Aliev Nodirbek Kubaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini morfo-funksional asimmetriyani hisobga olgan holda takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.I.PhD/Ped5936.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biyologiya fanlari doktori, professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi funksional asimmetriyani hisobga olgan holda kurashchilarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kurashchilarning asosiy texnik harakatlarini bajarishdagi koordinatsiya qobiliyatini takomillashtish maqsadida (beldan oshirib tashlash usuli misolida) ishlab chiqilgan bosqichlarga bo‘lib texnik harakatlarni o‘zlashtirish dasturiy sxemasi yordamida murakkab taktik harakatlarni uzlyuksiz bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarning mashg‘ulot jarayonlari hamda musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida mushaklar assimetriyasi sigmentlarini inobatga olgan holda rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga texnik-taktik harakatlarni bajarishdagi jarohatlanishni oldini olish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarning mashg‘ulotlar jarayonida morfo-funksional hamda mushak assimetriyasini korreksiya qilishga qaratilgan mushaklar bo‘shashini va suyaklarning elka nuqtasini barqaror holatini ta’minlashga yo‘naltirilgan rivojantiruvchi jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqish hisobiga o‘ng va chap tomondan bajaratiladigan texnik harakatlarni bellashuvning turli vaziyatlarida bajarish samaradorligi oshirilgan;
kurashchilarning oyoq mushaklarini rivojlantirish maqsadida tik hamda bir oyoqda turgan holda oyoqni bukuvchi, yotgan holatda rostlovchi, son mushaklarini cho‘zuvchi harakat faoliyatini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlardan foydalanish hisobiga bellashuv va musobaqa faoliyatida hujum harakatlarni bajarish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurashchilarning texnik-taktk tayyorgarligini morfo-funksional asimmetriyani hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy metodik asoslari va takliflar asosida:
kurashchilarning asosiy texnik harakatlarini bajarishdagi koordinatsiya qobiliyatini takomillashtish maqsadida (beldan oshirib tashlash usuli misolida) ishlab chiqilgan bosqichlarga bo‘lib texnik harakatlarni o‘zlashtirish dasturiy sxemasi oid taklif va tavsiyalar, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kurashchilarini mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 
20-fevraldagi 03-07/1793-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi kurashchilarining afzalligi aniqlandi: “sherik bilan 10 marta o‘tirib-turish” mashqi 14,1% ga yaxshilangan;
kurashchilarning mashg‘ulot jarayonlari hamda musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida mushaklar assimetriyasi sigmentlarini inobatga olgan holda rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zDJSU Milliy kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba-sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 
03-07/1793- son ma’lumotnomasi). Natijada, “manekenni ko‘tarib tashlash” 4,5% ga oshgan;
kurashchilarning mashg‘ulotlar jarayonida morfo-funksional hamda mushak assimetriyasini korreksiya qilishga qaratilgan mushaklar bo‘shashini va suyaklarning elka nuqtasini barqaror holatini ta’minlashga yo‘naltirilgan rivojantiruvchi jismoniy mashqlar kompleksi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq shahar sport maktabi sportchilar mashg‘ulot jarayonlarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03-07/1793- son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘l kuchi va elka kamari, oyoq mushaklari o‘sish ko‘rsatkichlari test ko‘rsatkichlari 13,04 %ga o‘shgan;
kurashchilarning oyoq mushaklarini rivojlantirish maqsadida tik hamda bir oyoqda turgan holda oyoqni bukuvchi, yotgan holatda rostlovchi, son mushaklarini cho‘zuvchi harakat faoliyatini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zDJSU Milliy kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba-sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 03-07/1793-son ma’lumotnomasi). Natijada, a’zolaridan ikki nafari O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish