Tursunov Soxib Samariddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar nodulyar dermatit kasalligining patomorfologik diagnostikasi va unga qarshi kurash choralar”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4./PhD/V37
Ilmiy rahbar: Ismatova Rano Asadovna, veterinariya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldashev Otamurod Urazovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kuliev Baxodir Amriddinovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli ekologik hududlarda qoramollar nodulyar dermatitining epizootologiyasini aniqlash, kasallikning klinik belgilari va patomorfologik o‘zgarishlarini o‘rganish, davolash hamda oldini olish, shuningdek, patomorfologik va serologik diagnostikasini ilmiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoramollar nodulyar dermatit kasalligi Toshkent, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalish darajasi o‘rtacha 14 foizni tashkil etishi aniqlangan;
qoramollar nodulyar dermatit kasalligini yuqori mahsuldor zotlarda o‘rtacha 15,2%, mahalliy zotlarda esa o‘rtacha 9,4%, mavsumiy jihatdan bahorda 47%, yozda 27%, qishda 15%, eng past ko‘rsatkichni esa kuz oylarida 7,3% uchrashi aniqlangan;
nodulyar dermatit kasalligiga qarshi emlangan qoramollarda IgM va IgG larning immunoferment tahlil reaksiyasida Xorazm viloyati kesimida qoramollarda immunfon darajasi 63,2%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 48,6% ekanligi aniqlangan;
gemoglobin fiziologik me’yorga nisbatan 13,05±0,19 g/l, eritrotsitlar 3,2 ±0,02x1012/l, Fe–elementi 8,7±0,010 mmol/l, segment yadroli 15,5±0,03% kamayganligi, leykotstlar 5,65±0,27x109, oqsillar 19,5±0,17 g/l, keratin 64,5±0,60 mmol/l, karbamid 2,75±0,04 mmol/l, neytrofillardan tayoqcha yadrolar 2,3±0,03%, limfotsitlar 16,5±0,03%, bazofillar 2,3±0,01%, eozinofillar 5,1±0,06 foizga ko‘tarilganligi aniqlangan;
qoramollar nodulyar dermatit kasalligida gistogrammalaridagi asosiy o‘zgarishlar terida ko‘proq kuzatilib, terisida mikrotromblar hosil bo‘lganligi, uning shilliq qavati yuzasida eozinofil massalar ko‘payganligi, polimorf hujayralar, limfotsitlar, o‘pkada leykotsitlar infiltratsiyasi, taloqda qizil pulpa, buyraklar va rektal epiteliy hujayralarining nekrozi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramollar nodulyar dermatit kasalligining patomorfologik diagnostikasi va unga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qoramollar nodulyar dermatit kasalligining diagnostikasi, davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari bo‘yicha Uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabr 02/23-505-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarda uchraydigan nodulyar dermatit kasalligiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Islom nasl chorva”, Taxiatosh tumanidagi “Sarayko‘l”, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Toshpo‘latov Bahodir Jo‘raniyozovich”, Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumanidagi “Taraqqiyot” fermer xo‘jaliklaridagi qoramollarni nodulyar dermatit kasalligidan davolashda "Azitronit" preparati joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabr 02/23-505-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramolchilik xo’jaliklarini 90 foizgacha nodulyar dermatit kasalligidan sog‘lomlashtirishga hamda ularga qarshi kurashishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
qoramollarda nodulyar dermatit kasalligini tarqalish darajasini aniqlash maqsadida Qaraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklaridagi nodulyar dermatit kasalligiga qarshi emlangan qoramollarda immunoferment tahlil reaksiyasi orqali serologik tekshiruvlar joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 6 sentyabr 02/23-505-son ma’lumotnomasi). Natijada nodulyar dermatit kasalligiga qarshi emlangan qoramollarning immunfon darajasi Xorazm viloyatida 62,3% va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida 48,6% ekanligini aniqlashga erishilgan.