Bozorova Lobar Nuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroxizmat markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish istiqbollari”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD /Iqt2115
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq -ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD. 05/28.08.2024.I.182.02
Rasmiy opponentlar: Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qosimov Muhammadjon Chirmashevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Agroxizmat markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish samaradorligiga agroxizmatlarning ta’sirini “agroxizmatlardan foydalanish darajasi”, “joriy qilingan innovatsion texnologiyalar” ko‘rsatkichlari asosida agroxizmatlardan foydalanish darajasini “past” (0 ≤ AX ≤ 0,35), “o‘rta” (0,36 ≤ AX ≤ 0,75) va “yuqori” (0,76 ≤ AX ≤ 1) mezonlari ishlab chiqilgan;
agroxizmat markazlari va fermerlar o‘rtasidagi aloqalarning samaradorligi, dinamikasi va muammolarni aniqlashda sifat va miqdoriy usullarni birlashtirgan tizimli yondashuv asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshishi ilmiy asoslangan;
agroxizmat markazlari faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda fermerlarga qo‘rsatiladigan xizmatlar soni, xizmatlarni amalga oshirishdagi moliyaviy ta’minot hajmi va amaliyotga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar sonining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini hamda Universitet 3.0 modelini amalga oshirishda “Agromaslahatchi” mutaxassisi kasbini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishining ilmiy takliflari va amaliy tavsiyalari asosida quyidagilar joriy etildi:
fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish samaradorligiga agroxizmatlarning ta’sirini “agroxizmatlardan foydalanish darajasi”, “joriy qilingan innovatsion texnologiyalar” ko‘rsatkichlari asosida agroxizmatlardan foydalanish darajasini “past” (0 ≤ AX ≤ 0,35), “o‘rta” (0,36 ≤ AX ≤ 0,75) va “yuqori” (0,76 ≤ AX ≤ 1) mezonlarini ishlab chiqish asosida taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 martdagi 06/27-05/1514-son ma’lumotnomasi). Natijada, agroxizmatlardan foydalanish o‘rta darajada Samarkand viloyatida 0,51 ko‘rsatkichni hamda Farg‘ona viloyatida esa 0,42 ko‘rsatkichni tashkil etgan;
agroxizmat markazlari va fermerlar o‘rtasidagi aloqalarning samaradorligi, dinamikasi va muammolarni aniqlashda sifat va miqdoriy usullarni birlashtirgan tizimli yondashuv asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 martdagi 06/27-05/1514-son ma’lumotnomasi). Ushbu tizimli yondashuv asosida agroxizmat markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida fermer xo‘jaligini rentabellik darajasi 10-50% ga, xosildorlikni 20 foizga oshishi ilmiy asoslangan;
agroxizmat markazlari faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda fermerlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar soni, xizmatlarni amalga oshirishdagi moliyaviy ta’minot hajmi va amaliyotga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar sonining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-martdagi 06/27-05/1514-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi muassasalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar soni prognoz qiymati 80 tani tashkil etishi, amalga oshiriladigan xizmatlar soni 2030-yilga kelib 273622 taga, xizmatlarni amalga oshirishdagi moliyaviy ta’minot hajmining 2030-yilga kelib 466 693,1 ming so‘mga oshishi prognoz qilingan.
agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini hamda Universitet 3.0 modelini amalga oshirishda “Agromaslahatchi” mutaxassisi kasbini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 15 martdagi 06/27-05/1514-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan oliy ta’lim yo‘nalishlari va kasblar klassifikatori hamda kasbiy-mutaxassislik standarti asosida agrar ta’lim tizimida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha zamonaviy kasblarni egallagan mutaxassislarni tayyorlash ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalar, kompaniyalar hamda agroxizmat markazlarida samarali mehnat faoliyatini tashkil etishi, agrar sohani barqarorligini ta’minlashda va oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi, shu asosda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi ta’minlanishi asoslangan.