Xolboeva Gulxayo Xolboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi) “Jismoniy tarbiya mutaxassislarini kasbiy-karera faoliyatiga tayyorlash tizimini modernizatsiyalash” 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1027. 
Ilmiy maslahatchilar: Yarashev Komiljan Dehqonovich redagogika fanlari doktori (DSc), professor, Shopulatov Abdulamik Nurillaevich, redagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori, professor, Artikov Asqar Akbarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Ibraximov Sanjar Urunbaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy-karera faoliyatiga tayyorlash tizimini moderinazatsiyalash boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni kasbiy-karera faoliyatiga tayyorlash uchun morfofunksional tizim mutanosibligini ta’minlovchi, bo‘g‘imlar hamda paylar tarkibiy qismlarini tanlab rivojlantirishga qaratilgan “Multidisiplinar yondashuv mashqlari”ni integral qo‘llash hisobiga maxsus harakatlar va amaliy reflektiv ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarini intellektual plastikligini oshirish uchun harakat sifatini, kasbiy erudisiya kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq amaliy vazifalarni aniqlashga oid tezkor Feedbek texnologiyasi orqali “Cheessharpener” dasturini ishlab chiqish hisobiga o‘z ichki resurslarini kompleks tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarining sport oʻyinlarini samarali tashkil etish uchun tana tarkibini aniqlash asosida funksional holatini baholagan holda mashg‘ulotlar jarayonida yurak qisqarish soni (Kardio) hamda harakatlanish tezligini nazorat qilish hisobiga organizm ishchanligini stimullashga qaratilgan umumiy va kasb-amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
jismoniy tarbiya yo‘nalishi ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalariga mos keladigan o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish (shaxsiylashtirilgan, virtual ta’lim va h.k.) uchun “Fitness” APP virtual mobil dasturini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni monitoring qilish va natijalarni yaxlit baholash hamda ijtimoiy kontekstga kognitiv-muloqot kabi zarur strategiyalarni shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasining bo‘lajak kadrlarida ijtimoiylashuv modelini takomillashtirish uchun tanlangan tashkiliy-pedagogik sharoitlarga asoslangan “Kreativlik”, “Alternativlik”, “Yuqori-past kontekstli muloqot” kompetensiyalar profilini kiritish hisobiga kasbiy-kareraga qiziqish refleksiyasi barqarorlashgan;  
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarining “Kareristlik” salohiyatini moderinizatsiyalash uchun real iqtisodiy vaziyat protsseslarida bilim, maxsus va professional qobiliyatlarni bazaviy rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni tanlash va saralashga qaratilgan profilli modelni shakllantirish hisobiga “liderlik” tendensiyasining zamonaviy parametrlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni professional va kasbiy-karera faoliyatlariga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan   natijalar asosida:
jismoniy tarbiya va sport ixtisosligidagi talabalarni kasbiy-karera faoliyatiga tayyorlash uchun morfofunksional tizim mutanosibligini ta’minlovchi, bo‘g‘imlar hamda paylar tarkibiy qismlarini tanlab rivojlantirishga qaratilgan “Multidisiplinar yondashuv mashqlari”ni integral qo‘llash hisobiga maxsus harakatlar va amaliy reflektiv ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1-son qaroriga asosan 1-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining sohada malakali mutaxassislarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bo‘yicha amaliy bilimlari 14,5 % aniqlanishiga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarini intellektual plastikligini oshirish uchun harakat sifatini, kasbiy erudisiya kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq amaliy vazifalarni aniqlashga oid tezkor Feedbek texnologiyasi orqali “Cheessharpener” dasturini ishlab chiqish hisobiga o‘z ichki resurslarini kompleks tahlil qilish boʻyicha taklif va tavsiyalar jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talabalar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 03-16/12075-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talabalarini faol kasbiy-kareraga oid operativ kompetensiyalari 12.5% ga yaxshilangan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarining sport oʻyinlarini samarali tashkil etish uchun tana tarkibini aniqlash asosida funksional holatini baholagan holda mashg‘ulotlar jarayonida yurak qisqarish soni (Kardio) hamda harakatlanish tezligini nazorat qilish hisobiga organizm ishchanligini stimullashga qaratilgan umumiy va kasb-amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti magistrlari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 03-16/12075-son ma’lumotnomasi). Natijada, “HARD” va “SOFT” kompetensiyalari 16,5 % ga oshirilgan;
jismoniy tarbiya yo‘nalishi ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalariga mos keladigan o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish (shaxsiylashtirilgan, virtual ta’lim va h.k.) uchun “Fitness” APP virtual mobil dasturini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni monitoring qilish va natijalarni yaxlit baholash hamda ijtimoiy kontekstga kognitiv-muloqot kabi zarur strategiyalarni shakllantirish boʻyicha taklif va tavsoyalar Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi magistrlar mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 03-16/12075-son ma’lumotnomasi). Natijada, monitoring qilish va natijalarni baholash ijtimoiy kontekstga kognitiv-muloqot kabi zarur strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasining bo‘lajak kadrlarida ijtimoiylashuv modelini takomillashtirish uchun tanlangan tashkiliy-pedagogik sharoitlarga asoslangan “Kreativlik”, “Alternativlik”, “Yuqori-past kontekstli muloqot” kompetensiyalar profilini kiritish hisobiga kasbiy-kareraga qiziqish refleksiyasi barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar NavDU jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talabalar mahg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 27 noyabrdagi 03-16/12075-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport mutaxasisi uchun zarur bo‘lgan sifatlar darajasi 14,5 % ga oshishiga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya mutaxassislarining “Kareristlik” salohiyatini moderinizatsiyalash uchun real iqtisodiy vaziyat protsseslarida bilim, maxsus va professional qobiliyatlarni bazaviy rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni tanlash va saralashga qaratilgan profilli modelni shakllantirish hisobiga “liderlik” tendensiyasining zamonaviy parametrlari optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1-son qaroriga asosan 1-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning “yuqori-past kontekstli muloqot” kompetensiyalari, 6,0% ga, “Kreativlik” qobiliyati 4,2% ga, alternativlik  qobiliyatlari 4,1% ga, o‘z ustida ishlash va tahlil etish qobiliyatlari 5,3% ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish