Xolmurzaev Shaxboz Ibragim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot vosita va yuklamalari hajmini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7687.
Ilmiy rahbar: Sadiqov Akbar Gayratovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Arziqulov Muqum Uralovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot vosita va yuklamalari hajmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarni musobaqa faoliyatiga samarali tayyorlash maqsadida hafta kunlari davomida ertalabki va kechki mashg‘ulotlarni quruqlikda, kompleks bo‘g‘in va mushak mashqlari hamda suvda 6000 metrga maxsus qizish mashqlari, qisqa soniyalarda o‘zgaruvchan maxsus – maqsadli eshkak eshish harakatlarini musobaqa oldi mikrotsikl dasturidan foydalanish hisobiga yuqori darajadagi sport formasi cho‘qqisiga olib chiqish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning xalqaro musobaqalarda natijadorligini oshirish maqsadida tayyorgarlik davridagi mezotsikllarni quruqlik va suvdagi trenajorlardan foydalanishda aerob, anaerob va maksimal shiddat zonalarini mikrotsikllarga optimal taqsimlash evaziga yordamchi, maxsus va qattiy reglamentlashtirilgan mashq usullaridan foydalanish orqali mashg‘ulot metodikasi takomillashtirilgan;
akademik eshkak eshuvchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida chorak eshish, oyoq va dastakka tayangan holda eshish, gavda va qo‘l yordamida eshish, yarim eshish kabi texnik harakatlarni “Concept 2” trenajorida takrorlanishlarga asoslanib kuch chidamkorligini oshirish evaziga start chizig‘idan qayiqni harakatlantirish uslublarini takomillashtirish; 
yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik mezotsikllarni takomillashtirish maqsadida, mashqlarni submaksimal, maksimal shiddat zonalarida bajarilishini inobatga olgan holda, rekreatsiya jarayonlari hamda streching mashqlardan foydalanish samaradorligi, morfofunksional ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni besh bosqichli baholash me’zoni orqali aniqlash hisobiga musobaqa natijadorligi oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot vosita va yuklamalari hajmini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarni musobaqa faoliyatiga samarali tayyorlash maqsadida hafta kunlari davomida ertalabki va kechki mashg‘ulotlarni quruqlikda, kompleks bo‘g‘in va mushak mashqlari hamda suvda 6000 metrga maxsus qizish mashqlari, qisqa soniyalarda o‘zgaruvchan maxsus – maqsadli eshkak eshish harakatlarini musobaqa oldi mikrotsikl dasturini Samarqand viloyati sport maktabiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 03-16/12586-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi 16,4 % oshgan;
yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning  xalqaro musobaqalarda natijadorligini oshirish maqsadida tayyorgarlik davridagi mezotsikllarni quruqlik va suvdagi trenajorlardan foydalanishda aerob, anaerob va maksimal shiddat zonalarida mikrotsikllarga optimal taqsimlash uslublari bo‘yicha takliflar Suv sport turlariga ixtisoslashgan respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilarning mashg‘ulot jarayonlariga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 03-16/12586-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakli akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarligi 15,6% ga o‘sgan;
akademik eshkak eshuvchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini samarali tashkil etish maqsadida, chorak eshish, oyoq va dastakka tayangan holda eshish, gavda va qo‘l yordamida eshish, yarim eshish kabi texnik harakatlarni “Concept 2” trenajorida takrorlanishlarga asoslanib kuch chidamkorligini oshirish bo‘yicha takliflar Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanuvchi sportchi-o‘quvchilarining mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 03-16/12586-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik eshkak eshuvchilarning funksional tayyorgarligi 18,7 % ga yaxshilangan;
yuqori malakali akademik eshkak eshuvchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik mezotsikllarni takomillashtirish maqsadida, mashqlarni submaksimal, maksimal shiddat zonalarida bajarilishini inobatga olgan holda, rekreatsiya jarayonlari hamda streching mashqlardan foydalanish samaradorligi, morfofunksional ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni besh bosqichli baholash me’zoni O‘zDJSU akademik eshkak eshish yo‘nalishidagi talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 03-16/12586-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zDJSU akademik eshkak eshish yo‘nalishidagi talabalarning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha bilimlari 13.4 % o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish