Boymirzaeva Mohira Shavkatjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Radikal g‘oyalarning Markaziy Osiyo yoshlari siyosiy faolligiga ta’siri” mavzusidagi Ixtisoslik shifri: 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ss463
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02 
Rasmiy opponentlar: 
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadolim o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Soipov Behzodbek Ikrombekovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi jamiyat hayotini demokratlashtirish sharoitida radikallashuv jarayonlarining yoshlar siyosiy faolligiga salbiy ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Media-deradikalizm” nazariyasidagi dunyoviylik, milliylik va umuminsoniylik tamoyillari,  ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirish yondashuvlari orqali  axborot maydonida kengayib borayotgan radikal ko‘rinishdagi salbiy  g‘oyalar ta’sirining oldini olishga qaratilgan media-kontentlar yaratish asoslab berilgan.
Markaziy Osiyo yoshlari orasida radikallashuv moyilligiga qarshi birgalikda kurashda “milliy-mafkuraviy nigilizm” konsepsiyasining milliy va diniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, diniylikning siyosiylashuvida milliy-mental xususiyatlar va sekulyarizm hamda dinning ma’rifiy ta’sirchanligi, mo‘tadil diniy pozitsiya kabi tamoyillaridan foydalanish mintaqa davlatlari tinchligi va barqarorligini ta’minlashning tezkor, ratsional va preventiv chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo‘layotganligi isbotlangan;
Islom dinining ma’rifatparvarlik va tinchlikka yo‘g‘rilgan an’ana hamda qadriyatlarini targ‘ib qilish, mintaqa yoshlari o‘rtasida diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini mustahkamlashda mintaqaning nufuzli islomshunos olimlari salohiyatidan foydalanish hamda ikki va ko‘p tomonlama diniy sohadagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan Markaziy Osiyo diniy ulamolar assotsiatsiyasini tashkil etishning diniy-siyosiy zaruriyati asoslab berilgan;        
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan O‘zbekiston tashabbusi asosida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyusiyasining maqsad va vazifalariga ko‘ra diniy va e’tiqodiy bag‘rikenglik, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, dinlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlashga asoslangan O‘zbekiston tajribasini tashqi siyosiy faoliyatda keng targ‘ib qilish maqsadida diplomatik vakolatxonalarda maxsus ma’rifiy vakil lavozimini ta’sis etish taklifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Radikallashuvning yoshlar siyosiy faolligiga salbiy ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
 “Media-deradikalizm” nazariyasidagi dunyoviylik, milliylik va umuminsoniylik tamoyillari,  ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirish yondashuvlari orqali  axborot maydonida kengayib borayotgan radikal ko‘rinishdagi salbiy g‘oyalar ta’sirining oldini olishga qaratilgan media-kontentlar yaratish xususidagi xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida, diniy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusidagi malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari va tezislarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan. (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 8-fevraldagi 02- 02/02/1/349-sonli dalolatnomasi). Natijada olingan nazariy xulosalar va ilmiy natijalar jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash va diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini ifodalovchi monografiya, kitob, o‘quv qo‘llanma va risolalarni chop etishga xizmat qilgan.
 Markaziy Osiyo yoshlari orasida radikallashuv moyilligiga qarshi birgalikda kurashda “milliy-mafkuraviy nigilizm” konsepsiyasining milliy va diniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, diniylikning siyosiylashuvida milliy-mental xususiyatlar va sekulyarizm hamda dinning ma’rifiy ta’sirchanligi, mo‘tadil diniy pozitsiya kabi tamoyillaridan foydalanish mintaqa davlatlari tinchligi va barqarorligini ta’minlashning tezkor, ratsional va preventiv chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 5-fevraldagi 06-07/26-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va uni amalda qo‘llashga xizmat qiladi.
Islom dinining ma’rifatparvarlik va tinchlikka yo‘g‘rilgan an’ana hamda qadriyatlarini targ‘ib qilish, mintaqa yoshlari o‘rtasida diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini mustahkamlashda mintaqaning nufuzli islomshunos olimlari salohiyatidan foydalanish hamda ikki va ko‘p tomonlama diniy sohadagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan Markaziy Osiyo diniy ulamolari assotsiatsiyasini tashkil etishning diniy-siyosiy zaruriyati xususidagi xulosalar “Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar echimi” kitobi mazmunida o‘z aksini topdi. (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 5-fevraldagi 05-03/302-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada tahlil etilgan masalalar yoshlar ta’lim tarbiyasida hamda ularni turli yot g‘oyalar ta’siriga berilishining oldini olish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan O‘zbekiston tashabbusi asosida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyusiyasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda diniy va e’tiqodiy bag‘rikenglik, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, dinlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlashga asoslangan O‘zbekiston tajribasini tashqi siyosiy faoliyatda keng targ‘ib qilish maqsadida diplomatik vakolatxonalarda diniy attashe lavozimini ta’sis etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining ilmiy-amaliy faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-maydagi 04-4/502-son dalolatnomasi). Natijada olingan nazariy xulosalar va ilmiy natijalar yuqori turuvchi tashkilotlarga tashqi siyosiy faoliyatda diniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ilgari surishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish