Magdiev Hayotullo G‘aybullo o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parrandachilik fermalarining shamollatish tizimi energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/T4230
Ilmiy rahbar: Rismuxamedov Dauletbek Amanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parrandachilik fermalarining shamollatish tizimi elektr yuritmasiga qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amga ega uch tezlikli asinxron motorlarni qo‘llash va avtomatik boshqarish tizimini joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shamollatish tizimining ventilyator elektr yuritmasidagi motorni katta tezlik tomonining aktiv qismidan to‘liq foydalanishga imkon beradigan “Y/YY” chulg‘amning bazaviy sxemasi qo‘shimcha shaxobchalarni kiritish asosida takomillashtirilgan; 
ventilyator yuklamali elektr yuritma motorlarining samaradorligini oshirish maqsadida diskret berilgan fazoviy funksiyalar usuli asosida qutblar nisbati 4/2 bo‘lgan yangi qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am ishlab chiqilgan;
qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amning elektromagnit xususiyatlarini tahlil qilish asosida eng maqbul chulg‘am qadami yuqori garmonikalar amplitudasi va differensial sochilish koeffisientini hisobga olgan holda taklif etilgan;
ventilyator qurilmasidagi uch tezlikli asinxron motorni o‘tkinchi jarayonlarini tadqiq qilish uchun elektr motorning matematik modeli asosida uning dinamik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parrandachilik binolarining shamollatish tizimi elektr yuritmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shamollatish tizimining ventilyator elektr yuritmasidagi motorni katta tezlik tomonining aktiv qismidan to‘liq foydalanishga imkon beradigan “Y/YY” chulg‘amning bazaviy sxemasi “VARGANZA PARRANDASI” MChJ ning broyler sexidagi ventilyator elektr yuritmasi motorlariga joriy etilgan (“Parrandasanoat” uyushmasining 2023 yil 5 oktyabrdagi UA-02/02-346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu chulg‘amda magnit induksiyalar nisbatini eng yaqin analogiga nisbatan 19,1% ga yaxshilashga erishilgan.
ventilyator yuklamali elektr yuritma motorlarining samaradorligini oshirish maqsadida diskret berilgan fazoviy funksiyalar usuli asosida qutblar nisbati 4/2 bo‘lgan yangi qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am “VARGANZA PARRANDASI” MChJ ning broyler sexidagi ventilyator elektr yuritmasi motorlariga joriy etilgan (“Parrandasanoat” uyushmasining 2023 yil 5 oktyabrdagi UA-02/02-346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud uch tezlikli motorga nisbatan yangi uch tezlikli motorning katta tezlik tomonida foydali quvvati 23,5%, foydali ish koeffisienti 13,7% va quvvat koeffisienti 8,8 % ga oshirilgan. 
ventilyator qurilmasidagi uch tezlikli asinxron motorni o‘tkinchi jarayonlarini tadqiq qilish uchun elektr motorning matematik modeli asosida uning dinamik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, “VARGANZA PARRANDASI” MChJ ning broyler sexidagi ventilyator elektr yuritmasi motorlariga joriy etilgan (“Parrandasanoat” uyushmasining 2023 yil 5 oktyabrdagi UA-02/02-346 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eksperimental va dinamik modellar orasidagi xatolik 3,6% tashkil etadi. Bu esa yaratilgan modelning adekvatligini asoslash imkonini bergan.
shamollatish tizimlarini avtomatik boshqarish uchun ishlab chiqilgan avtomatik boshqaruv funksional sxemasi va dasturi “VARGANZA PARRANDASI” MChJ ga joriy etilgan (“Parrandasanoat” uyushmasining 2023 yil 5 oktyabrdagi UA-02/02-346 sonli ma’lumotnomasi. Natijada, shamollatish tizimining elektr energiya iste’molini 31,9% kamaytirish va yillik kutilayotgan 113 772 960 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish