Abdiev Rasul Ernazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqarish tizimlarining magnitoelektrik chiziqli harakat ijrochi elementlarini takomillashtirish”, 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3086.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Maxmudjon Muhamedovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Aliev Ravshan Maratovich texnika fanlari doktori, professor; Matyoqubov Nurbek Rustamovich PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqarish tizimlarining magnitoelektrik chiziqli harakat ijrochi elementlarini takomillashtirish va tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqarish tizimlari ijrochi mexanizmlarining tasniflari va ularning fizik xususiyatlari tahlillari asosida magnitoelektrik chiziqli harakat ijrochi elementlarining dinamik parametrlarini hisoblash imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
magnitoelektrik ijrochi elementlarning tavsiflari va parametrlarining tahlili asosida ularning turli xil ish rejimlarida dinamik xususiyatlarini tadqiq etish imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilgan;
fazo koordinatalari bo‘yicha chiziqli va aylanma reversiv harakatlarni bir vaqtda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, og‘irlik–gabarit ko‘rsatkichlari ihcham bo‘lgan magnitoelektrik ijrochi elementlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
magnitoelektrik ijrochi elementlarning fazoda turli koordinatalar bo‘yicha chiziqli va aylanma reversiv harakatlarini yuqori aniqlikda hamda tezkorlikda amalga oshirish imkonini beruvchi ijrochi element yakorlarining harakat rejimlarini ifodalovchi boshqarish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magnitoelektrik ijrochi elementlarni ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan yangi magnitoelektrik chiziqli dvigatel uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligidan Foydali modelga patent olingan (FAP 02125, 2022-yil). Natijada boshqarish tizimlari uchun sodda konstruksiyaga ega bo‘lgan, chiziqli qadamli va uzlyuksiz reversiv harakatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatuvchi magnitoelektrik ijrochi element yaratilgan;
ishlab chiqilgan yangi ko‘p chiqishli magnitoelektrik chiziqli dvigatel uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligidan Foydali modelga patent olingan (FAP 02326, 2023-yil). Natijada boshqarish tizimlari uchun fazoning turli koordinatalari bo‘yicha chiziqli va aylanma, qadamli va uzlyuksiz reversiv harakatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatuvchi magnitoelektrik ijrochi element yaratilgan;
magnitoelektrik chiziqli harakat ijrochi elementi va dasturiy taminotlar “FOTON” AJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 21-noyabrdagi №04-3/2038-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chiziqli harakat ijrochi elementining og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari jihatdan ixchamligi va ishlash aniqligining yuqoriligi hisobiga energiyani tejash imkoniyati yaratilgan.