–2025-yillarda rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 5-noyabrdagi 026-sonli ma’lumotnomasi). Taklif natijasida ishlab chiqarish sifati va korporativ boshqaruv samaradorligi oshirilgan, xarajatlar 10% ga, ombor xarajatlari esa 2% ga qisqartirilgan, bu esa korxona barqarorligi va raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilgan.
Raqobat ustunligining konseptual transformatsiyasi barqaror rivojlanishning uchlik mezoniga ko‘ra “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi bo‘yicha qoldiq polietilen, PVX va boshqa materiallarni qayta ishlash, mis va alyuminiy kabi muhim xomashyolarni optimallashtirish, uglerod izini kamaytirish, energiya tejamkor ishlab chiqarishga o‘tish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va raqamlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish siklini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan. Ushbu taklif 2024 yil 05 noyabrdagi 026-son bilan tasdiqlangan “2022–2025-yillarda rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 5-noyabrdagi 026-sonli ma’lumotnomasi). Taklif asosida qo‘shma korxona ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda o‘z pozisiyasini mustahkamlash, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga xizmat qilgan.
“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi bo‘yicha iqtisodiy va operatsion omillarni sinxronlashtirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda EOQ, JIT va ABC modellari integratsiyasiga ko‘ra resurslarni samarali boshqarish asosida 2034-yilgacha bo‘lgan davr uchun sof foydani oshirish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Ushbu taklif 2024–2034-yillarda “UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasi ishlab chiqarishini rivojlantirish va sof foydani oshirish bo‘yicha prognoz parametrlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“UZKABEL” AJ qo‘shma korxonasining 2024 yil 5-noyabrdagi 026-sonli ma’lumotnomasi). Taklif asosida aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va barqaror rivojlanish sharoitida mahsulotlarga ortib borayotgan talabni qondirish, xarajatlarni pasaytirish natijasida umumiy yillik daromadning 4,19% ga o‘sishi kutilmoqda. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda tegishli tadbirlarni tashkil qilishga muayyan darajada xizmat qilingan.