Mahmudjonova Mexribon Xurshedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sodda gap tarkibida monovalentli bo‘laklarning semantik-funksional xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil3867
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmalarida ishtirok etayotgan monovalentli komponentlarning sintaktik maqomini aniqlash va ularni tillararo chog‘ishtirma tahlil qilish hamda ular ifodalagan sintaksemalarni tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintaktik valentlik hodisasining ko‘lami gap yunksion modellari asosida mavjud sintaktik aloqalar miqdoriga ko‘ra aniqlanib, gap tarkibidagi monovalentli komponentlarning sintaktik maqomi va distribusiya xususiyatlari tillararo paradigmatik va sintagmatik izomorflik belgisiga egaligi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari sodda gap tarkibida monovalentli sintaktik birliklarning analitik va aglyutinativ tillarga xos morfologik xususiyatlari va usbu gapda ishtirok etayotgan qo‘shni komponentlar bilan aloqasi gap sirtqi strukturasini aks ettiruvchi yunksion va komponent modellar asosida tavsiflanishi mumkinligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari sodda gaplar tarkibidagi monovalentli unsurlarning differensial sintaktik-semantik kategorial va nokategorial belgilari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmasida monovalentli sintaktik birliklarning semantik-funksional tahlili orqali ajratilgan sintaksemalarning katta qismini protsessual sintaksemalar tashkil qilishi hamda ularning sintaktik variantlashuvning namunasi sifatida alohida tadqiqot obekti bo‘lishi mumkinligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sodda gap tarkibida monovalentli komponentlarni lingvistik metodlar asosida
ingliz va o‘zbek tillarida qiyosiy-funksional qiyosiy tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida sintaktik valentlik hodisasining ko‘lami gap yunksion modellari asosida mavjud sintaktik aloqalar miqdoriga ko‘ra aniqlanib, gap tarkibidagi monovalentli komponentlarning sintaktik maqomi va distribusiya xususiyatlari tillararo paradigmatik va sintagmatik izomorflik belgisiga egaligiga oid tahlil natijalaridan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan 585845-EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida kompyuter lingvistikasida tatbiq etiladigan avtomat tarjima dasturlarida adekvat tarjimaga erishish, yozma matnni muvofiqlashtirish va idrok qilish algoritmini yaratishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 18-maydagi №1036/02-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish mazkur loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini shakllantirish va ta’lim jarayonini tashkil etishga xizmat qildi;
ingliz va o‘zbek tillari sodda gap tarkibida monovalentli sintaktik birliklarning analitik va aglyutinativ tillarga xos morfologik xususiyatlari va usbu gapda ishtirok etayotgan qo‘shni komponentlar bilan aloqasi gap sirtqi strukturasini aks ettiruvchi yunksion va komponent modellar asosida tadqiq etishda erishilgan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 18-maydagi 1034/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv dasturlarini takomillashtirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillari sodda gaplar tarkibidagi monovalentli unsurlarning differensial sintaktik-semantik kategorial va nokategorial belgilarining xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida 2024-yil yanvar-fevral oylari davomida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand”, “Sifatli ta’lim taraqqiyot poydevori”, “Uchqun” ko‘rsatuvlarining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat Teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-maydagi 01-07/125-son ma’lumotnomasi). Natijada rasmiy va norasmiy matnlarni ingliz va o‘zbek tillarida ifoda qilishda to‘liq muqobillikka erishishga imkoniyat tug‘ildi;
ingliz va o‘zbek tillari gap qurilmasida monovalentli sintaktik birliklarning semantik-funksional tahlili orqali ajratilgan sintaksemalarning katta qismini protsessual sintaksemalar tashkil qilishi hamda ularning sintaktik variantlashuvning namunasi sifatida alohida tadqiqot obekti bo‘lishi mumkinligi haqidagi natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 4-yanvardagi 10/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tavsiyalar mazkur xalqaro loyihani amalga izchil oshirishda va uning bevosita amaliyotda qo‘llanilishiga xizmat qildi.