Xolmanov Nurbek Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metall listlarni prokatlashning hisoblash usuli va nazariyasini takomillashtirish», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1076.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Akrom Burxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mavlonov To‘qin, texnika fanlari doktori, professor;
Xusanov Baxtiyor Ergashboevich, fizika-matematika fanlari doktori, bosh ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi simmetrik va assimetrik texnologiyadan foydalangan holda prokat faol sohasidagi elastoplastik deformatsiyani hisobga olib metall listli prokatning kuchlanish va ko‘chishlarga nisbatan yangi noan’anaviy nazariyasini ishlab chiqish, hamda bu chegaraviy masalalarni darajali qatorlar ko‘rinishida zaruriy aniqlikda sonli echishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
metall listlarning simmetrik va asimmetrik prokatlash texnologiyasini samarali matematik modellashtirish uchun prokatashning faol sohasidagi A.A. Ilyushinning elastik-plastik deformatsiyalarni hisobga olgan holda bevosita ko‘chish va Eri  funksiyasidan foydalangan holda kuchlanishlarga nisbatan yangi noan’anaviy nazariya ishlab chiqilgan; 
siljish moduli deformatsiya intensivligini oshishiga nisbatan kamayuvchi funksiya ekanligi e’tiborga olinib, elastik-plastik kuchlanishning yangi holat tenglamasi qurilgan va A.A. Ilyushinning plastiklik funksiyasining irratsional ifodasi ratsional ko‘rinishga keltirilgan;
metal lislarni prokatlashning faol sohasi egri chiziqli trapsiya izoperimetrik koordinata sistemasi orqali an’anaviy sohaga aylantirilib va barcha chegaraviy shartlarni qanotlantiruvchi, chegaraviy masalalar uchun yaqinlashuvchi qator ko‘rinishidagi kerakli aniqlikdagi echim olishni ta’minlaydigan usul ishlab chiqilgan;
kuchlanish tenzori komponentlarini taqsimlanishi yangi nazariyasi asosida  metall listlar prokatining haqiqiy kuchlanganlik-deformatsiyalanlik holatini samarali va ishonchli aks ettirruvchi, kvazi-eksperimentlar bilan tasdiqlangan usuli ishlab chiqarilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra: 
immitatsion modellashtirish orqali energeotejamkor texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun listli prokat arralar ishlab chiqilgan va bu olingan ilmiy natijalaridan 2019-2021 yillarda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institida bajarilgan S-OKP-17 raqamli “Takomillashtirilgan 138 arrali jin ishchi kamerasini ishlab chiqish” mavzusidagi innavatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (OʻzR FA M.T. Oʻrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2024 yil 24 iyuldagi 787-3-sonli ma’lumotnomasi). Unda olingan natijalar va yaratilgan matematik modellar yuqori samara berishi aniqlandi hamda ishlab chiqarishda umumiy xarajatlarni 10-15%  iqtisod qilish imkoniyatini bergan.
metall listlarni hisoblash usullari asosida olingan natijalardan “Buxoro parmalash ishlari” va “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ mexanik ta’mirlash sexida ishlab chiqarish amaliyotida joriy etilgan (“O‘zbeknefgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15 noyabrdagi 25-5-415-sonli guvohnomasi) unda metall list ko‘rinishidagi materiallardan kimyoviy reagent hamda yoqilg‘i moylash eritmalarini saqlovchi yomlar tayyorlanib ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foydalanilgan. Olingan tadqiqot natijalaridan texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkoniyati yaratilib vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligining 10-15% ga oshishiga hamda hisoblash aniqligining ortishi natijasida material sarf-xarajatlarini 12-16% ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish