Usmanova Nargiza Alimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollar ko‘ylaklari sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini intellektuallashtirish”, 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3175 
Ilmiy rahbar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mastura Kabilovna, texnika fanlari doktori, professor; Boymatova Kamola Abduraxmon qizi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollar ko‘ylaklari modali elementlarini bashoratlash, estetikligini baholash usullarini ishlab chiqish va sun’iy intellekt ilg‘or texnologiyalari asosida sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga va estetik kiyim modellarini loyihalashga asoslangan barqaror moda talablarini hisobga olgan holda ayollar ko‘ylaklari kolleksiyalarini shakllantirishning axborot modeli taklif qilingan;
konstruktiv-kompozision belgilari parametrlari vaqt qatorlarining o‘zgarishi dinamikasini modellashtirish asosida avtoregressiya AR usullaridan foydalangan holda ayollar ko‘ylaklari modali elementlarini bashoratlash modellari ishlab chiqilgan;
neyrotarmoqli  chuqur o‘rganishi (Deep learning) modellari va kompozision mukammalligi turli darajadagi ko‘ylak tasvirlari ma’lumotlari bazasi asosida kiyimlar estetikligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
turli bo‘y va to‘lalikdagi tipaviy qomatlar uchun ko‘ylaklarning uyg‘un shakllari va konstruktiv-kompozision elementlarning grafik echimlari birikmalarini tanlashda ekspertlar fikrlarining muvofiqligini Kendal konkordatsiya koeffisienti asosida baholash amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar koʻylaklari sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini intellektuallashtirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ayollar ko‘ylaklari konstruktiv-kompozision modali elementlarini bashorat qilish va estetikligini baholash usullarini realizasiyasini  nazarda tutuvchi koʻylaklar kolleksiyalarini shakllantirish jarayonining axborot modeli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Baraka-tekstil group” MChJda joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025 yil 19 fevraldagi 03/25-339-son ma’lumotnomasi). Natijada buyumni loyihalash uchun ketadigan vaqtni 23,76% ga qisqarishiga, mehnat unumdorligini 31,16%ga oshirishga erishilgan;
ayollar turli boʻy va toʻlalikdagi tipaviy qomatlari uchun estetiklik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘ylaklar kompozision echimlarining grafik tasvirlari variantlarini izlashning  dasturiy ta’minoti “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Baraka-tekstil group” MChJda joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025 yil 19 fevraldagi 03/25-339-son ma’lumotnomasi). Natijada buyumning qomatga o‘rnashuv sifatini oshishi hisobiga tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli ayollar ko‘ylagini sotish hajmini 6,5 foiz oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish