Qoraqulov Asliddin Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik ta’minoti tizimi uchun samarali biogaz-issiqlik nasosi uskunasi”, 05.05.01 - “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2672.
Ilmiy rahbar: Anarbaev Anvar Izatullaevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Dilshod Botirovich - texnika fanlari doktori, professor, Eshkuvatov Lutfulla Muradullaevich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiqlik ta’minoti tizimining energiya samaradorligini biogaz-issiqlik nasosi uskunasini qo‘llash orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik ta’minoti tizimi uchun issiqlik almashinuv qurilmasi va issiqlik nasosiga kirish va chiqishidagi issiqlik tashuvchining haroratini aniqlash imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
kompression issiqlik nasosi asosida biogaz qurilmasining energiya balansini baholash usuli bioo‘g‘it aralashmasining issiqlik energiyasini qayta tiklash hisobiga takomillashtirilgan;
biogaz qurilmasi bioo‘g‘it cho‘kma idishida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasining haroratini koaksial issiqlik almashinuv qurilmasi va kompression issiqlik nasosi asosida oshirish va issiqlik ta’minoti tizimiga uzatish jarayonining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
biogaz-issiqlik nasosi uskunasi asosidagi issiqlik ta’minoti tizimining energiya samaradorligini baholash usuli qayta hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi miqdorini hisobga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Issiqlik ta’minoti tizimining energiya samaradorligini biogaz-issiqlik nasosi uskunasini qo‘llash orqali oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biogaz-issiqlik nasosi uskunasi asosidagi issiqlik ta’minoti tizimining texnologik sxemasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Madaniyat MFY da joylashgan “Quvvat” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 14 fevraldagi 03-11-1004-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligini issiqlik energiyasi bilan ta’minlashga taklif etilayotgan texnologik sxemadan foydalanish hisobiga yiliga 91 110 000 (to‘qson bir million bir yuz o‘n ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
biogaz-issiqlik nasosi uskunasi asosidagi issiqlik ta’minoti tizimi energiya samaradorligini baholashning takomillashtirilgan usuli Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Madaniyat MFY da joylashgan “Quvvat” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 14 fevraldagi 03-11-1004-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimcha kunlik 478,45 kVt·soat miqdoridagi issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga erishilgan.