Rustamov Mirodiljon Muhammadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim muhitida “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini oʼqitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8279
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Mirzamahmud Alisherovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/08.05.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Eshmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mallaev Ravshan Qo'ziboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim muhitida “Axborot texnologiyalari vajarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitishda Innovatsion metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari shaxsiy va kasbiy salohiyatdan ratsional foydalanish hamda qabul qilingan axborotlarni ta’limiy maqsadlarga mos qayta ishlash samaradorligi ta’sirchanligini izchil ta’minlash asosida aniqlangan;
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish metodikasi elektron–axborot resurslari mazmunini tasniflash, metodik-didaktik dasturiy mahsulotlardan foydalanish barqarorligini oshirish hamda virtual olamdagi harakat mobilligini dinamik ravishda oshirish asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish samaradorligi pedagogik dasturiy vositalar, innovatsion ta’lim texnologiyalari integrativ xususiyatlarini shaxsiy-іndіvіdual hamda jamoaviy-hamkorlik tamoyillariga mos didaktik traektoriyani shakllantirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish metodikasi talabalarni axborotlashtirilgan ta’lim muhitida faol harakat qilishga yo‘naltirish hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik intensivligini rivojlantiruvchi ta’lim komponentlariga idientiv mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitishda yangi Innovatsion metodlardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari shaxsiy va kasbiy salohiyatdan ratsional foydalanish hamda qabul qilingan axborotlarni ta’limiy maqsadlarga mos qayta ishlash samaradorligi ta’sirchanligini izchil ta’minlash asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15-oktyabrdagi 11-05-5906/04-son raqamli dalolatnomasi). Natijada “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan.
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish metodikasi elektron–axborot resurslari mazmunini tasniflash, metodik-didaktik dasturiy mahsulotlardan foydalanish barqarorligini oshirish hamda virtual olamdagi harakat mobilligini dinamik ravishda oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15-oktyabrdagi 11-05-5906/04-son raqamli dalolatnomasi). Natijada “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish samaradorligi pedagogik dasturiy vositalar, innovatsion ta’lim texnologiyalari integrativ xususiyatlarini shaxsiy-individual hamda jamoaviy-hamkorlik tamoyillariga mos didaktik traektoriyani shakllantirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Tibbiyotda axborot texnologiyalari (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15-oktyabrdagi 11-05-5906/04-son raqamli dalolatnomasi). Natijada innovatsion metodlarni qo‘llay bilish kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitish metodikasi talabalarni axborotlashtirilgan ta’lim muhitida faol harakat qilishga yo‘naltirish hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik intensivligini rivojlantiruvchi ta’lim komponentlariga idientiv mosligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15-oktyabrdagi 11-05-5906/04-son raqamli dalolatnomasi). Natijada Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish samaradorligini takomillashishga erishilgan.